2. Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
3. Sug’urta bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar
Mavzuga aloqador hujjatlar ilova qilingan.
21-Mavzu: Sug’urta bozorining tarkibi, holati va muammolari. Sug’urta bozori o’zi nima?
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo‘ladi hamda ular o‘rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta bozorida ham sotuvchi (sug‘urtalovchi) va xaridor (potensial – to’g’ridan-to’g’ri sug‘urtalanuvchi) ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda. Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. SHu nuqtai nazardan, sug‘urta faoliyatida risklar transferi ham o‘z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Sug’urta bozorini rivojlantirish bizga nega kerak?
Sug’urta xizmatlari iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug’urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Shu bilan birga islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sugʻurta bozorining rolini kuchaytirishni va sugʻurta vositalarini keng qoʻllashni taqozo etmoqda.
Milliy sugʻurta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash, sugʻurta xizmatlarining talab yuqori boʻlgan yangi turlarini joriy etish, isteʼmolchilarning sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ko’rsatilgan vazifalar samarasi o’laroq turli usullardan foydalanilmoqda.