Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  Dunyo aholisining ko‗payishi (mln.kishi hisobida)*



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169
Bog'liq
30 11

3.1-jadval 
Dunyo aholisining ko‗payishi (mln.kishi hisobida)*
Sana, yillar 
Dunyo aholisi 
Sana 
Dunyo aholisi 
Milodning boshi 
252 
1920 
1811 
400 
205 
1930 
2070 
800 
224 
1940 
2295 


53 
1000 
305 
1950 
2527 
1200 
400 
1960 
3060 
1500 
440 
1970 
3727 
1600 
578 
1980 
4430 
1700 
680 
1993 
5510 
1750 
728 
2000 
6000 
1800 
954 
2005 
6464 
1850 
1248 
2015 
7336
1900 
1630 
2025** 
8563
1910 
1755 
2050 
9846
*Алисов Н.В., Хорев Б.С. Экологическая и социалная география мира. – М., 2000. – С.92; Демографический 
энциклопедический словарь. – М., 1985. – С.72; Народонаселение мира 1998. Фонд ООН в области 
Народонаселения.
Population Refyerence Bureau. 2005, 2015, 2017. World Population Data Sheet.
** BMT prognozi.
XII-XV asrlarda dunyo aholisining ma‘lum qismi yuz bergan katta urushlar 
tufayli qirilib ketdi. Ayniqsa, bu urushlardan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa 
mamlakatlari aholisi katta talafot ko‗rdi. Urushlar nafaqat aholining bevosita qirilib 
kyetishiga, balki, xo‗jaliklarni, ishlab chiqarishni izdan chiqarish hisobiga sodir 
bo‗lgan ocharchilik sababli hayotdan bevaqt ko‗z yumushlariga olib kelgan. Agar 
dastlabki 500 yilda (1000-1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko‗paygan 
bo‗lsa, 1500-1750 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko‗rsatkich 288 millionni tashkil 
qildi, ya‘ni aholining o‗sishi 2 marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab aholining o‗sishi yanada tezlashdi. Dunyo aholisining 1000 yildan 2005 
yilgacha bo‗lgan o‗sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko‗paygan davr XX 
asrdir. 1900-1950 yillarda yer shari aholisi har yili o‗rtacha 0,90 % dan ko‗paygan 
bo‗lsa, 1950-2000 yillarda bu ko‗rsatgich 1,75 % ga etdi. XXI asrning dastlabki 
yillarida esa dunyo aholisi sonining ko‗payish sur‘ati birmuncha sustlashdi. 2000 – 
2009 yillarda dunyo aholisining o‗rtacha yillik ko‗rsatkichi 1,42 % tashkil 
etmoqda. Hozirgi davrda (2018 y.) yer sharida 7,5 milliarddan ortiq kishi istiqomat 
qilishmoqda. 
Aholi sonining ko‗payib borishida dunyo hududlari bo‗yicha keskin 
tafovutlar mavjuddir. Natijada, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga 
kelib, sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega bo‗lgan demografik muammolar 
vujudga keldi. Ba‘zi davlatlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi 


54 
soni juda tez ko‗payib borib, ―aholi ko‗payishi‖ muammosini yuzaga keltirgan 
bo‗lsa, ba‘zi hududlarda esa aholi tug‗ilishining keskin qisqarishi, ya‘ni 
demografik mezondan kamayib kyetishi oqibatida, ―demografig qarish‖ 
muammosi kuzatilmoqda. ―
Aholi ko„payishi
‖ muammolari asosan rivojlanayotgan 
davlatlarda kuzatiladi, dunyo aholisining ko‗payishi ham deyarli ushbu davlatlar 
bilan bog‗liqdir. 
1967-yilda esa yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56 millioni 
rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko‗payishi hisobiga ro‗y byerdi. Dunyo 
aholisining bunday tez ko‗payishini olimlar ―
demografik portlash
‖, deb 
izohladilar. Rivojlanayotgan davlatlarda XX asrning ikkinchi yarmida aholi 
sonining ana shunday tez sur‘at bilan o‗sishi, asosan, uchta demografik omilga 
bog‗liq bo‗lgan. Ulardan birinchisi – tug‗ilishning yuqori darajada saqlanib 
qolayotganligi. Ikkinchisi o‗limning pasayganligi va aholi umr ko‗rish 
davomiyligining uzayganligidir. 
Rivojlanayotgan davlatlarda bir tomondan, feodal va ibtidoiy jamiyat 
munosabatlarining saqlanib qolishi, ikkinchi tomondan, mustamlaka tuzumining 
uzoq xukm surishi ularning dunyodagi iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan agrar 
regionlar sifatida saqlanib qolishiga sabab bo‗ldi, natijada, sanoat rivojlanmadi. 
Aholining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat etib kelgan. Qishloq turmush tarzi 
esa, tug‗ilishning yuqori bo‗lishiga olib keluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
Undan tashqari ayollarning ijtimoiy tengsizligi, aholining savodlilik darajasining 
nihoyatda pastligi, qator musulmon davlatlarida ko‗pbolalikni qo‗llab – 
quvvatlovchi an‘analarning mavjudligi, homiladorlikni oldini oluvchi vositalarni 
va ular haqidagi tushunchalarning keng tarqalmaganligi kabi omillar ham 
rivojlanayotgan davlatlarda aholi tug‗ilishining yuqori bo‗lishiga olib kelgan. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish