Nazorat uchun savollar
1.Qishloq xo‘jaligida chorvachilik sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari?
2.Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari?
3.Chorvachilik tarmog‘ini yangi, zamonaviy, yuqori unumli va tejamkor texnikalar bilan ta'minlash choralari?
4.Chet eldan keltirilgan qaramollarni mahalliy sharoitga moslashtirish texnologiyalari?
5.Chet eldan keltirilgan chorva mollarini saralab olish va ular bo‘yicha veterinariya-profilaktika tadbirlarini belgilash xususiyatlari?
6.parrandachilikni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi?
13-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA INNOVATSION FAOLIYAT
1.Agrobiznesda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etish.
2.Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion jarayonlar.
3.Mahsulotlarni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
Tayanch so‘zlar: qayta ishlash, texnologiya, tajriba, eksport, samaradorlik, dastak, chorva, quritilgan meva, konserva.
O‘zbekiston iqtisodiyotining agrasanoati majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimini islox tubdan qilish sharoitida bozor muhitidagi o‘zgarishlarga tezroq moslashadigan yangi boshqaruv tizimlarini barpo etish bilan birga korxonalarda bozorni boshqarish dastaklari va usullarini samarali o‘zlashtiririshini ta'minlash keyingi yillarda respublikamizda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlardagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Tahlillar O‘zbekiston iqtisodiyotida xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini o‘zlashtirayotgan korxonalarning, jumladan paxta tozolash va qayta ishlash sanoati tizimidagi korxonalarning hali bozorni boshqarish dastaklari va usullarini yetarlicha o‘zlashtirmaganligi, ko‘p hollarda eskicha yondashuvlardan voz kecha olmayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa ularning faoliyatiga o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazmoqda. Shu sababli ham, mamlakatda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida turli xil mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarining paydo bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar mahsulotini foydali sotish va taqsimlash hamda shu tariqa foydaning ko‘payishi, investitsiyalarning samaradorligini ta'minlash, korxonaning raqobat mavqyeini mustahkamlash va mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish, asosiy fondlarni yangilash, texnologik qayta jihozlash va boshqa vazifalarni amalga oshirishga tobora ko‘proq ehtiyoj sezayotganligi ma'lum bo‘lmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalar amalga oshirilayotgan sharoitda aholining 60 foizdan ko‘proq aholi qishloq joylarda yashashi va agrar tarmoqda 23 foiz mehnar resurslarining band bo‘lishi tarmoqda etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash muxim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sohaga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish respublika iqtisodiyoti uchun juda zarur. Mamalakatda amalga oshirilgan islohotlarga qaramasdan qishloq joylardagi aholining mahsulotlarini sotib oladigan va ular uchun kerakli tovarlarni etkazib beradigan tizim etarli darajada rivojlanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4406-sonli qarori qishloq xo‘jalik mahsulotlarni qayta ishlash tizimini rivojlantirishga zamin yaratadi.
Qishloq xo‘jaligida qayta ishlash sohalarini texnologik modernizasiya qilish qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar moddiy texnik bazasini zamonaviylashtirish hamda qayta ishlash usul va uslublarini zaman talablari darajasiga etkazish tushunilib, bunda jahon bazoridagi raqobat kurashida bardosh bera oladigan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy usul va uslublar asos qilib olinadi32.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida modernizatsiya qilish mohiyati va uning omillarini aniqlashtirish zaruriyati tug‘iladi. Iqtisodiy adabiyotlarda agrar ishlab chiqarishni qayta ishlash sohalarini texnoligik modernizatsiya qilishning mohiyati maxsulot birligi hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi asosida aniqlanishi qayd etiladi. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlashga quyidagi bir nechta omillar ta'sir ko‘rsatib, ularni 2 ta yirik guruhga ajratish mumkin. Jumladan ijtimoiy – iqtisodiy hamda tashkiliy-huqiqiy omillardir.
Qayta ishlash sohalarining rivojlanishiga, ularning texnologik modernizasiya qilish jarayoniga mahsulot etishtiruvchilar bilan munosabatlari bevosita ta'sir ko‘rsatib, mahsulot etishtiruvchilar va qayta ishlash tarmog‘i ma'sulyati va majburiyatlarini qay darajada bajarishiga, o‘zaro ishonchga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan ammo, hom ashyo bilan o‘z vaqtida ta'minlanmagan karxonada samaradorlik past bo‘lib, texnologiyalarni rivojlantirishdan manfaatdorlikni his qilmaydilar. Va aksincha mahsulot etishtiruvchilarning o‘z vaqtida hom ashyo bilan ta'minlashi, foydani maksimallashtirish maqsadida zamonviy texnologiyalarni jalb qilishga undaydigan omil sanaladi.
Mamlakatda yaratilgan innovasion muhit zamonaviy, yangiliklarning, ixtirolarning yaratilishini moliyalashtirish holati qayta ishlash sohalariga ham bevosita ta'sir ko‘rsatib, mamlakat hududidagi innovasoin loyihalarni moliyalashtirish orqali texnologik modernizasiyalash imkoniyatini paydo qiladi.
Qishloq xo‘jaligida etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlovchi sohalar quyidagilardan iborat bo‘lib, har birining rivojlanish darajasi, moddiy texnik bazasi, texnologik modernizasiya qilish tajriba va amaliy qadamlari hamda har biriga yaratib berilgan imkoniyatlar turlichadir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar quyidagilardan iborat:
paxta tozlash zavodlari;
konserva zavodlari (baliq, go‘sht );
pillani qayta ishlash fabrikalari;
sut va go‘shtni kayta ishlash korxonalari;
Yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalari;
mava sharbatlari, vino, konyak kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavodlar;
junni, kanopni qayta ishlash korxonalari;
shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari;
oziq-ovqat sanoati;
terini qayta ishlash korxonalari;
un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari;
paxtadan trikataj maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi karxonalar va boshqalar kiradi.
Agrosanoat majmuasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi soha murakkab tarkibga ega. Har bir mahsulot turi yoki bir-birini to‘ldiruvchi mahsulotlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligining o‘z korxonalari mavjud. Albatta ayrim mahsulotlarni respublikada chuqur qayta ishlash darajasi yuqori emas.
Respublikamiz hududlarida chorvachilik mahsulotlarini tayyorlash, kiska muddatli saqlash, tashish va qayta ishlash borasidagi texnika, texnologiyalari yetishmasligi bilan birga, ushbu muammolar xal bo‘lishi ham masalani uzil- kesil yechmaydi. Chunki, mahsulotni sotish borasidagi real muammolar bunga tusik bo‘ladi. Shu bois mahsulotlarni «ishlab chiqarish - qayta ishlash sotish» zanjirida sotish va xarid qilishniig samarali mexanizmlarini vujudga keltirish zarur.
Go‘sht va sug mahsulotlari bozori konyunkturasi uzgarishi natijasida eng ko‘pIqtisodiy zarar kurayotgan tomon bu chorvadordir. Chunki aksariyat xollarda bozorlardan (yirik bozorlar) uzokda joylashgan dehkon bozor uzgarishiga tez moslasha olmaydi. Ko‘p xollarda mahsulotni yaqinrok mahalliy bozorlarga olib chikadi va mazkur bozorlarda mahsulot mikdori ortib baxo pasayishidan birinchi navbatda chorvador zarar kuradi. Yoki mahsulotni bozorga chiqarishga umuman imkoni bo‘lmaydi.
Ayni paytda, go‘sht va sut mahsulot- larini iste'molchilarga yetkazish tizimi talablar darajasida shakllanmaganligi bois mahsulot ishlab chikaruvchi xo‘jalqilar, shuningdek, iste'molchilar ham birday zarar kurmokda. Ushbu muammolarni xal etish yunalishlariga e'tibor karatadigan bulsak:
- go‘shg va sut mahsulotlarini dehkondan kichik ulgurjixarid qilishni rivojlantirish, xaridor (foyda olish uchun chakana sotish maqsadida xarid qiluvchi xususiy shaxslar, tadbirkorlar va qayta ishlovchi korxonalar) bilan dehkon va fermer xo‘jaliklari urtasidagi uzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish kattaahamiyatga ega;
- dehkon bozorlari orkali mahsulotlarni sotish va ishlab chikaruvchidan bevosita joyida tuzilgan fyuchers shartnomalari asosida xarid qilish amaliyotini rivojlantirish davr talabiga aylanib bormokda;
- yirik shaxarlarda supermarketlar orkali sut va go‘sht mahsulotlarini sotish bilan birga, jixozlangan sut mahsulotlari sotish dukonlarini tashkil etish lozim;
- zamonaviy saqlash tarmog‘i, muzlatkichlar bilan jixozlangan omborlarga, xizmat kursatish infratuzilmasi va savdo sharoitiga ega bulgan tayyorlovchi va qayta ishlovchi tadbirkorlik sub'ektlarini rivojlantirishni ragbatlantirish dolzarblik kasb etmokda.
- Agarda bozorda shakllangan holatga e'tibor karatadigan bulsak, ko‘p xollarda chakana savdoga olib chikish dehkonda vaqt va imkoniyat yukligi, bozorlar uzokligi sababli transport va bozorda savdo qilish bilan bog‘lik xarajatlar nisbatan Yuqoriligi bois, chakana savdo xisobidan oladigan foyda mikdorining keskin kamayishiga olib keladi. Ayniqsa, sut va sut mahsulotlarining dehkon xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilishi dehkonning xar kuni tayyor mahsulotni bozorga olib chikish imkoniyatini cheklaydi. Sut mahsulotlarining sifati buzilish muddati kun emas, balki soatlar bilan belgilanishi, tashishdagi
murakkabliklar, mahsulotni tayyorlashdagi muammolar ishlab chiqarishning rivojlanishiga tusik, buluvchi muxim masalalardan xisoblanadi.
Bugungi kuda chorvador qayta ishlovchi bilan yaxshi munosabatda emas, ya'ni ko‘p xollarda qayta ishlovchi korxonalar tomonidan maxrulotning nisbagan past baxolarda sotib olinishi, xarid qilish paytida mahsulot sifatini pasaytirib kursatishga urinish, xarid qilingan mahsulot uchun uz vaqtida tulovlar amalga oshmasligi, ayniqsa, dehkonxo‘jaliklari uchun nakd pul bilan savdo qiliщdagi muammolar tufayli qayta ishlovchi korxonalarga bulgan ishonchi pasayib borgan.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi dehkon va fermer xo‘jaliklari bilan go‘sht va sut maxrulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyatiniIqtisodiy boglash hamdamahsulotetishtiruvchilarni ragbatlantirish maqsadida qayta ishlash korxonalari tomonidan mahsulot yetishtirishni muntazam bunaklash mexanizmini ishlab chikish va amaliyotga joriy etish lozim. Bunda mahsulot yetishtiruvchilar chorvadorlarga yil davomida yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan shargnomlar asosida mahsulot kiymatining kamida 50 foizi mikdorida bunaklash maqsadga muvofik.
Do'stlaringiz bilan baham: |