Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy muno



Download 30 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi30 Kb.
#69824
Bog'liq
Iqtisodiy tizim


Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari 

Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy muno- 

sabatlar majmuasi  iqtisodiyotni  tashkil  qilish  shakllari,  xo‘jalik 

mexanizmi  va  iqtisodiy  muassasalar  bilan  birgalikda  iqtisodiy 

tizimni tashkil qiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini 

ishlab  chiqaruvchi  kuchlaming  rivojlanish  darajasi  bilan  bog‘lab  tur- 

kumlashga  harakat  qilinadi.  Shu  asosda  dunyodagi  rivoj langan  mam- 

lakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodi­

yot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.

An’anaviy iqtisodiyot 

-  deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan 

tarixiy  tizimdir.  U  hozirgi  davrda  ham  b a’zi  iqtisodiy jihatdan  past 

rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar,  udum- 

larga,  an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. 

An’anaviy  iqtisodiy otda  natural  yoki  may da  tovar  xo‘jaligi  hukm- 

ron  bo‘ladi.  Bu  yerda  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  daromadlami 

taqsimlash  vaqti-vaqti  bilan  o‘matiladigan urf-odatlarga  asoslanadi. 

Merosxo‘rlik  va  sulola  (tabaqa)  shaxslaming  iqtisodiy  roli  yuqori 

bo‘lib,  asosan  ular  hukmronlik  qiladi,  ijtimoiy-iqtisodiy  turg‘unlik 

aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklami joriy qilish kes- 

kin cheklangan, chunki ular ko‘pincha an’analarga zid keladi va ijti­

moiy  tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi.  Iqtisodiy  faoliyatga  nis- 

batan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Bu yerda shuni 

ta’kidlash lozimki,  iqtisodiyot muammosini hal  qilishning bir xil va 

umum tan olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy

89 

o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qa- 



rashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolami hal 

qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim 

ma’muriy-buyruqboz-  

lik iqtisodiyoti 

hisoblanadi.  Bu tizim amalda barcha moddiy resurs­

larga  ijtimoiy,  aniqrog‘i,  davlat  mulkchiligining  hukmronligi  va 

m a’muriy  organlar tomonidan  iqtisodiy  qarorlaming markazlashgan 

tartibda  qabul  qilinishi  bilan  tavsiflanadi.  Foydalanadigan  resurslar­

ning  hajmi,  mahsulotning  tarkibi  va  taqsimlanishi,  ishlab  chiqarishni 

tashkil  qilish  kabilarga  tegishli  barcha  muhim  qarorlar  markaziy 

boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.

Iqtisodiy  taraqqiyotda  muhim  bosqich  hisoblangan  tizim 

bozor  


iqtisodiyoti  tizimidir. 

Bozor  iqtisodiyoti  tizimi  asosan  ikki  bos- 

qichga  egadir.  Birinchisi  erkin  raqobatga  asoslangan  klassik  bozor 

iqtisodiyoti  bo‘lib,  ba’zi  adabiyotlarda  uni  sof kapitalizm  deb  ham 

yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti 

bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.

Erkin  raqobatga  asoslangan  bozor  iqtisodiyoti 

resurslarga 

xususiy  mulkchilik,  iqtisodiy  faoliyatda  va  tadbirkorlikda  erkinlik, 

iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mex- 

anizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqti­

sodiy subyektning xatti-harkati uriing xususiy manfaatiga asoslanadi. 

Ular o ‘zlari qabul qilgan xo‘jalik yechimlari va qarorlari asosida daro- 

madlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu alohida qabul 

qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg‘unlashtiriladi. Raqobat 

sharoitida tovarlaming ishlab  chiqarilishi, resurslarning taklif qilini­

shi shuni bildiradiki,  har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mus- 

taqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yer- 

da  iqtisodiy jarayonlarga  davlatning  aralashuvi  cheklangan  tavsifga 

ega bo‘ladi.  Shu sababli davlatning roli xususiy mulkni himoya qilish 

va  erkin  bozoming  amal  qilishiga  qulay  sharoit  yaratuvchi  huquqiy 

tartiblar o‘matishdan iboratdir.

Hozirgi zamon  bozor  iqtisodiyoti. 

Hozirgi  davrda  real  hayotda 

bozor iqtisodiyoti  sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurla- 

rini  mujassamlashtiradi.  Mulkchilikning har xil  shakllari,  tadbirkor-

90 

likning  turli  yo‘nalishlari  mavjud bo‘ladi,  unda  rejalashtirish,  prog- 



nozlash,  aholini  ijtimoiy  himoyalash  kuchayadi.  Masalan,  AQSH 

iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilar- 

li farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:

birinchidan,  mulkning bir  qismi  davlat  qo‘lida bo‘lib,  u  iqtisodi- 

yotda  faol  rol  o ‘ynaydi.  Bu  iqtisodiyotning  barqarorligi  va  o‘sishi 

uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqar- 

maydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xiz­

matlar bilan ta’minlashda,  daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda 

va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;

ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida 

yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudrat- 

li iqtisodiy tashkilotlar mavjud.

Bu  yerda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  xususiy  mulkchilik va 

bozor tizimiga suyanish,  ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashti­

rish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi  mumkin.  Masalan, 

sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, 

chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodi-yoti qat- 

tiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, 

bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiy­

otida  resurslarga  ijtimoiy  mulkchilik  xos  bo‘lgan  va  bir  vaqtda  iqti­

sodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib 

borilgan.  Shvetsiya  iqtisodiyotida  ham  90%  dan  ortiq  xo‘jalik  faoli- 

yati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqaror- 

likni  ta’minlash  va daromadlami  qayta taqsimlashda  faol  qatnashadi. 

Hozirgi  vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan 

holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi  saqlanib  qolgan 



holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va 

tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish