Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Azot oksidlari.
Azot (II)-oksidi ko‘zning shilliq pardasini
o‘pkani yallig‘lantiradi, yurak-qon tomir tizimida tuzatib 
bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Azot oksidlarining 
juda kam miqdori ham xavfli hisoblanadi. Azot oksidlari 
uglevodorodlar bilan birikib, zaharli nitrooleiflar hosil qiladi. 
Ularning organizmga zararli ta’sirini hech qanday vositalar 
bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. 
Uglevodorodlar.
Yonmay qolgan uglevodorodlar bir necha 
yuz kimyoviy birikmalar aralashmasidan iboratdir. Aralashma 
yoqimsiz hidga ega bo‘lib, ko‘pgina surunkali kasalliklarni 
keltirib chiqaradi. Ayrim aromatik uglevodorodlar kuchli 
zaharli xususiyatlarga ega bo‘lib, markaziy asab va mushak 
tizimiga salbiy ta’sir etadi. Alifatik uglevodorodning zaharlilik 
darajasi pastroq bo‘lib, ular markaziy asab tizimiga narkotik 
kabi ta’sir ko‘rsatadi. 
Aldegidlar.
Ishlatilgan gazlar tarkibida, asosan, formaldegid 
va akroleinlar bo‘ladi. Formaldegid va akroleinlar nafas olish 
yo‘llari va shilliq pardalarni yallig‘lantiradi. Formaldegid 
markaziy asab tizimi, jigar, buyrakni shikastlaydi va oltingugurt 
birikmalari bilan dimoqni yoradigan yoqimsiz hid tarqaladi. 
Akrolein nafas olinganida ko‘zni achishtiradi va yoshlantiradi, 
u bilan nafas olinganida tomoq tirnalgandek bo‘ladi, yo‘tal 
tutadi. Akroleinning havodagi konsentratsiyasi 0,07 mg/
l
bo‘lganida, kishi ko‘pi bilan bir minut chidaydi. 


258
259
Dvigatel ishlatilganida chiqariladigan oltingugurt birikmalari 
uning silindrlarida amalga oshuvchi jarayonning o‘ziga 
aloqador bo‘lmasdan, tarkibida biror turdagi oltingugurt 
bo‘lgan yonilg‘ilardan foydalanganida yuzaga keladi. Bunda 
yonish jarayonida sulfit angidrid va vodorod sulfid hosil bo‘ladi. 
Oltingugurt (II)-oksidi nam bilan birikib, sulfat kislota hosil 
qiladi. Bu kislota odam organizmini zaharlabgina qolmay, 
balki yonilg‘i apparatlarining detallarini, silindrlar yuzasini, 
klapanlar va ularning uyasini yemiradi. Sulfat angidrid qon 
ishlab chiqaruvchi organlar – ilik va qorajigarni yallig‘lantirib, 
uglevodlar almashinuvini buzadi. Uning kichik miqdori bilan 
surunkali ravishda zaharlanish bosh og‘rig‘ini, uyqusizlikni 
keltirib chiqaradi, shilliq pardani yallig‘lantiradi, ba’zi 
hollarda esa bronxit, ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi kabi 
kasalliklarga sabab bo‘ladi. 
Qo‘rg‘oshin
birikmalar 
organizmda to‘planib, moddalar 
alma shinuvi va qon hosil bo‘lish jarayonlarining buzilishiga 
olib keladi. 
Uglerod gazi va boshqa zaharli moddalar ta’siridan zaharla-
nishning oldini olish uchun ish joylarida va avtomobillarni 
saqlash maydonlaridagi havo tarkibidagi zaharli moddalar 
miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish va shamollatishni 
(ventilatsiya) yo‘lga qo‘yish lozim. 
Avtomobil kabinalariga va salonlariga ishlatilgan gazlar 
kirishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 
Gazdan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish benzin 
bu g‘idan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi amalga 
oshi riladi. 
Mineral
surkov moylari
(motor, transmission, sanoat va 
boshqalar) va
gidravlik suyuqliklar
ham zaharli hisoblanadi. 
Tarkibida turli xil qo‘shilmalar bo‘lgan moylar bilan 
ishlashda, qo‘shilmasiz moylarga nisbatan, ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘lish lozim. Chunki tarkibida oltingugurt, xlor, 
fosfor, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlar bo‘lgan bir qator 
qo‘shilmalarning zaharlilik darajasi yetarlicha o‘rganilmagan. 
Moylarni ishlatish qoidalarining buzilishi va shaxsiy gigiyena 
qoidalariga rioya etmaslik natijasida terining ekzema kasalligi 
(xronik, yuqimsiz, tez-tez qo‘zg‘alib turadigan teri kasalligi), 
modda almashinuvi, asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari 
funksiyasining buzilishi kabi holatlar kuzatiladi. Bunda teri 
qichishadi va xilma-xil toshmalar (dog‘, tuguncha, pufakcha 
va boshqalar) toshadi, follikular shikastlanish, dermatitlar, 
terining pigmentlanishi va hatto nisbatan og‘ir kasalliklar kelib 
chiqishi ham mumkin. 
Etilenglikol
va uning suvdagi eritmasi – 
antifriz
ham kuchli 
ta’sir etuvchi zaharli suyuqlik hisoblanadi. Organizmga 
tushganida markaziy asab tizimi va buyrakni shikastlaydi. 
Glikol asosidagi tormoz suyuqliklari (ÃÒÆ–22, – 2M, 
«Íåâà», «Òîìü», «Ðîñà»va boshqalar)ning zaharli ta’siri 
antifrizning ta’siriga o‘xshash bo‘ladi. Etilenglikolning 50 g 
(100 g atrofidagi antifriz) dozasi odamni o‘ldiradi. 
Antifriz va tormoz suyuqligi suyuqlanadigan yoki tashiladigan 
hamma idishlarda «Zahar» degan yozuv yaqqol ko‘rinib turishi 
(bu so‘z yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan yoziladi), idishda 
antifriz yoki tormoz suyuqligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, 
uning tiqinlari va bo‘g‘zi tamg‘alanishi zarur. 
Antifriz va tormoz suyuqliklarini shlang orqali og‘iz bilan 
so‘rib tortish mumkin emas, chunki etilenglikol oshqozonga 
tushsa, uni zaharlaydi. Shikastlangan kishiga tezlik bilan 
yordam ko‘rsatish lozim. Bunda oshqozon toza suv bilan yoki 
2 foizli ichimlik sodasining suvdagi eritmasi bilan chayiladi
majburiy ravishda qayt qildiriladi, shikastlangan kishi o‘rab 
isitiladi va zudlik bilan vrach chaqiriladi. 
Antifriz va tormoz suyuqliklari bilan ish bajarilganidan keyin 
qo‘lni, albatta, sovunlab yuvish kerak. 
ATKlarda ishlatiladigan erituvchilar va suyultiruvchilar 
zaharli bo‘lishi bilan birga yuqori bug‘lanuvchanlikka 
egadir. Ular bilan, shuningdek, lok-bo‘yoq materiallari bilan 
ishlanganida benzin bilan ishlanganidagi kabi chora-tadbirlar 
qo‘llanadi. Metil spirti yoki dixloretan bilan zaharlangan 
kishilarga ham antifriz yoki tormoz suyuqligi bilan zaharlangan 
kishilarga yordam ko‘rsatish kabi yordam ko‘rsatiladi. 


260
261
Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan 
xodimlar jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini 
qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida 
ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 
Sulfat kislotasi, ishqorlar va ularning aralashmalari maxsus 
ki yimga tekkan zahoti suv bilan yuvib tashlanishi lozim. 
Maxsus kiyimning sirtiga sulfat kislotasi va ishqor quyilib 
ketganida uni o‘sha zahoti almashtirish kerak. Maxsus kiyimni 
ye chish ehtiyotkorlik bilan rezina yoki xlorvinil qo‘lqop 
yordamida iliq suv bilan yuvib tashlanganidan so‘ng amalga 
oshiriladi. 
Sulfat kislotasi, ishqorlar to‘kilgan maxsus kiyim yog‘sizlanti-
ruv chi aralashmaga bo‘ktiriladi, suvda yuviladi va yuvishga 
beriladi. 
Maxsus suyuqlik aralashmalarini tayyorlovchi xodimlar 
maxsus kiyimlarning tozaligini kuzatib borishlari va haftada bir 
marta yuvishga berishlari lozim. 
Maxsus kiyimni tashkilotdan tashqariga olib chiqish 
taqiqlanadi. 
Barcha himoya vositalari belgilangan muddatlarda 
sinovlardan o‘tkazib borilishi lozim. 
Himoyalanmagan qo‘l bilan maxsus suyuqliklarga tegish 
taqiq lanadi. 
Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda yuqori samarali 
ventilatsiya tizimlari va yakka tartibdagi himoya vositalarini 
qo‘llash (respirator) lozim. 
Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchi xodimlar o‘z-o‘ziga 
va o‘zgalarga yordam ko‘rsatish dasturi bo‘yicha o‘qitilgan 
bo‘lishi lozim. 
Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchining ish joyida ko‘rinib 
tu radigan joyda zaharlanganida va kuyganida birinchi yordam 
ko‘r satish qo‘llanmasi bo‘lishi lozim. 
Sulfat kislotasi, ishqor yoki ularning aralashmasi bilan 
zararlangan joyni toza suv bilan yuvib, zararsizlantiruvchi 
vosita bilan ishlov berish kerak. 
Xodim sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi bilan 
zararlanganida uni darhol yechintirish, iliq suvda yuvintirish va 
tibbiyot muassasasiga yetkazish lozim. 
Ko‘zga sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi 
tushganida o‘sha zahoti maxsus suv quvuridagi favvorachada 
yoki rezina naychali shishada 10–15 daqiqa davomida yuvish 
hamda toza bog‘ich qo‘yib bog‘lash va tibbiy muassasaga 
murojaat etish lozim. 
Sulfat kislotasi bug‘i bilan zaharlangan xodimni darhol 
zararlangan atmosferadan toza havoga olib chiqish va erkin 
nafas olishi uchun xalaqit berayotgan kiyimini yechish, 
osoyishta dam olishiga imkon berish va nam kislorod bilan 
uzoq vaqt nafas oldirish kerak. 
Maxsus suyuqliklardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilgan 
va yuvilgan holda omborxonaga yoki bostirma ostiga qo‘yilishi 
kerak. Yengil alangalanuvchi moddalardan bo‘shagan idishlarni 
ishchilar ishlayotgan xonalarda saqlash taqiqlanadi. 
Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus 
jihozlangan xonalarda, yoki xonalarga o‘rnatilgan maxsus 
kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda 
«Yong‘indan xavfli», «Chekilmasin», «Begonalar kirishi 
taqiqlanadi» kabi ogohlantiruv chi va taqiqlovchi xavfsizlik 
belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish