Avtomobil indd


NEFT TO‘G‘RISIDA QISQACHA



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

I BOB. 
NEFT TO‘G‘RISIDA QISQACHA 
MA’LUMOT VA UNDAN OLINADIGAN 
MAHSULOTLAR. AVTOMOBIL YONILG‘ILARI
1.1.
 Neft haqida umumiy ma’lumotlar
Neft 
(turkcha 
pey
; forscha
neft
), qoramoy – suyuq 
yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, 
uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. 
Neft yer yuzasida, asosan, 1,2–2,0 km chuqurlikdagi yer 
osti gumbazlarining g‘ovak yoki seryoriq tog‘ jinslari (qum, 
qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, 
asosan, burg‘ilangan quduqpardan olinadi. 
Neft o‘ta muhim yonilg‘i-energiya manbayi bo‘lib, benzin, 
ke rosin yonilg‘isi, mazut, moylash materiallari va bitumlar 
olishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Neft qora yoki qo‘ng‘ir, ba’zan och malla rangli bo‘lib, 
o‘ziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m
3
. Zichligi 20° da 
850 kg/m
3
dan past bo‘lgan neftlar yengil, zichligi 851–885 
kg/m
3
bo‘lganlari o‘rtacha og‘irlikdagi va zichligi 885 kg/m
3
dan yuqorilari og‘ir neft hisoblanadi. Qaynash harorati 28°C 
dan yuqori. Qotish harorati –60°C dan –26°C gacha. 50°C 
dagi qovushoqligi 1,2–55 mm
2
/s, solishtirma issiqlik sig‘imi 
1,7–2,1 kJ/(kg. K), yonish issiqligi 43,7–46,2 MJ/kg ga teng. 
Chaqnash harorati 35–120°C. Orga nik erituvchilarda eriydi, 
suvda erimaydi, lekin suv bilan turg‘un emulsiya hosil qiladi. 
Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar 
bo‘ladi, uglerod 82–87%, vodorod 11,5–14,5%, oltingugurt 
0,1–5,5% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, 
kalsiy, magniy, temir, aluminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan 
ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar – naften 
markasi va navini ajrata bilishga, ularni sifat pasportlarini 
to‘g‘ri tushunishga, foydalanish xossalarini baholay olishga, 
yonilg‘i-moylash materiallarini sifati bilan avtomobilning ish 
xususiyatlari orasidagi bog‘liqlikni aniq tushunishiga, neft 
mahsulotlarini tejab, oqilona sarflashning asosiy tamoyillarini 
bilishga 
o‘rgatish, 
shuningdek, 
rezina 
detallarining 
xususiyatlarini, lok-bo‘yoq materiallarini markasi asosida 
tanlash, lok-bo‘yoq qoplamini hosil qilish texnologiyasi, 
avtomobillarda ishlatiladigan qoplama, qistirma, izolyasion 
va yog‘och materiallarining hamda elimlarning xususiyatlarini 
o‘rgatishdan iborat.
Mualliflar o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda amaliy yordam 
ko‘rsatgan Namangan muhandislik-qurilish instituti Yer usti 
transport tizimlari (Avtomobil transporti) kafedrasi dosenti 
t.f.n., dos. A.S.Polvonovga minnatdorchilik bildiradilar. 


14
15
kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod 
sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va 
boshqalar mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab 
kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6–1,8%) va 
ko‘p oltingugurtli (1,8% dan ortiq) sinflarga bo‘linadi. 
Ba’zi olimlar neftni tabiatdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida 
hosil bo‘lgai deb hisoblaganlar. Bu haqda ikki qarama-qarshi 
fikr – anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik 
gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M.Bertlo (1866- y.): «Neft 
yer qa’rida karbonat kislotaning ishqoriy metallarga ta’siri 
natijasida hosil bo‘lgan», – degan bo‘lsa, D.I. Mendeleyev 
(1877-y.): «Neft yer qa’riga sinish zonalari orqali tushgan 
suvning uglerodli metal (karbid)larga ta’siri natijasida hosil 
bo‘lgan», – deya shunga o‘xshash, fikrni bildirgan. 
XX asr boshlarida esa neft hosil bo‘lishining organik 
gipotezasi rivojlantirildi va cho‘kindi jinslardagi sapropel 
(organik balchiq) bilan neft uzviy aloqada deb topildi. Bu 
gipotezaga ko‘ra, neft ko‘l va dengiz ostida cho‘kindi jinslar 
bilan birga cho‘kadigan har xil yirik hayvonlar (qadimiy 
ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha 
bo‘lgan jonivorlar va o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan. 
Dengiz va ko‘l tubida yig‘ilgan organik moddaning bir qismi 
dengiz jonivorlariga oziq bo‘lsa, bir qismi suvda erigan kislorod 
bilan oksidlanib yo‘qolgan va organik moddaning juda oz 
(2–3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga 
qoramtir tus bergan. Loyqa ichida organik modda kislorodsiz 
muhitda anaerob bakteriyalar ta’sirida o‘zgargan. Cho‘kindi 
jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln yillar davomida 
o‘zgarib neft hosil bo‘lishi laboratoriya sinovlarida amaliy 
jihatdan o‘rganilgan. Bunda Yer po‘stining 1200–1500 m 
chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari 
parchalanib, gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib 
chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da 
jarayon yanada tezlashib, neft hosil bo‘lishining bosh fazasini 
vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib 
chiqqan. 
Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharqda 
joylashgan qadimiy davlatlarda aholi neft va bitumdan 
foydalanganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, 
tarixiy manbalarda Suriya va Iroqdan oqib o‘tadigan Furot 
daryosining sohillarida milloddan 4–6 ming yil avval, ikki 
daryo oralig‘iga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)
da, Bobilda, Qadimiy Misrda yunon va rimliklar idishlar 
yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yo‘l qurilishlarida 
neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, 
revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Qadimiy 
Sharqda neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. 
Shuningdek, milloddan avvalgi 331-yilda neftdan Genuya 
(Italiya) ko‘chalarini yoritishda foydalanganliklari ma’lum. 
Neft chiqarish qadim zamonlardan ma’lum. Milloddan 
avval Kissiyada neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil 
va Suriyada neft ochiq suv havzalari yuzidan yig‘ib olingan. 
O‘sha davrda yerni burg‘ilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, 
quduqlardagi tayyor neftni yig‘ib olganlar. XX asrda Italiyada 
neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib neft olingan. 
1868- yilda Qo‘qon xonligida ko‘ldan ariqlarda oqib chiqadigan 
suv yuzasidan neft yig‘ib olingan; buning uchun ariqlarga 
ostidan suv o‘tadigan, yuzasida esa neft yig‘iladigan to‘siq 
qilingan. XVII asrda Bokuda quduqlardan neft chiqarilgan. 
Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha bo‘lib, devorlari 
toshlar yoki yog‘ochlar bilan mustahkamlangan. 
O‘zbekistonda neft chiqarish 1876-yildan boshlangan. Far-
g‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida tadbirkor D.P. Petrov 
tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha 
burg‘ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) 
gacha neft chiqarilgan. 
XIX asrning 60- yillaridan neft burg‘i quduqlari orqali 
chiqarila boshlandi. 1865-yilda AQShda birinchi marta neft 
mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 
1874–1895-yillarda Gru ziya, Boku va Grozniydagi konlarda 
ham joriy etilgan. Neftni burg‘i quduqlari orqali chiqarish usuli, 
asosan, XX asrning 30- yillariga kelib ancha takomillashdi. 


16
17
1941-45-yillarda yangi neft konlari (Farg‘ona vodiysida 
Jannubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez 
fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. O‘sha 
davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham 
vujudga keldi. 1941 yilda 196 ming tonna, 1945 yilda 478 
ming tonna neft qazib olindi. 1959 yilda Farg‘ona vodiysi va 
Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming 
tonnadan ziyod neft olindi. 
1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, 
neft-gaz kondensatli Ko‘kdumaloq koni ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng 
neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 
1992 yil 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq 
barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga 
birlashtirilib, “O‘zbekneftgaz” milliy korporasiyasi tashkil 
etildi. 1993-y. Farg‘ona botig‘ining o‘ta chuqur qatlamlaridan 
(Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv-burg‘ilash 
ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xo‘jali-
gining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga 
ega. 1995-yilda O‘zbekistonda 7 mln. tonnaga yaqin neft va 
kondensat qazib olindi. 1991-2003-yillarda O‘zbekistonda neft 
va gaz kondensatai olish 2,8 marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln 
tonna; 1997-yilda 7,9 mln tonna) va 1995-yilda neft importini 
tugatib, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkon 
yaratdi. O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega 86 ta 
neft koni ochilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-
gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga 
kiradi. Mamlakatda neft va gaz Farg‘ona, Surxondaryo, 
Hisor, Buxoro-Xiva va Orol-Ustyurt regionlarida to-pilgan. 
Farg‘ona vodiysida Jannubiy Olamushuk, Bo‘ston, Andijon, 
Shahrixon-Xonobod, Polvontosh va boshqa yirik neft va gaz 
konlari ochilgan. Neftli qatlamlar, asosan, paleogen dengiz 
ohaktoshlari qatlamlari orasida uchraydi. Neft qazib olish va 
konlarni izlab-tekshirish bo‘yicha O‘zbekiston – Malayziya 
qo‘shma korxonasi (O‘z-Maloyl) (1994-yil) tashkil etildi. 
O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft 
mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 
Keyingi yillarda respublikamizda 2,2 mln tonnadan ortiq 
neft va 2 mln tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olinmoqda. 
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq (1906-yil), 
Farg‘ona (1958-yil) va Buxoro (1997-yil) neftni qayta ishlash 
zavodlari qurildi. Markaziy Osiyoda birinchi qurilgan Oltiariq 
zavodi (hozirgi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi filiali)
da kerosin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz (propan-butan), 
difenil smolasi va butan-butilen frakiiyasi ishlab chiqariladi. 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida neft birlamchi qayta 
ishlanadi va katalitik o‘zgartiriladi, surkov moylari selektiv 
va gidravlik tozalanadi, qoramoy, parafin va boshqalar ishlab 
chiqariladi. 1996-yilda zavodni ta’mirlash ishlari boshlandi 
va dizel yoqilg‘isini gidrosulfurlash, gazni aminli tozalash, 
elementar oltingugurt olish uskunalari ishga tushirildi (2005- 
yil). Bu loyihani amalga oshirishda Yaponiyaning “Misui” 
va “Òoyo Injiniring” kompaniyalari ishtirok etdi. Farg‘ona 
neftni qayta ishlash zavodini xom ashyo bilan ta’minlash va 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan iste’molchilarni uzluksiz 
ta’minlash uchun “Angren-Pop” oraliqterminallari qurildi. 
Jahon andozalariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarish 
uchun zavodda ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari - katalitik 
kreking, alkillash qurilmalari qurish va ishlab chiqarilayotgan 
moylarning sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish ustida 
ishlanmoqda. Hozir zavodda neft mahsulotlarining 50 dan 
ortiq xillari jahon andozalariga javob beradigan larajada ishlab 
chiqarilmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Qashqadaryo va Buxoro 
viloyatlaridagi neft konlari (asosan, Ko‘kdumaloq neft-gaz 
kondensati koni) asosida ishlaydi. Òurli neft mahsulotlari, 
yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, qoramoy, 
suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan, propan-butan) 
va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu korxona qurilishi 
loyihasining texnologik qismini amalga oshirish uchun 
Fransiyaning “ÒEKNIP” firmasi, Yaponiyaning “Marubeni” 


18
19
va “Djey-Dji-Si” kompaniyalari ishtirokida konsorsium 
tashkil etildi. Qurilish-montaj ishlari-ni Òurkiyaning “Gama” 
kompaniyasi va O‘zbekistonning quruvchilari bajargan. 
Respublikamizdagi neftni qayta ishlash zavodlarining umumiy 
yillik quvvati 11,2 mln. tonna neft va gaz konlensatini qayta 
ishlash imkoniyatiga ega.
1.2.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish