Smola-asfaltli moddalar
uglerod, vodorod, kislorod va
oltingugurtlarning murakkab birikmalaridir. Smola-asfaltli
moddalar neytral neftli smolalar, asfaltenlar, karbon va
karboidlar hamda nordon neftli smolalarga bo‘linadi.
Neytral smolalar
yarim suyuq cho‘ziluvchan, to‘q sariq
yoki jigarrang modda bo‘lib, kuchli bo‘yash xususiyatiga
ega. Smolaning zichligi 1 g/sm
3
bo‘lib, elementlar tarkibi
quyidagicha: 80–85 foiz uglerod; 10 foiz vodorod; 5–10 foiz
kislorod. Empirik formulasi Ñ
n
H
2n – m
Î. Bunda
n
= 16–69,
m
=
8
–
40 va
p
= 1–3. Smolalar neft mahsulotlarida oson eriydi,
spirt va asetonda esa qiyin eriydi.
Asfaltenlar
qo‘ng‘ir-qoramtir yoki qora rangdagi qattiq
moddalar bo‘lib, yaxshi bo‘yash xususiyatiga ega. Zichligi
1 g/sm
3
dan ortiq, elementar tarkibi bo‘yicha neytral smolalardan
tarkibidagi uglerod miqdorining birmuncha ko‘pligi va vodorod
miqdorining kamligi bilan farq qiladi. Ular neftning yengil
fraksiyasi va spirtda erimaydi; benzol, xloroform, neftning og‘ir
fraksiyalarida, ayniqsa, neftli smolalarda kalloidli eritmalar hosil
qiladi. Asfaltenlar 300°C dan yuqori haroratlarda parchalanadi.
Agar neftli smolalar uglevodorodlarni oksidlab polimerlash
natijasida olinsa, u holda ularni keyingi zichlashtirish
asfaltenlar ning hosil bo‘lishiga olib keladi va buning natijasida
karbon va karboidlar hosil qiladi.
Karbon
va
karboidlar
tashqi ko‘rinishi bo‘yicha asfaltenlarga
o‘xshash bo‘lib, nisbatan to‘q rangga ega. Karbonlar faqatgina
oltingugurtli vodorod va pridinda eriydi. Karboidlar erimaydigan
birikmalardan tashkil topgan.
Nordon neftli smolalar
(asfaltogen kislotalar va ularning
angidridlari) – yarim qattiq va qattiq moddalar bo‘lib, zichligi
1 g/sm
3
dan yuqori. Ular spirt va xloroformda eriydi, benzinda
erimaydi. Nordon smolalar kislota, oksikislota va boshqalarni
polimerlash va kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi.
Smola-asfaltli moddalar, asosan, neftning og‘ir fraksiyasi
tar kibida bo‘lib, benzin fraksiyalarida bo‘lmaydi.
Oltingugurtli birikmalar
neft va neft mahsulotlari tarkibida,
shuningdek, smola-asfaltli moddalar tarkibida erkin holda
bo‘ladi. Ular aktiv, ya’ni metallar bilan reaksiyaga kiruvchi
(vodorod sulfid H
2
S, oltingugurt elementi S, merkaptanlar –
yoqimsiz hidli uchuvchi suyuqlik) va passiv yoki neytral
(sulfidlar) – metallarga ta’sir ko‘rsatmaydigan guruhlarga
bo‘linadi. Neytral guruhlar oltingugurt birikmalari asosiy
massasining 70–80 foizini tashkil etadi.
Neft mahsulotlarida aktiv oltingugurt birikmalarining
bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Passiv birikmalar kam zararlidir.
Ular moylarga kam miqdorda qo‘shilsa, moylash pardasining
chidamliligini oshi radi va yeyilish jadalligi kamayadi. Yonilg‘i
tarkibida oltingugurt birikmalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq
emas, chunki ular yonilg‘ining yonish jarayonida suv bilan
birikib, o‘tkir ta’sirchan kislotalar hosil etuvchi gaz ajratadi.
Bu esa dvigatel detallarining jadal korroziyalanishiga sabab
bo‘ladi.
Azotli birikmalar
neft tarkibida oz miqdorda (0,03–0,3 foiz)
bo‘lib, ular neft mahsulotlarini tozalashda chiqarib tashlanadi.
Mineral aralashmalar
(naften kislotalarning har xil tuzlari
ko‘rinishdagi) va
suv
neft tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘lib,
ular cho‘ktirish usuli bilan osongina ajratib olinadi.
1.3.
Do'stlaringiz bilan baham: |