Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169
Bog'liq
30 11

kiritiladi. Bu koeffitsientning kamchiligi shundan iboratki, mazkur ko„rsatkichga 
erkaklar ham qo„shiladi, umuman olganda erkaklar tug„ishda ishtirok etmaydilar. 
Shunga qaramay, ba‟zi demograflar bu jarayonni ham o„rganishadi, biz buni 
keyinroq ko„rib chiqamiz. 
 
Tug„ilishning umumiy koeffitsienti (CBR)dan farqli ravishda tug„ilishning 
yosh bo„yicha koeffitsienti yoki xususiy koeffitsienti (GFR)ni aniqlashda biz 
tug„ruq yoshidagi ayollarni olamiz. Amaliyotda juda oz miqdordagi ayollar 15 
yoshgacha va 49 yoshdan so„ng farzand ko„radilar, shuning uchun demograflar 
odatda farzand ko„rish yoshi chegaralari sifatida 15-49 yosh orasidagi 
diapazonni, ya‟ni oraliqni olishadi. Ammo bu diapazon univyersal hisoblanadi. 
Rivojlangan davlatlarda 44 yoshdan so„ng farzand ko„rish ko„p ham kuzatilmaydi. 
Shuning uchun GFR ba‟zida 15-44 yosh uchun ham hisoblanadi. Albatta ushbu 
yosh diapazonlarida ham istisnolar mavjud. Misol uchun 2000 yil AQSHning 
Texas shtatidagi ayollarga byerilgan tug„ilish to„g„risidagi guvohnomada ularning 
yoshi eng past 11 yoshda, eng yuqori 53 yoshgacha bo„lgan.
 
2000 yilda Texasda farzand ko„rgan onalarning o„rtacha yoshi 26,1 yoshni 
tashkil etgan. Faqatgina farzand ko„rgan ayollarning 0,3 foizi 15 yoshgacha 
bo„lgan va 40 yosh va undan yuqori yoshdagi onalarning ulushi esa 1,6 foizni 
tashkil etgan. Texasda farzand ko„rgan ayollarning deyarli yarmidan ortig„ini 
(55,0 foizi) 20-29 yosh oralig„idagi onalar va deyarli to„rtdan uch qismi (74,4 
foizi) 20-34 yosh oralig„idagi onalar bo„lgan. 
 
2005 yilda AQSHda farzand ko„rgan yosh onalarning salmog„i Texasga 
nisbatan ancha past. 2005 yilda AQSHda farzandli bo„lgan 10 - 14 yosh 
oralig„idagilar 0,2 foizdan kamroqni tashkil etadi. AQSHda 2005 yilda farzand 
ko„rgan ayollarning 2,4 foizdan ko„prog„i 40 yoshdan yuqoridir. Ba‟zi hollarda 15 


80 
yoshgacha yoki 40 yoshdan yuqori yoshdagi ayollar farzand ko„rishadi yoki 
farzand ko„rishmoqchi. Shu sababli GFRni hisoblash 15 yoshdan boshlanadi, 
ba‟zida esa 15 yoshgacha bo„lgan ayollar ham qo„shiladi. 
 
2008 yil iyul oyida BBSqari bir ayolning farzand ko„rganligi haqida xabar 
tarqatdi. 2008 yil Shimoliy Hindistonda Omkari Panwar 70 yoshida egizak 
farzandli bo„ldi. U va uning eri Charam Singx yoshi 70 dan oshgan fyermyer ikki 
farzandi bor, ikkalasi ham qiz bola. Ular o„g„il farzandli bo„lishni juda ham 
hohlaganliklari uchun bepushtlilikni davolash uchun bankdan kredit olishdi, 
natijada, og„irligi taxminan ikki funt keladigan o„g„il va qiz farzandi bo„lishdi 
(British Broadcasting Korporatsiya News, 2008).
Yuqorida qayd etilgandek, tug‗ilishning umumiy, maxsus va xususiy 
koeffitsientlari ham mavjud bo‗lib, ular asosida tug‗ilish darajasi aniqlanadi. 
Bulardan 
tug„ilishning maxsus koeffitsienti (GFR) tug„ilishni hisoblaydigan yana 
bir ko„rsatkichdir. U CBR dan aniqroq, chunki, bunda tug„ish yoshidagi 
ayollargina hisobga olinadi. GFR quyidagicha hisoblanadi: 
 
Bu yerda kasr suratida bir yilda tug„ilgan chaqaloqlar bo„lsa, maxrajida 15-49 
yoshdagi ya‟ni tug„ish yoshidagi ayollarning o„rtacha yillik soni.
Tug‗ilishning maxsus koeffitsientlari tug‗ilish darajasidagi o‗zgarishlarni aniq 
ifodalaydi, tug‗ilishni atroflicha o‗rganishda qo‗llaniladi. Ushbu koeffitsient 
alohida erkaklar va ayollar guruhiga nisbatan hisoblanishi mumkin. Demografik 
tadqiqotlarda asosan reproduktiv yoshdagi (15-49 yosh) ayollarga nisbatan 
qo‗llaniladi. Tug‗ilishning maxsus koeffitsientida har 1000 ta 15-49 yoshdagi 
ayollarga nisbatan tug‗ilgan bolalar soni aniqlanadi va uni yana quyidagicha ham 
ifodalash mumkin: 
TW
N
F
49
15
49
15



*1000 
F
15-49
-tug‗ilishning maxsus koeffitsienti. 


81 
N - 15-49-o‗rganilayotgan davrda 15-49 yoshni ayollarda tug‗ilgan bolalar 
soni. 
T - o‗rganilayotgan davr (yil). 
W - reproduktiv yoshdagi ayollarning o‗rtacha soni (15-49 yosh, tug‗ilish 
darajasi past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi). 
Tug‗ilishning maxsus koeffitsienti erkaklarga nisbatan ham hisoblanadi. U 
holda har 1000 ta 15-49 (14-54 yoshlar uchun ham hisoblanadi) yoshdagi 
erkaklarga nisbatan tug‗ilgan bolalar soni aniqlanadi. Misol uchun 1950 yil va 
2005 yillarda AQSHda 
CBR ko„rsatkichi mos ravishda 24,1 va 14,0 promille 
bo„lgan. Agar biz GFRga tegishli hech qanday ma‟lumotga ega bo„lmasak, bu ikki 
yildagi CBR qiymatini 4,5 ga ko„paytirib mos ravishda GFRning 1950 yil uchun 
108,5 va 2005 yil uchun 63,0 promilleni aniqlar edik.
Agar sizda faqatgina 
CBRga oid ma‟lumotlar bo„lsa-yu, siz GFRni 
hisoblamoqchi bo„lsangiz, GFR ko„rsatkichi 
(15-44 yoshli ayollar uchun) quyidagi 
formulada aks etadi: 
Ushbu hisoblangan GFR ko‗rsatkichi 1950 yildagi 106,2 va 2005 yildagi 
66,7 promillelaridan katta farq qilmaydi. 
Yuqorida ta‟kidlaganimizdek, GFR 
ko„rsatkichi CBR bilan bog„liq muammoni farzand ko„rish yoshidagi ayollar 
hisobiga hal qilgan edi, ammo endi bu GFR ko„rsatkichi bilan muammoni 
oxirigacha echilgan emas. Bu ko„rsatkich farzand ko„rish yoshi, ya‟ni 15-49 yosh 
oralig„ida ayollarda bir xil sur‟atda farzandi bo„lmasligini e‟tiborga olmaydi. 
Tug„ilish, odatda 15-19 yoshdagi ayollarda past, 20-29 yoshdagi ayollarda esa 
juda yuqori bo„lib, 30 yoshdan pasaya boradi, 40 yoshda yanada pasayadi. 
Mazkur ma‟lumotni ya‟ni, tug„ilish yoshga bog„liqligini e‟tiborga olish uchun 
demograflar ma‟lum bir yosh guruhlari uchun ishlab chiqishadi.
Tug„ilishning yosh koeffitsienti har 5 yillik guruhlar uchun 15-19, 20-24, 25-
29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh uchun hisoblanadi. 
Tug‗ilishning xususiy 
koeffitsientlari - tug‗ilishni o‗rganishdagi eng aniq koeffitsientlar bo‗lib, ma‘lum 
yosh guruhlarida tug‗ilish darajasini ifodalaydi. Bu koeffitsient odatda har 1000 ta 


82 
15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh guruhidagi ayollarda 
tug‗ilayotgan bolalar sonini aniqlashda qo‗llaniladi va quyidagicha ifodalanadi: 
1000
/
/
/




y
TW
y
N
F
x
x
x
x
y
x
F
x/y 
- tug‗ilishning maxsus yosh guruhi bo‗yicha koeffitsienti. 
N
x/x+y 
- ma‘lum yosh guruhidagi onalardan tug‗ilgan bolalar soni. 
T - o‗rganilayotgan davr (yil). 
W - o‗rganilayotgan yosh guruhidagi ayollarning o‗rtacha soni. 
Tug„ilishning yig„indi koeffitsienti (ASFR)da asosiy e‟tibor ayollarning yosh 
guruhlariga qaratiladi. Tug„ilishning yig„indi koeffitsienti (ASFR) esa quyidagicha 
hisoblanadi: 
Tug‗ilishning yig‗indisi (summarniy) koeffitsienti, tug‗ilish darajasini eng 
aniq ifadolovchi ko‗rsatkich bo‗lib, unda dunyo hududlari, davlatlar va ma‘lum 
aholi guruhlaridagi tug‗ilish darajasini ifodalashda qo‗llaniladi. Hududlar bo‗yicha 
tug‗ilish darajasini taqqoslaganda ham asosan tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti 
ishlatiladi. Tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti ma‘lum avlodga tegishli har bir 
ayolning hayoti davomida (o‗lim va yosh tarkibidagi o‗zgarishlardan qat‘i nazar, 
har bir yosh guruhidagi tug‗ilish darajasi saqlangan holda) tuqqan bolalarining 
o‗rtacha soni. Tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti tug‗ilishning yosh guruhlari 
koeffitsientlari yig‗indisiga teng. 




49
15
/
y
F
y
F
x
x
йигинди
Y - yosh guruhlari orasidagi davr (intyerval). Tug‗ilishning yig‗indi 
koeffitsienti 4,0 dan yuqori bo‗lsa - tug‗ilish darajasi yuqori, 2,15 dan kam bo‗lsa, 
tug‗ilish darajasi past, 2,15-4,0 oralig‗ida bo‗lsa o‗rtacha hisoblanadi. Jamiyat 
taraqqiyoti davomida tug‗ilish tarixiy davrlar va hududlar bo‗yicha muntazam 
o‗zgarib kelgan. 18 asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi deyarli barcha 


83 
davlatlarda tug‗ilish yuqori bo‗lgan. 20 asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa 
tug‗ilish yer kurrasi bo‗ylab kamaya boshladi. 
Odatda 
ko„pchilik 
demografik 
tahlillarda 
tug„ilishning 
yig„indi 
koeffitsientini hisoblashda besh yillik guruhlar hisoblansada, ba‟zi hollarda 35 ta 
bir yillik guruhlar ham olinadi, 15 yoshdagilar guruhi, 16 yoshdagilar guruhi, 17 
yoshdagilar guruhi, 49 yoshdan kattalar guruhi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish