Agrobiznesda innovatsion faoliyat



Download 34,72 Mb.
bet32/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

Nazorat uchun savollar
1.Agrobiznesda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘llari?
2.Dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion jarayonlar?
3. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion jarayonlar?
4.Mahsulotlarni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
5.Respublikada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi?
6. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash holati tahlili?
14-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA INNOVATSION FAOLIYAT
1.Agrobiznesda ichki bozorda mahsulotlarni sotishda innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘nalishlari.
2.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini birja savdosini tashkil etish.
3.Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro innovatsion kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish.
4.Mahsulotlarni eksport qilishda innovatsion faoliyat samaradorligi.


Tayanch so‘zlar: eksport, realizatsiya, import, kooperatsiya, rag‘batlantirish, moliyaviy ko‘mak, qo‘shilgan qiymat zanjir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4239 qarorida Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning eksporti barqarorligini ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan.
2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari, agrologistika komplekslari va markazlari, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari hamda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bunga jami 1,3 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 244,75 million AQSh dollari bo‘lgan (OTBning qarz mablag‘lari - 197,0 mln, O‘zbekistonning ulushi soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, moliyaviy xarajatlarni to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish evaziga 47,75 mln ekv.) “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.
2019 yil 1 avgustdan boshlab moliyaviy ko‘makning yangi mexanizmlari ishga tushiriladi:
birinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • milliy valyutada, qiymati 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, MB qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan qismiga, biroq 5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

  • xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40%i, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;

  • kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;

uchinchidan, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun subsidiyalar va bank kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi. 
Kooperatsiya birlashuvini joriy etishning ijobiy natijalari ommalashtiriladi. Bu yerda qayta ishlash, sotish, ta'minot, bog‘dorchilik, tomorqa, chorvachilik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan a'zolik badallari (paylarni) kiritish asosida tashkil qilingan sub'ektlar sonini oshirish, ularga keng imkoniyat va qo‘shimcha qulayliklar yaratish ustuvor hisoblanadi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi, tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish, kooperatsiya asosida biznesni boshlash va yuritishda yordam beradilar.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuzaga kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xo‘jaliklarining miqdori va ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste'mol bozorini kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta'minlashda ularning hissasi juda kattadir.
Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishida yirik tovar xo‘jaliklari qatorida ko‘p sonli aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi bu sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishga undamoqda.
Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligida yetishtirilishi mahsulot bozoriga xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tayyorlov va sotuv kanallari quyidagilardir:
1.Ishlab chiqaruvchilar – Davlat – Iste'molchilar;
2. Ishlab chiqaruvchilar – Dehqon bozori – Iste'molchilar;
3. Ishlab chiqaruvchilar – Xususiy tadbirkorlar – Dehqon bozori – Iste'molchilar;
4. Ishlab chiqaruvchilar – Vositachilar – Tovar xom ashyo birjalari – Ulgurji (xususiy) tayyorlov tashkilotlari – Chakana savdo – Iste'molchilar;
5. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Ulgurji savdo korxonalari – Chakana savdo – Iste'molchilar;
6. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Chakana savdo – Iste'molchilar.
Dehqon bozorlarida xaridor va sotuvchilarning erkinliklarini ta'minlagan holda, o‘z moddiy-texnika bazasiga (shu jumladan o‘z transporti, saqlash omborxonalari, muzlatgichlari, yopiq vitrinalari) ega bo‘lgan tayyorlov guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bu qilinadigan xarajatlar tez orada o‘zini qoplaydi. Chunki ayni paytda ko‘pchilik savdogarlar mahsulot qoldiqlarini kun yakunida uylariga olib borib, ertangi kunda qaytib bozorga olib keladilar. Yirik shaharlarda to‘la infratuzilma xizmatlari majmuiga ega bo‘lgan ulgurji qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozorini tashkil etilishi va ularning o‘zlari mahsulot tayyorlash, saqlash hamda ulgurji (yoki chakana) savdo bilash shug‘ullanishlari yuqori samara berishi mumkin. Bunday bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash, navlarga ajratish va nostandart tovarlarni qayta ishlashini yo‘lga qo‘yishi ularning samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhim qadoqlash natijasida mahsulotning qayta ishlash va saqlanishi qulaylashadi. Mazkur bozordagi mahsulotni qayta ishlash va boshqa chiqindilarni chorvachilik fermerlariga sotish yoki bozorning yonida o‘z chorvachilik yordamchi xo‘jaliklarini tashkil qilish ham ijobiy samara berishi muqarrardir.
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining realizatsiyasini ulgurji savdo birlarida tuziladigan fyuchers va boshqa shartnomalar orqali amalga oshirilishi samaraliroqligini ko‘rsatmoqda. Bizning mamlakatimizda tovar xom ashyo birjalarida tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotuv hajmlari yil sayin o‘sib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni muomala sohasida yakunlanadi. Shu tufayli uning rivojlanish darajasi xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijalariga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni tasarruf etish va uni iste'molchilarga sotishda mustaqildir deb belgilab qo‘yilgan. Mahsulotlarni sotish yo‘llarini tanlashdagi erkinlik fermerlarga o‘zlarining manfaatlariga mos keluvchi xaridorlarni izlab topish va o‘zaro foydali savdo bitimlarini tuzishga imkon berishi lozim.
Davlat strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik, mahsulotlari-paxta va g‘alla (bug‘doy doni), sholi uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga davlat buyurtmalari beradi.
Davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31dekabrdagi PF-2165-sonli farmoni bilan tashkil etilgan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi .
Davlat buyurtmalari fermer xo‘jaliklari bilan tuziladigan shartnomalar orqali rasmiylashtiriladi. Shartnomani davlat tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob jamg‘armasi”ning tijorat agentlari hisoblanadigan sub'ektlar:
- g‘alla bo‘yicha “O‘zdonmahsulot” Davlat Aksiyadorlik jamiyatining joylaridagi bo‘linmalari;
- paxta bo‘yicha “O‘zpaxtasanoatsotish” Assotsiatsiyasining tumanlardagi paxta tozalash zavodlari orqali rasmiylashtiriladilar.
Jamg‘arma, shuningdek davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot yetishtiruv chi xo‘jaliklarini o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun “Agrobank” OATBni moliya agenti sifatida yollaydi.
Fermer xo‘jaligining mahsulotni realizatsiya qilish bo‘yicha tayyorlov tashkilotlari va boshqa korxonalar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat buyurtmasi asosida mahsulotlarni sotish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari quydagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim :
- davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan mahsulotlar uchun beriladigan imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida berish;
- keyinchalik qisqa muddatli imtiyozli kredit o‘rniga “fyuchers bitimlari” mexanizmini qo‘llash, ya'ni shartnomadagi maqsulot qiymatining 50% ini oldindan, hosilni garovga qo‘ygan holda avans tariqasida berish va undan foydalanishni fermer ixtiyoriga berish.
- g‘allaga belgilanadigan davlat xarid narxlarini bozordagi talab va taklif asosida belgilanadigan muvazanat narxlariga yaqinlashtirish;
-davlat buyurtmasi bo‘yicha hosildorlikni rejalashtirishda yerning amaldagi ball-bonitetiga qat'iy rioya etish.
Paxta va g‘alladan tashqari boshqa mahsulotlarni fermerlar sotishning bir nechta yo‘nalishi mavjud, ya'ni ular mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonaloariga, boshqa muassasalarga, tadbirkorlarga, xususiy korxonalarga yoki bozorda sotishi mumkin.
Hozirda fermerlar mahsulotini asosan tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalariga shuningdek bozorda sotmoqda. Fermerlar uchun mahsulot sotish kanali faqat bitta emas, ular bir vaqtning o‘zida mahsulotning bir qismini tayyorlov tashkilotlariga yoki qayta ishlash korxonalariga bir qismini esa bozorlarda yoki boshqa xaridorlarga sotishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorli fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishiga undamoqda. Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va moddiy texnika ta'minoti sohalarida bo‘lgani kabi mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash shug‘ullanuvchi korxonalar ham ozchilikni tashkil qilib, o‘z mahsulotlarida yakka hokimliklarni (monopoliya mavqyeini) qo‘lga kiritib olganlar. Masalan, deyarli ko‘pchilik tumanlarda paxta, don, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash sohasida 1 tadan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi.
Qishloq joylarida infrastruktura tarmog‘i - savdo-sotiq va tayyorlov tizimi taraqqiy etmagan. Tayyorlovchilar yakkahokimchilik mavqyeidan foydalanib, zimmalariga olingan shartnomalarini bajarmaslik hollarini uchratish mumkin.
Eng yomon tomoni shundaki, sut, sabzavot kabi bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tez buziluvchanligidan ularni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Tumanda ularni qabul qilish va qiluvchi korxonalar yagona ekanligidan, ba'zida mavsumiy paytlarida ularni o‘z vaqtida qabul qilib olishning iloji bo‘lmaydi. Qolaversa, bunday mahsulotlarni uzoq masofadan tashib kelish imkoniyatlari chegaralangan, mahsulot sifati ham buzilishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklari uchun mahsulot sotish yo‘nalishlari ichida bozorlari katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotni bevosita bozorlarda sotishning fermer uchun manfaatli tomonlari ko‘p. Chunki bunda u mahsulotini o‘zi istagan narx bo‘yicha (talab va taklifdan kelib chiqib) sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuning bilan birga bozorda u mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlanishini ta'minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir qismi bu boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-xizmatchilarga ish haqi o‘rniga natura holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi. Hozirgi davrda qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilayotgan mahsulotlar muayyan kanalllar bo‘yicha taqsimlanmoqda va sotilmoqda (14.1- rasm).




Tayyorlash va qayta ishlash korxonalariga shartnoma asosida





Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish