Ngt kurs 4 Guruh Fanning nomi “Нефт ва газокондесатни қайта ишлаш технологияси”



Download 1,34 Mb.
bet1/38
Sana23.09.2021
Hajmi1,34 Mb.
#182319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
2 5300751712196234315


DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI

Fakultet___NGT___Kurs__4__Guruh_________

Fanning nomi “Нефт ва газокондесатни қайта ишлаш технологияси”

Dars turi: Ma’ruza



Ma’ruza mashg’ulotini olib boruvchi pedagog xodim. Murodov M.N.
4-kurs 8- mavsum



Dars turi

Mavzuning nomi

soat

sana

imzo

1

Neft moylarini ishlab chiqarish, yoqilg’i va surkov moylarini tozalash jarayonlari texnologiyalari.

4













2

Moy fraktsiyalarini tozalash usullari, moy fraktsiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash.

4













3

Moy fraktsiyalarini deparafinlash.


2







4

Neft maxsulotining sifatini yaxshilash uchun qo’ndirma-qo’shimcha ishlab chiqarish va undan foydalanish.

2







5

Reaktiv dvigatellar uchun yoqilg`i tayyorlash.


2







6

Kokslash jarayoni, isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni.

4













7

Yarim uzluksiz kokslash jarayoni.


2







8

Termik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.


2







9

Katalitik kreking jarayoning sanoatdagi qurilmalari


4













10

Kreking vaqtida uglevodorodlarni o`zgarishi.


2







Jami

28








VIII-mavsum

5-Modul. Neft moylari ishlab chiqarish jarayonlari
14-mavzu. Neft moylarini ishlab chiqarish, yoqilg‘I va surkov moylarni tozalash jarayonlari texnologiyalari.

Reja:

1.Neft moylari ishlab chiqarish jarayonlari

2. Yoqilg‘I va surkov moylarni tozalash jarayonlari texnologiyalari.
Tayanch so`z va iboralar

Neft moylari, parafinlar, naftenlar, aromatik uglevodorodlar, distillyatli moylar, qoldiq moylar, kompaundirlangan moylar, ishqor, kislota-ishqorli tozalash


Neft moylari yuqori haroratda (300-8000C) qaynovchi frakstiyalar bo’lib, ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodli aralashmalari, S,N2 va O2 ning birikmalari, hamda juda kam miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo’ladi.

Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo’linadi.

Neftdan moylarni olish yuli va sifatiga ko’ra: oq moylar, izolyastiya, konservastion va surkov moylariga bo’linadi.

Neftning distillyatli va qoldiq moylarni tozalash usuliga ko’ra mineral surkov moylari quyidagilarga bo’linadi:

1. Ishqor yordamida tozalash.

2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H2SO4 bilan ishlov berilib, uning tarkibidan smolali moddalar va tuyinmagan uglevodorodlar ajratiladi.

3. Kislota-kontaktli tozalangan, ya’ni distillyat va qoldik neft moylari H2SO4 da ishlov berish orqali olingan moyda keyingi tozalash jarayonida oqartiruvchi qum-tuproqda yuqori temperaturada H2SO4 qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi uchun o’tkaziladi.

4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan bo’lib, uning tarkibidagi keraksiz uglevodorodlar va smolali moddalarni eritib olish bilan tozalangan mineral surkov moylari vazifasiga ko’ra quyidagi moylarga bo’linadi:

1. Industrial moylar.

2. Ichki yonuv dvigatel moylari.

3. Bug’ mashina moylar.

4. Maxsus moylar.

Industrial moylar- fabrika, zavodlar va qishloq xo’jaligida mashina va mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi.

Industrial moylar sinflanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

- engil qovushqoqlikdagi 500Sda 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega;

- o’rta qovushqoqlikdagi 500Sda 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi;

- og’ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi.

Engil industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun ishlab chiqarish mexanizmlari. Vazelin moyi 500Sdagi qovushqoqligi 5,0-8,5 sst bo’lib, parfyumeriyada, charm ishlab chiqarish va nazorat o’lchov asboblarini moylash uchun ishlatiladi.

O’rta industrial moylar guruhiga vereten va mashina moylari kiradi. Vereten moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko’ra vereten-2 va vereten-3ga bo’linadi.

Vereten-2, - 500Sdagi qovushqoqligi 11,8- 14,0 sst bo’lib, kam quvvatli elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. Vereten 3 - 500Sdagi qovushqoqligi 19 -235 sst bo’lib, u materiallarga ishlov berish sanoatidagi turli mexanizmlar, chilangarlik, silliqlash, teshik ochuvchi, kesuvchi va boshqalarni moylashda qo’llaniladi.

Mashina moylari qovushqoqligiga ko’ra L va S markalarga bo’linadi. L markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo’llaniladi. S marka esa katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo’llaniladi.

Og’ir industrial moylar guruhiga kislota kontaktli usulda tozalangan distillyat moyi stilindr-2 kiradi. Stilindr-2 moyi yuqori haroratda ishlovchi, katta kuchlanishli va kichik tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo’llaniladi. Stilindr-2 moyini qovushqoqligi 1000Sda 9,6-14,0 sst. Ichki yonuv dvigatellar uchun moylar qo’llanilishiga ko’ra:

1. Aviastiya.

2. Avtomobil.

3. Traktor.

4. Dizel.

5. Motor moylariga bo’linadi.

Aviastiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida MK-22 va MK-20 markada bo’lib, 1000Sdagi qovushqoqligi 22 va 20 sstga teng. S markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo’lib, avia motorlarda ishlatiladi.

Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va motostikl dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi bo’yicha avtol-4, avtol-6, avtol-10 va avtol-18ga bo’linadi. Sellektiv tozalashdan olingan avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat korbyuratorli dvigatellarga mo’ljallangan.

Dizel moylari og’ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo’llaniladi. Motor moylari qo’zg’almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda qo’llaniladi. Motor moylari M(45-50 sst) va T (62-68 sst) markalarga bo’linadi. Bu moylar qo’llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog’liq. Yuqori quvvatli dvigatellarga T markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo’llaniladi. Bug’ mashina moylari asosan stilindr moyi deb ataladi va bug’ mashinasi detallarni moylash uchun ishlatiladi. Bug’ mashinalari bug’ turiga bog’liq bo’lib, ular yordamida ishlatilishiga ko’ra to’yingan bug’da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug’da ishlovchi mashinalarga bo’linadi. To’yingan bug’da ishlovchi mashinalar uchun stilindr vispozin 3 va nigrol L navli moylar ishlatiladi. Qayta qizdirilgan bug’da ishlovchi mashinalarda vaport, stilindr-6 va veport-gidro navli moylar qo’llaniladi.

Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va medestina moylari kiradi. Transformator moylari tranformator o’zagi va o’ramlarini sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. Turbina moylari bug’li va suvli turbina podshipniklarni moylash uchun, shuningdek bug’li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to’ldirish uchun ishlatiladi.

Turbina moylari quyidagilarga bo’linadi:

1. Turbina L marka (20-23 sst, 500S), kichik va o’rta quvvatdagi bug’li turbinalarni moylash uchun ishlatiladi.

2. Turbina UT marka (28-32sst, 500S) aylanishlar soni minutiga 2000-3000 bo’lgan kuchli bug’li turbinalar uchun qo’llaniladi.

3. Turbina T marka (44-48 sst, 500S).

4. Turboreduktor moyi (55-59sst, 500S) paraxod qurilmalarini moylash uchun ishlatiladi.

Kompressor moylari 2ga bo’linadi:

1. Kompressor M marka (9,5-14sst, 1000S), havo haydovchi va havoli 2 bosqichda siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi.

2. Kompressor T marka (14-20 sst, 1000S) yuqori bosim (44dan 225 atm.)dagi ko’p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi.

Parfyumeriya va medestina moylari o’ziga xos rang va hidga ega. Parfyumeriya moylari, qovushqoqligi 500Sda 15-20sst, medestina moylari 500Sda 28-31sstga teng. Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi.




15-mavzu. Moy fraksiyalarini tozalash usullari, moy fraksiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash.

Reja:

  1. Moy fraksiyalarini tozalash usullari

  2. moy fraksiyalarini tanlab ta’sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish