Neftning kimyoviy tarkibi
Yer qa’rining turli chuqurliklaridan olinadigan neft uning
tarkibidagi suv, tuzlar, gazlar va tog‘ jinslaridan tozalanganidan
so‘ng ham ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i sifatida foydala-
nishga yaroqli bo‘lmaydi, ammo uning tarkibida dvigatellarda
ishlatiladigan yonilg‘ilarga qo‘yiladigan talablarga javob
beradigan tarkibiy qismlar mavjud.
Neft tarkibidagi uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni
1 dan 50 gacha bo‘lishi mumkin. Jumladan, metandan (CH
4
)
butangacha (C
4
H
10
) bo‘lgan oddiy uglevodorodlar normal
sharoitlarda gaz holatida bo‘ladi, uglerod atomi 15 dan yuqori
bo‘lgan uglevodorodlar esa qattiq holatda bo‘ladi. Binobarin,
neft suyuq holatda ham, qattiq holatda ham bo‘lishi mumkinligi
ko‘rinadi, shuningdek, tarkibida kislorod, oltingugurt va azot
bo‘lgan bir qator birikmalarning murakkab aralashmalari suyuq
holatda bo‘ladi.
Neft massasining asosiy qismini uch guruhdagi:
parafinli
(alkanlor), naftenli (siklanlar)
va
aromatik (arenlar)
uglevo-
dorodlar tashkil etadi. Bu guruhlarning tarkibi va xususiyatlari
neftning hosil bo‘lishi va qazib olingan joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Parafinli uglevodorodlar (C
n
H
2n + 2
)
neftning asosiy massasini
tashkil etadi. Bu turdagi uglevodorodlar jumlasiga quyidagilar
kiradi: gazsimon uglevodorodlar (metan CH
4
– dan boshlab),
suyuq (pentan C
5
H
12
– dan boshlab) va qattiq yoki
n
– parafinlar
(geksadekan C
16
H
34
– dan boshlab). Gazsimon va qattiq
uglevodorodlar suyuq uglevodorodlarda erish xususiyatiga ega
bo‘lib, harorat ko‘tarilishi yoki bosim pasayishi bilan ulardan
gazsimon qismi ajralib chiqib, harorat pasayishi bilan yana
qattiq holga o‘tadi.
Normal narafinli uglevodorodlar oksidlanishga turg‘un.
Am mo yuqori harorat (250–300°C) ta’siriga chidamsiz bo‘ li b,
osongina oksidlanadi va portlab yonadi, shu sababli foydala-
nish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ammo shu xossalari tufayli
ular tez yu rar dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan yonilg‘i
tarkibiga kiri tiladi.
Neft mahsulotlari tarkibida
n-
parafinlardan tashqari, izomer
uglevodorodlar (
i
-parafinlar) ham bo‘ladi, ularning formulasi
bir xil ko‘rinishda bo‘lib, faqat atomlarining fazoviy joylashuvi
bo‘yicha bir-biridan farqlanadi.
Izoparafinlar xususiyatlari bo‘yicha
n
-parafinlardan farq
qiladi. Jumladan,
i
-parafinlar mo‘tadil haroratlarda oksidlanish
xususiyati yuqori, ammo harorat ortishi bilan oksidlanish
jarayoni tezligi sekinlashadi va yuqori haroratli uchastkalarda
n
-parafinlarga nisbatan turg‘unligi yuqori bo‘ladi.
n
va
i-
parafinlarning bu xususiyatlari yonilg‘ilarning ekspluatatsion
xossalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Dizel dvigatelining
ravon ishlashini ta’minlash uchun dizel yonilg‘isi tarkibida
n
-parafinlar bo‘lishi; benzinlarning detonatsiyaga qarshi xos-
salari yuqori bo‘lishi uchun uning tarkibida
i
-parafinlar bo‘lishi
lozim.
Shu bilan birga, parafinli uglevodorodlarning qotish harorati
yuqori, shu sababli qishki dizel yonilg‘ilari va moylari tarkibida
ularning miqdori cheklangan.
Neft va qayta ishlash mahsulotlari tarkibidagi parafinlarning
umumiy miqdori 50–60 foizni tashkil etadi, shuning bilan birga,
neft mahsulotlari tarkibida neftni 150°C gacha qizdirganda
ajra ladigan parafin fraksiyalari ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Parafinlarning molekular massasi ortishi bilan birga, ularning
zichligi, alangalanish va qaynash haroratlari ham ortadi.
Yonilg‘i va moylar tarkibidagi parafinlar yuqori kimyoviy
turg‘unlikka ega bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda ular ko‘pchilik
rea gentlar bilan kuchsiz ta’sirlashadi, xona haroratida birikish
reaksiyasiga kirishish xususiyatiga ega emas.
20
21
Do'stlaringiz bilan baham: |