61
tashqari yana 4 nafar qariyani ta‘minlashi kerak bo‗ladi; bu esa, o‗z navbatida,
davlat byudjeti uchun qo‗shimcha xarajatga (nafaqaga, ijtimoiy muxofazaga, tabiiy
xizmatga) olib keladi.
Xitoy oldida turgan yana bir demografik muammo – bu butun mamlakat
bo‗ylab shaharlarda ish izlab yurgan dehqonlardagi tug‗ilish masalasi. Bunday aniq
ro‗yxatga olishni iloji bo‗lmagan, migrantlar soni 80 mlndan oshiq. Har birini
kuzatishini iloji yo‗q, shuning uchun ham ular muhitida aholining takror barpo
etishni rejalashtirish mushkuldir. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, tug‗ilishning
rekordli ko‗rsatkichlari mamlakatning chet
viloyatlarida kuzatilmoqda; u yerlarda
erta nikoh qurish hollari juda ko‗p uchraydi, ekspyertlarning ma‘lumotlariga ko‗ra
bu holning sababi, chet hududlarida aholi savodlilik darajasining pastligidir.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra, XXR da 15 yoshdan oshgan savodsizlarning soni
180 mln.ni tashkil etadi, bu esa butun aholining 15,8 foizidir. Shuning uchun
Xitoyda ta‘lim muammosini ham tug‗ilishni cheklash
bilan bir qatorda hal etish
lozim.
Xitoy mutaxassislari prognoziga ko‗ra, 2050 yili aholining o‗sishi nolga
tushar ekan. Aynan mazkur 100 yillikning o‗rtalarida Xitoy dunyoning o‗rtacha
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‗shilishni rejalashtirgan
1
. G‗arbiy, Sharqiy,
Markaziy Afrikadagi qator davlatlar, Shimoliy Afrikadagi G‗arbiy Saxara, Sudan,
Janubiy Afrikadagi Namibiya, Svazilend davlatlarri, Shuningdek G‗arbiy,
Markaziy va Janubiy Osyodagi ba‘zi davlatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Eron,
Omon, Falastin, Yaman, Afg‗oniston, Butan, Laos)da
hozirgi davrda ham
aholining tabiiy o‗sishi ancha yuqori darajada saqlanib kelmoqda va ularda ham
aholini tez ko‗payish muammosi qayd etilmoqda. Aholining bunday tez sur‘atlar
bilan o‗sishi esa aholini oziq – ovqat, ish va yashash joylari bilan ta‘minlashdek
muhim, jiddiy iqtisodiy muammolarini
2
keltirib chiqaradi.
Ilmiy manbalarda XX asr oxirlarida planetamizda 1 milliard aholi
kambag‗allikda yashayotganligini, 500 million aholi to‗yib ovqat emayotganligini,
har kuni 35 ming kishi ochlikdan halok bo‗layotgani, dunyodagi 36 ga yaqin
1
Экономическое обозрение. -Ташкент. 2001 г. № 1. стр. 57 – 59.
2
Бўриева М.Р. Демографик муаммолар -Тошкент – 2005, 9-бет.
62
davlatlar mavjud aholisini o‗z resurslari yordamida boqa olmasligi haqida
ma‘lumotlar keltirilgan. XXI asr boshlariga kelib sayyoramizda shiddat bilan
ko‗payib borayotgan aholini boqish muammosi
bilan bir qatorda ekologik
muammolar ham keskinlashib bormoqda. Ularga yer hosildorligini kamayib
borishi, yer, suv va o‗simlik dunyosining ifloslanib, o‗rmonlarning kamayishi,
natijada, azon tuynugini kattalashib, aholi salomatligiga salbiy ta‘sir
etayotganligini qayd etish mumkin.
Yer shari aholisi soni uning ba‘zi hududlarida juda tez ko‗payib borayotgan
bo‗lsa, ba‘zi hududlarida esa aholi soni ko‗payishi demografik mezon darajasidan
kamayib ketgan. Bunday holatni Yevropadagi barcha davlatlarda,
shimoliy
Amerika davlatlari, shuningdek, janubiy Amerika va Osiyodagi ba‘zi davlatlarda
kuzatish mumkin.
Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi xususiyatlarini
o‗rganish aholi geografiyasining muhim vazifalaridandir. BMT ma‘lumotlariga
ko‗ra 2017 yilda dunyo aholisining soni 7,5 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislar
prognoz etishlaricha dunyo aholisining soni 2025 yilda 8 milliardga, 2050 yillarda
esa 9,4 milliardga etar ekan.
Yer kurrasida insonning paydo bo‗lishi va ko‗payib borishi haqida ilmiy
manbalarda qator ma‘lumotlar mavjud bo‗lib, ularda aholining ko‗payib
borish
tabiiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog‗liq bo‗lganligi qayd
etilgan. BMT tomonidan jahon davlatlari bo‗yicha ishlab chiqqan demografik
ko‗rsatkichlari guvohlik berishicha, 2017 yili Yevropa davlatlari bo‗yicha tug‗ilish
va o‗lish koeffitsientlari 11 ‰ tenglashib, aholining tabiiy o‗sishi ―0‖ ga tushib
qolgan. Latviya, Litva, Germaniya, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya,
Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlarda esa aholi tabiiy
o‗sishi ko‗rsatkichi ―0‖dan ham kamayib -0,1, -0,5
foizni tashkil etmoqda
1
.
Boshqacha qilib aytganda, mazkur davlatlarda ―demografik inqiroz‖ jarayoni
boshlangan.
1
Population Refyerence Bureau. 2008. World Population Data Sheet.
63
2015 yilda dunyoning 83 ta davlatida tug‗ilish darajasi oddiy aholi takror
barpo bo‗lishi darajasining eng past ko‗rsatkichidan ham kichik bo‗ldi (bitta ayolga
2,1 tadan bola), keyingi avlod vakillari o‗zidan oldingi avlod vakillariga nisbatan
kam sonli bo‗lmoqda.
Bundan tashqari, Yevropaning 15
ta davlatida qisqargan
aholi takror barpo bo‗lishi qayd etildi, yoki demografik inqirozga yuz tutdi
1
. Dunyo
aholisining soni dinamikasi ko‗rsatishicha sayyoramizda aholi muntazam ko‗payib
kelgan. Aholining eng tez ko‗paygan davri XX asrga to‗g‗ri keladi. 1900 – 1950
yillarda yer shari aholisi har yili o‗rtacha 0,90% dan ko‗paygan bo‗lsa, 1950 –
2000 yillarda bu ko‗rsatkich 1,75 % ga etdi, 2000 – 2009 yillarda esa aholining
o‗sish sur‘ati 1,42 foizni tashkil etgan. Sayyoramiz aholisining ko‗payib borishida
uning alohida hududlari farq qiladi
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: