Avtomobil indd


© K.J. Matkarimov va boshq., 2013, 2017



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

© K.J. Matkarimov va boshq., 2013, 2017.
© «NOSHIR» nashriyoti, 2013, 2017.
UO‘K: 629.331 (075)
KBK: 39.33-5ya722
ISBN: 978-9943-4199-1-9
Matkarimov K. J. va boshq.
Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar: Kasb-hunar kollej-
lari uchun o‘quv qo‘llanma / Mualli

ar: K. J. Matkarimov, 
B. J. Mahmudov, A. A. Norqulov. – 
Т
.: Noshir, 2017. – 388 b.
Sarlavhada: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
M-31
ISBN: 978-9943-4199-1-9
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar 
faoliyatini muvo

 qlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan. 
UO‘K: 629.331 (075)
KBK: 39.33-5
M-31
Та
qriz
с
hi:
N. Boyboboyev
– 
Namangan muhandislik-pedagogika instituti Kasb 
ta’limi (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) kafedrasi mudiri, 
texnika fanlari doktori, professor.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar» 
fani bo‘yicha, transport va qishloq xo‘jaligi mashinalari, traktorlari 
yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun namunaviy dastur 
asosida tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan avtomobil, transport va 
qishloq xo‘jaligi mashinalari yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quv-
chilari hamda oliy o‘quv yurllari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
O‘quv qo‘llanmada mamlakatimizda, shuningdek, xorijiy davlatlarda 
ishlab chiqarilayotgan yonilg‘i-moylash materiallari, texnik suyuqliklar, 
nometall va polimer-rezina, sintetik va elektroizolatsion materiallar, lok-
bo‘yoq materiallari, yelimlar, qoplama va qistirma materiallarning olini-
shi, ularning tarkibi, eng ko‘p tarqalgan markalari, ularni saqlash, tashish 
va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari keltirilgan.


4
5
Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar 
natijasida nodavlat sektorning yo‘lovchilar va yuklarni 
tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda 
yo‘lovchilarga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishdagi 
ulushining deyarli 100 foizi va yuk tashishdagi ulushining 90 
foizi ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda.
Agar avtomobil transporti bilan 1990-yilda 282,9 mln. tonna 
yuk tashilib, 5,9 mlrd. tonna km. yuk aylanmasi hajmida ish 
bajarilgan bo‘lsa, 2016-yilda tashilgan yuk hajmi 1 mlrd. 473 
mln. tonnani, yuk aylanmasi 35 mlrd. 945 mln. tonna km.ni 
tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlar 1990-yilga nisbatan tegishli 
ravishda 5,2 va 6,1 marotabaga ortdi.
2016-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni 7 mlrd. 795 mln. 
yo‘lov chini va yo‘lovchi aylanmasi 99 mlrd. 306 mln. yo‘l. 
kmni tashkil qilib, 1990-yilga nisbatan tegishli ravishda 3,1 va 
4,5 marotabaga ortgan.
Oxirgi 16 yil davomida respublikamizda faoliyat 
ko‘rsatayotgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni qariyib 
2336 taga oshib, hozirgi kunda 4368 taga etdi. Ularning 988 
tasi shahar, 2777 tasi shahar atrofi va 603 tasi shaharlararo 
yo‘nalishlarni tashkil etadi.
2017-yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra, barcha turdagi (temir 
yo‘l, havo, quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilagan 
tashuvlar hajmlari ichidagi avtomobil trasportining ulushi, 
yo‘lovchi tashish da 98,9 foizga va yo‘lovchi aylanmasining 89,3 
foiziga to‘g‘ri keladi. Òashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi 
bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa 
tegishli ravishda 90,8 va 35,4 foizga teng.
Mamlakatimiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik 
sanoatiga asos solinishi bilan yurtimiz Avtotransport ishlab 
chi qaruvchilar xalqaro tashkilotiga, uning to‘laqonli 33-a’zosi 
sifatida qabul qilindi.
Respublikamizda avtomobil xo‘jaligini yanada rivojlantirish 
bilan birga bevosita avtomobillar ishlab chiqrishga ham alohida 
e’tibor qaratilmoqda. 1996-yilda Asaka shahrida avtomobil 
zavodini ishga tushirilishi tariximizdagi eng muhim voqealardan 
biri bo‘ldi. 
Buning natijasida jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar 
bilan sheriklikni o‘rnatish bo‘yicha nufuzli ishlar amalga 
oshirildi. Jumladan, GM Daewoo Auto&Technology 
kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 
imzolangan o‘zaro strategik hamkorlik kelishuvi asosida 
“GM Uzbekistan” AJ tashkil etildi va yangi rusumli engil 
avtomobillarni ishlab chiqarish imkoniga erishildi, “General 
motors” va “O‘zavtosanoat” AK ning o‘zaro hamkorligi 
natijasida Òoshkentda dvigatel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
yangi “GM Powertrain Uzbekistan” zavodi tashkil etildi, “Isuzu 
Motors” va “ITOCHU Corporation” bilan tuzilgan bitim 
asosida “SamAvto” MChJ korhonasi Yaponiyaning avtobuslari 
va kichik hajmli yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi, 
“MAN Truck&Bus AG” “MAN Group” konserni bilan tuzilgan 
halqaro bitim asosida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi “JV 
MAN AUTO UZBEKISTAN” MChJ korxonasi tashkil etildi 
va MAN yuk va tijorat texnikasini ishlab chiqarish boshladi. 
Bugungi kunda respublikamizda “Damas”, “Matiz”, 
“Spark”, “Nexia”, “Cobalt”, “Lacetti”, “Captiva”, “Malibu”, 
“Orlando” va “Labo” markali engil avtomobillar; turli 
maqsadlarda foydalanishga ixtisoslashtirilgan maxsus (tent 
bortli platforma, bortli poatforma, suyuqlik tashuvchi sisterna, 
assenizator, suv tashuvchi-sepuvchi, o‘zi ag‘daruvchi, furgon, 
o‘t o‘chiruvchi mashina, chiqindi tashuvchi, teleskopik o‘zi 
ko‘taruvchi, betonqorishtirgich, avtoko‘targich, avtogudronator, 
kranli manipulyator) yuk avtomobillari va avtobuslar (SAZ NP 
37, SAZ NP 26, SAZ NP 21, LE 60) ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakatimizda asosan O‘zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarilgan (“Dji Em O’zbekiston” QK, “SamAvto” MChJ, 
“JV MAN Auto - Uzbekistan” MChJ QK zavodlari) hamda 
Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, 


6
7
Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan 
avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar 
o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan 
to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil 
zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli 
yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda 
qo‘l kelmoqda.
Òransport vositalarining ishonchli ishlashi, iqtisodiy va 
tejamkorlik ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan transport vositalarini 
yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanish darajasiga, 
hamda bu materiallarning sifatiga bog‘liq.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chuqur tarkibiy o‘zgarish-
larning amalga oshirilishi natijasida respublikaning yonilg‘i-
energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoji ichki imkoniyatlar 
hisobidan to‘la ta’minlandi. 
Respublikamizda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi sezilarli 
darajada o‘sdi, so‘nggi yillarda yiliga 60 milliard kub metrdan 
ortiq gaz qazib olinmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari 
bo‘lgan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida “Xitoy milliy neft 
korporasiyasi”, Janubiy Afrikaning “Sasol”, Malayziyaning 
“PETRONAS”, Koreyaning “Lotte”, “LG international”, 
“SK” korporasiyalari, Koreya milliy neft korporasiyasi, 
Koreya milliy gaz korporasiyasi, Rossiyaning “Gazprom” va 
“Lukoyl”, Amerikaning “Texaco”, Yaponiyaning “Mitsui” va 
“Marubeni” korporasiyalari va boshqa xorijiy kompaniyalar 
yaqin sheriklar hisoblanadi. 
Bundan tashqari, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar 
energetika balansida neftni asosiy energiya manbaiga aylanib 
qolishi, yil sayin neft zahiralarini kamayib borayotganligi, 
hamda yangi resurslarni ishga tushirish qo‘shimcha xarajatlar 
bilan bog‘liq ekanligini hisobga olib, yonilg‘i-energetika 
resurslaridan samarali foydalanish shu kunning asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy va texnik muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Yonilg‘i va energiya manbaalari zahiralarining chek-
langanligini anglash barcha mamlakatlarda hozirgi va kelajak 
avlodlar ehtiyojlarini hisobga olib, energiyani tejash va 
resurslardan oqilona foydalanishga intilish kuchaydi.
Dunyoda energetika resurslaridan oqilona foydalanishni 
ta’minlash maqsadida 1974-yilda Parij shahrida xalqaro 
energetika agentligi (XEA — International Energy Agency, 
IEA) tuzilgan. Bu agentlikka 29 mamlakat (bir qator Yevropa 
davlatlari, AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy 
Koreya va Yaponiya) a’zo bo‘lib kirgan. XEA ning asosiy 
maqsadi dunyo energetikasida neft ulushini qisqartirishdan 
iborat. XEA ning asosiy vazifasi energiyadan tejamli foydalanish 
texnologiyalarini joriy etish va yangi muqobil energiya 
manbalarini yaratishdan iborat.
Dunyoda gaz sanoatini rivojlantirishga yordam berish 
maqsadida 1931-yilda xalqaro gaz ittifoqi (XGI - International 
Gas Union) tashkil etilgan. Hozirda XGI ga 71 mamlkatning 
100 dan ortiq tashkilotlari a’zo hisoblanadi. XGI yuqori organi 
har 3 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon gazchilar konfrensiyasi 
hisoblanadi.
Neft qazib olishni va a’zo mamlakatlarning neft eksporta 
siyosatini 
muvofiqlashtish 
hamda 
a’zo 
mamlakatlar 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida 1960-yilda Venesuela 
tashabbusi bilan Bag‘dod konferensiyasida xalqaro tovar 
tashkiloti — Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, 
OPEK (Organization of the Petroleum Exporting Counties) 
tashkil etilgan.
Shuning bilan birga energiya resurslaridan foydalanganda 
ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori energiya 
manbalarining sifat darajasiga bevosita bog‘liq.
So‘nggi yillarda energiya resurslaridan foydalanganda atrof-
muhitni himoyalash bo‘yicha bir qator anjumanlar o‘tkazildi 
va tegishli xujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 1992-yilda Rio-


8
9
de-Janeyroda o‘tkazilgan halqaro konferensiyada “XXI asr 
kun tartibi” nomli Deklarasiya qabul qilindi.
1996-yilda Yevropa ittifoqi G‘arbiy va Markaziy Yevropada 
va butun dunyoda energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha 
“Yashil xartiya” nomli xujjat qabul qildi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach yonilg‘i-energetika 
resurslarini ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanishga 
jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda “LUKOYL 
Oversiz”, 
“Gazprom” 
(Rossiya), CNPC International (Xitoy), CNODC, Korea 
National Oil Corporation, DAEWOO International, KOGAZ, 
Hyundai Engineering (Koreya), Petro Vientam, HONEYWELL, 
UOP, General Electric (AQSh) kabi mashhur kompaniyalar 
bilan yaqin hamkorlik qilish hisobiga ilg‘or loyihalarni amalga 
oshirish bo‘yicha qulay imkoniyatlar yaratildi.
O‘zbekistonda neft va gazni qayta ishlashni uchta neftni 
qayta ishlash zavodlari (NQZ) ta’minlaydi: Farg‘ona NQZ - 
quvvati 6,45 mln. tonna, va Buxoro NQZ - quvvati 2,5 mln. 
tonna, “Jarqurg‘onneftniqaytaishlash” QK - quvvati 250,0 
ming tonna.
Neft qazib chiqarishning asosiy hajmi O‘zbekiston janubi-
g‘arbiy hududlaridagi konlardan (Ko‘kdumaloq, Shimoliy 
Sho‘rtan, Kruk, Shimoliy O‘rtabuloq va h.k.) unumli 
foydalanish hisobiga ta’minlanadi. Bundan tashqari, mamlakat 
hududida 500 dan ortiq kichik neft qazib chiqarish obyektlari 
mavjud.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Farg‘ona NQZ 
rekonstruksiya 
qilinishi 
ishlab 
chiqarilayotgan 
neft 
mahsulotlarida oltingugurt miqdorini kamaytirishga imkon 
berdi. 1998-yilda ushbu NQZ “Texaco Holding Incorporated” 
kompaniyasi bilan yuqori sifatli surkov moylarini ishlab 
chiqarishga qaratilgan qo‘shma korxonasini yaratdi. Dizel 
yoqilg‘isini gidrodesulfurizasiyalash (DYoG) majmuasi ishga 
tushirilishi natijasida Farg‘ona NQZda nafaqt yuqori sifatli 
dizel yoqilg‘isi, balki 60 turdagi neft mahsulotlari ishlab 
chiqarila boshladi.
Buxoro NQZ foydalanishga topshirilgandan keyin esa 
O‘zbekiston bozorida AI-91 va AI-95 turdagi yuqori oktanli 
avtobenzin, aviasion kerosin, ekologik toza va past haroratlarga 
chidamli dizel yoqilg‘i, oltingugurt va qator boshqa yuqori 
ehtiyojga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlari 
ortdi. Bundan tashqari, zamonaviy avialaynerlar uchun 
mo‘ljallangan jet-A-1 aviayoqilg‘ini ishlab chiqarish quvvatlari 
ishga tushirildi. 1997-yilda TEKNIP fransuz kompaniyasi 
loyihalari asosida qurilgan zavod, bir yilda 2,5 mln. tonna neft 
va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo uchun noyob bo‘lgan 
Xo‘jaobod erosti gaz omborini yaratish, mintaqada eng yirik 
hisoblangan Sho‘rtan gazkimyo majmuasini barpo etish, 
Surg‘il koni negizida Ustyurt GKMni qurish va boshqa bir 
qator muhim loyihalarni ham ta’kidlab o‘tish lozim, chunki 
ularning har biri tarixiy ahamiyatga ega.
Gazni qayta ishlash, bu yo‘nalish nafaqat suyultirilgan gaz, 
kondensat, oltingugurtni ishlab chiqarishni kengaytirish, balki 
kimyoviy sintez uchun tabiiy gazning barcha resurslaridan 
chuqur foydalanish va yuqori likvidli tanqis mahsulotlarni olish 
bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda “O‘zbekneftgaz” MXK tizimida 
quyidagi gazni qayta ishlash korxonalari foydalanilmoqda: 
Muborak GQZ, Sho‘rtan gaz qazib chiqarish majmuasi, 
Sho‘rtan GKM, Gazli neft qazib chiqarish korxonasi hamda 
Ustyurt GKM.
2001-yilda Sho‘rtan GKM ishga tushirilishi bilan nafaqat 
O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yangi 
bo‘lgan — gazkimyo tarmog‘iga asos solindi. Korxonada 
ilk bor etan, propan, butan va gaz kondensatini ajratishni 
ta’minlaydigan tabiiy gazni qayta ishlashning kriogen 
texnologiyasi qo‘llanildi.
O‘zbekistonning industrial xaritasida 2016-yilda yana bir 
juda yirik loyiha paydo bo‘ldi — Ustyurt GKM Surg‘il koni 


10
11
(Ustyurt platosi) negizida Koreya kompaniyalari konsorsiumi 
bilan hamkorlikda barpo etildi. Ulkan gazkimyo majmuasi 
loyihaga muvofiq 4,5 mlrd. kub. metr tabiiy gazni qayta 
ishlash va qariyb 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna 
polipropilen ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yuqorida aytib o‘tilgan loyihalarning amalga oshirilishi 
sifatli tovar gaz ishlab chiqarishni oshirish, gaz tarkibidan 
muhim komponentlar ajratib olinishini ko‘paytirish, ularning 
asosida yuqori rentabelli, eksportga mo‘ljallangan polimer 
mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil qilishga imkon beradi, 
bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasida gazkimyo 
sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2020-yilda bugungi kunda dunyodagi eng yirik energetik 
loyihalaridan biri — “Sho‘rtan GKM” MChJning tozalangan 
metani asosida sintetik-suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarish 
zavodini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida 
har yili 3,6 mlrd. kub. metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobiga 
“Evro-5” talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori 
sifatli sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Shundan 743 ming 
tonnasini dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonnasini — aviakerosin, 
431 ming tonnasini — nafta va 21 ming tonnasini — suyultirilgan 
gaz tashkil qiladi.
Shu bilan birga respublikamizda “O‘zbekneftgaz” MXK 
tomonidan Sho‘rtan gazkimyo majmuasining ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha investision loyihani 
amalga oshirishning yangi Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. 
Loyiha amaliyotga tatbiq etilgandan so‘ng polimerlar ishlab 
chiqarish zavodining quvvati hozirgi 125 ming tonnadan 500 
ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar ortadi. Natijada neftkimyo 
tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar 
yaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 – 2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning 
davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish 
tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. 
Energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlarga muvofiq, yiliga 5 million tonna neft xomashyosini 
qayta ishlash imkonini beruvchi Jizzax viloyatida zamonaviy 
neftni qayta ishlash zavodiga tamal toshini qo‘yildi. Kelajakda 
zavod nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo 
mintaqasida noyob sanoat ob’ektlaridan biriga aylanadi. 
Shunday qilib, bugungi kunda O‘zbekiston neftgaz sanoati, 
global miqyosda namoyon bo‘layotgan tendensiyalarga amal 
qilgan holda, uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash 
va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga 
mo‘ljallangan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib 
kelmoqda. Òarmoqdagi barqaror o‘sish sur’atlari va jahon 
bozorlariga integrasiyalashuv jarayonlari mamlakatimiz nefgaz 
tarmog‘i rivojlanishini yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda.
“O‘zbekneftgaz” MXK da mavjud quvvatlar yiliga qariyb 
70 milliard kub metr tabiiy gaz va 11,2 million tonna suyuq 
uglevodorodlarni qazib chiqarishga imkon beradi. Umuman 
olganda, O‘zbekiston gaz qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda 
sakkizinchi o‘rin egallaydi, zaminimizda Markaziy Osiyodagi 
uglevodorodlar zaxiralarining 1/3 qismi to‘plangan. Yurtimiz 
hududi bo‘ylab Evroosiyoning eng muhim magistral gaz 
quvurlari o‘tadi. Òabiiy gaz eksporti va tranzitini ta’minlovchi 
eng yirik transmilliy loyiha — “Òurkmaniston-O‘zbekiston-
Qozog‘iston-Xitoy” gaz quvuri qurilishi gazotransport 
infratuzilmasini rivojlantirishdagi olamshumul voqealardan 
biriga aylandi. 
Respublikamizda avtomobilsozlik sanoatini vujudga kelishi 
rezinalar, plastmassalar, qoplama va qistirma materiallar, lok-
bo‘yoq materiallari, elimlar va germetiklarni ishlab chiqarish 
rivojlantirilishiga asos bo‘ladi.
Qo‘llanmadan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak muta-
xas sislarni avtomobillarda ishlatiladigan neft mahsulotlarining 


12
13

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish