66
4 - MAVZU: AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO
MIQYOSIDA GEOGRAFIK TAFOVUTLARI
Reja:
4.1.
Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari
4.2.
Tug‗ilish jarayonining mintaqaviy jihatlari
4.3.
Aholi o‗limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar
67
4.4.
Aholi o‗limi va hayot davomiyligi
4.1.
Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari
Demografik vaziyat ma‘lum davrdagi ma‘lum hududning demografik holati
bo‗lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi.
Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy
ko‗rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‗zgarishlarni
tahlil etganda uning mutloq va nisbiy ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi
sonining juda yuqori sur‘at bilan ko‗payib, yoki kamayib kyetishi demografik
vaziyatni keskin o‗zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida
aholining sotsial, yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy
mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‗ining
yuqoriligi nikoh va tug‗ilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir etib, aholi sonining
muntazam ko‗payib borishini ta‘minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar
salmog‗ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‗ziga hos ta‘sir etadi. Bunday
vaziyatda aholi tabiiy o‗sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi
va h.k.
Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida
ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning
avlodlarini almashuvi bilan bog‗liq bo‗lgan voqealarning kechishidir. Asosiy –
demografik jarayonlarga tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor
etilishi yoki tugatilishi) kiradi.
68
Demografik jarayonlar o‗z mohiyatiga ko‗ra ikki xil xususiyatga egadirlar.
Birinchisi, tug‗ilish va nikoh bo‗lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson
naslini davom yetishida, aholi sonining ko‗payib borishini ta‘minlovchi-ijobiy
xususiyatga ega bo‗lgan to‗ldiruvchi omillardir. O‗lim va ajralish esa aksincha,
aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta‘sir
etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi.
Demografik jarayonlar ta‘sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik
hodisalar sodir bo‗ladi: ko‗plab chaqaloqlar tug‗iladi, aholining ma‘lum qismi
hayotdan ko‗z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba‘zi
nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko‗chib ketsa, yana bir qismi esa
ko‗chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‗zgarib turadi.
Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo‗lishi muqarrar jarayonlardek ko‗rinadi,
lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‗lishi juda ko‗p sotsial-iqtisodiy omillar bilan
bog‗liqdir.
Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta‘siri, ta‘sir mexanizmi vaqtlar
davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‗zgarib turadi. Natijada,
demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni
o‗rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo
bo‗lishi xususiyatlarini o‗zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida
davrlar formatsiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo
bo‗lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo‗lgan? kabi savollarga
javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida
aniqlanadi.
Demografik tahlilning asosiy vazifasi eng avvalo, demografik jarayonlar
aholi takror barpo bo‗lishi rivojlanishining barcha sifatiy qonuniyatlarini, sotsial-
iqtisodiy shart-sharoitlarini, ma‘lum davrda yoki ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda
demografik jarayonlarga ta‘sir etgan omillar tizimini aniqlashdan iboratdir.
Demografik tahlilda demografik jarayonlarning mutloq (miqdoriy ifodasi) va
69
nisbiy (demografik koeffisientlar) ko‗rsatkichlaridan, demografik statistika,
kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.
BMT tomonidan 1992 yili Rio-de-Janeyroda o‗tkazilgan xalqaro
konfyerensiyada demografik muammoni hal etish har bir davlatning barqaror
rivojlanish dasturining asosiy qismi bo‗lishi kerakligi ta‘kidlangan. Har bir davlat
ichki imkoniyatidan kelib chiqib, o‗sib borayotgan aholisini boqishi, hayoti uchun
zarur shart-sharoit yaratishda o‗zining demografik siyosatini, maqsadi va
vazifalarini belgilab olishi zarur.
Bugungi kunda Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik
mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‗lib, ular ―demografik inqiroz‖ holatidadurlar.
Yevropa bo‗yicha 2017 yilda tug‗ilishning umumiy koeffitsienti (1000 aholiga
nisbatan tug‗ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‗limning umumiy koeffitsienti
(1000 aholigi nisbatan o‗lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining
tabiiy o‗sishi 0,0 ga teng bo‗lgan. Qator davlatlarda esa o‗lganlar soni
tug‗ilganlardan yuqori bo‗lib, aholi sonini kamayishi, ya‘ni aholining qisqargan
takror barpo bo‗lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi
Latviya, Litva, G‗arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi
Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina,
Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda
demografik inqirozning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2017 yil
Rossiya tug‗ilish 13; o‗lim 13; aholining tabiy o‗sishi -0,0 promilleni tashkil etgan
(4.1-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |