Parvarishlash va o‘stirish davrining texnologik sxemasi
Mollar vaznining o‘sishi
|
Ozuqa turlari
|
Oziqlantirish turlari
|
Kun
|
Ozuqa birli-gi
|
Kuruk modda, kun
|
Almanishuvchi energiya,
MDj
|
Hazmlanuvchi pro-tein,
kun
|
I -davr ( parvarishlash 6-10 oylik) 120 kun
|
Tirik vazni 100-172 kg, o‘rtacha kunlik o‘sish 600
|
Shirali ozuqalar
|
950
|
190
|
238
|
2185
|
13,3
|
Dag‘al ozuqalar
|
398
|
175
|
330
|
2675
|
40,0
|
Konsentrat ozuqalar
|
180
|
162
|
153
|
1800
|
18,0
|
II -davr (o‘stirish 10-17 oylik) 210 kun
|
Tirik vazni 172-350 kg, o‘rtacha kunlik o‘sish 850
|
Shirali ozuqalar
|
2500
|
580
|
625
|
5750
|
35,0
|
Dag‘al ozuqalar
|
945
|
415
|
784
|
6350
|
94,5
|
Konsentrat ozuqalar
|
650
|
585
|
553
|
6500
|
65,0
|
Ishlab chiqarish siklining 1-davrida (parvarishlash) oziqlantirish ratsioni mollarni har kuni 600 grammdan o‘stirishga mo‘ljallangan. Qish faslida ratsionning 36 foizini dag‘al va 30 foizini konsentrat ozuqalar tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik, xususan, qoramolchilik sohasiga ixitsoslashgan fermerlar faoliyati o‘rganilganda, ular juda ko‘p hollarda xorijdan keltirilgan mollardan arz qilayotganlariga guvoh bo‘lish mumkin ularning shikoyatlari qatoriga fermaga xorijdan qimmatbaho zotdor sigirlarni keltirilishi, ammo hech qanday naf ko‘rilmasligi, faqat muammo ustiga muammo degan iboralarini eshtish mumkin. Shu bois sut va go‘sht chorvachiligiga aloqador bo‘lgan fermer xo‘jaliklari unutmasliklari kerak bo‘lgan muhim omil xorijdan keltirilgan zotdor sigirlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishi, ya'ni va'da qilingan 30-40 litr sut berishi, yoki kuniga ma'lum miqdorda semirishi uchun ularni O‘zbekiston iqlim sharoitiga, ba'zida sigirlar yashaydigan mahalliy sharoitga moslashtirish masalasi ustida ham fikr yuritishlari shart.
Bu o‘rinda birinchi masala yorug‘lik omilini hisobga olinishidir. Yorug‘lik hayvonot organizmining bir qator ahamiyatli xususiyatlari va funksiyalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadigan muhim omil hisoblanadi. Uning ta'siri yoritilganlik berilgan organizmning ayrim qismlarida (mahalliy ta'sir) va butun organizmda (asab tizimining o‘zgarishi, moddalar almashuvi va hokazo) namoyon bo‘lishi mumkin. Quyosh nuri spektrining turli qismlari (infraqizildan tortib ultrabinafshagacha) organizmga bir xilda ta'sir qilmaydi. Agar spektrning ko‘rinib turadigan qismlari (asosan qizil) organizmga issiqlik ta'sirini o‘tkazsa, ultrabinafsha qismi (qisqa to‘lqinli) – kuchli kimyoviy ta'sir ko‘rsatadi. Tabiiy quyosh nuri umumiy almashuvni tezlashtirgani holda, hayvonot organizmining yaxshi o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi, uning tonusini oshiradi, sog‘ligini baquvvat qiladi va maqbul bo‘lmagan tashqi ta'sirlarga qarshi chidamliligini mustahkamlaydi. Ayniqsa yorug‘lik nuri rivojlanayotgan yosh chorva mollari uchun alohida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun hayvonlarni yaxshi yoritilgan xonalarda, yozgi-kuzgi mavsumda esa – ochiq havoda, bevosita quyosh nurlari ta'siri ostida boqish lozim (ayniqsa issiq bo‘ladigan yoz kunlaridan tashqari). Hayvonot organizmiga bevosita samarali ta'sirdan (mo‘tadil darajada) tashqari quyosh nuri juda yaxshi dezinfektor hisoblanadi. Quyosh nurlari hayvon terisini, yem-xashakni, yer yuzini yoritar ekan, bir talay mikroblarni nobud qiladi va shu bilan havoni ham, hayvonlarning o‘zini ham, ular yeydigan yem-xashakni ham zararsizlantiradi.
Yuqoridagilardan tashqi muhitning barcha elementlari u yoki bu zotning muayyan iqlimiy-geografik sharoitlarda yangi iqlimga o‘rganish masalasini hal qilganda hisobga olinishi lozimligi kelib chiqadi.
Odatda janubiy hayvonlarni shimoliy hududlarga ko‘chirganda shimoldagi hayvonlarni janubga ko‘chirganga nisbatan osonroq o‘tadi deb hisoblanadi. Tropik iqlimga tushib qolgan chorva mollari hammadan ko‘ra ko‘proq qiynaladi, chunki tashqi haroratning badan haroratiga yaqinlashishi organizm tomonidan salbiy qabul qilingan. Boshqa hududlarda iqlimga o‘rganish jarayoni osonroq kechadi, agar ular bitta izoterma bo‘yicha janubga nisbatan shimolga tomon siljisa.
Hayvonlarni yangi hududlarga ko‘chirayotgan vaqtda (iqlim o‘zgartirishda) ularning vatanidagi hamda ularni joylashtirish mo‘ljallangan hududlardagi tabiiy va xo‘jalik sharoitlarni, shuningdek yangi joylardagi boqish sharoitlarining ular ko‘chirib kelinayotgan joylardagi boqish sharoitlaridan qanday farq qilishini yaxshi bilish lozim. Bunday sharoitlarni solishtirishn osonlashtiradigan qo‘shimcha vosita sifatida tegishli giterogrammlar va klimatogrammalardan foydalanadilar. Bundan tashqari kelib chiqishi bo‘yicha zotlarning turkumlanishi ham mavjud yevropa va Rossiyadagi golshtin-friz va bir qator qora-chipor zotlar umumiy tomirdan-gollandiya zotidan kelib chiqadi, qo‘ng‘ir zotlar-lebedin, alatau, kavkaz zotlari-mahalliy zotlarning shvitslar bilan chatishtirilishidan kelib chiqqan, morfologik alomatlar bo‘yicha (rangi bo‘yicha-qizil, qizil-chipor va ola-qora chorva mollari, cho‘chqalarning oq va qora zotlari), xraniologik xususiyatlar bo‘yicha, dumining shakli va kattaligi bo‘yicha (masalan uzun dumli, kalta dumli, semizdumli, oriq dumli, qo‘ylarning dumbador zotlari), qulog‘ining uzunligi bo‘yicha, cho‘chqalarning uzun quloq va kalta quloq zotlari, jun qoplamasining xarakteri bo‘yicha qo‘ylarning dag‘al junli zotlari va mayin junli zotlariga bo‘linadi. Hatto tashqi morfologik alomatlar bo‘yicha zarur bo‘lgan aniqlikda hayvonlarning genotipi, ularning mahsuldorligi va zotli ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritib bo‘lmaydi, bu alomatlar zotlar tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan va hozirgi paytda ularning ko‘pchiligi bitta zotdagi hayvonlarni boshqa zotdagi hayvonlardan ajratish uchun xizmat qiladi. (masalan rangi).
Iste'mol maqsadida, yoki umumxo‘jalik maqsadlarida boqiladigan hamda aksariyati nasldor bo‘lgan zotlarni ajratiladi. Birinchilariga ko‘pincha aralash zotlar kiritiladi (turli zotdagi hayvonlarni chatishtirishdan hosil bo‘lgan). Ularni, asosan, bevosita xo‘jalikda foydalanish uchun boqishadi (chorvachilik mahsulotlarini olish uchun). Ikkinchi guruhdagi hayvonlar o‘zi ko‘pincha bevosita xo‘jalik maqsadlarida foydalanishi uchun kam yaraydi, biroq boshqa zotlarni yaxshilash yoki iste'mol maqsadidagi zotlarni olish uchun (sanoat usulidagi chatishtirish orqali) ajoyib nasldor material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Misol uchun yilqichilikda toza miniladigan otlar qimmatbaho iste'mol maqsadidagi zotlarga kiradi. Tegishli foydalanish natijasida maxsus maqsad uchun mo‘ljallangan otlar olinadi (xizmatchi miniladigan, ov qilishga mo‘ljallangan), shuningdek iste'mol zotidagi hayvonlarni yaxshilaydilar. Xuddi shunday yo‘l bilan yirik oq zotdagi cho‘chqalar yaqin o‘tmishda iste'mol maqsadida yetishtiriladigan cho‘chqa hisoblangan (cho‘chqa go‘shtini yetishtirish uchun). Ular, asosan, boshqa, kamroq mahsuldor bo‘lgan zotlarni yaxshilash, yoki tegishli boquvdan keyin so‘yiladigan duragaylarni (boshqa zotdagi hayvonlar bilan chatishtirilganda) olish uchun mo‘ljallangan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi jarayonida eng qimmatli zotlar odam tomonidan vaqt talabidan kelib chiqib o‘zgartiriladi. O‘zgargan talablarga javob bermaydigan zotlar esa o‘z ahamiyatini borgan sari yo‘qotib boradi yoki boshqa zotlarga aralashib ketadi. Ularning o‘rniga yangi, yanada yorqin ifodalangan, foydali xususiyatlarga ega bo‘lganlari keladi. Masalan, o‘z paytida otlarning arab zoti XVIII asr oxiri —XIX asr boshlarida o‘zining naslchilik ahamiyatini yo‘qota boshladi, uning o‘rniga esa zotdor miniladigan, orlov yo‘rtoqi va boshqa zotlar paydo bo‘ldi.
Shuni ta'kidlash lozimki, zotlarni iste'mol va naslchilik maqsadlarida boqiladigan zotlarga ajratish shartlidir, chunki har qanday zotni ham yetarli asos bilan iste'molchi yoki nasldor zotga ta'alluqli deyish mumkin. Ko‘pchilik zamonaviy zotlar turli maqsadlarda ishlatiladi. Shunga qaramay, yuqori mahsuldor bo‘lgan zavodda yaratilgan zotlar boshqalarga nisbatan zotlarni yaxshilash va iste'molchi zotlar vakillarini boshqa zotlar bilan chatishtirish orqali iste'molchi podalarni yaratish uchun qo‘llaniladi. Ularni ordinatalar o‘qida joylashtirish uchun havonning o‘rta oylik harorati qo‘llaniladi, abssissalar o‘qida esa–atmosfera yog‘inlarining o‘rta miqdori yoki bitta geografik hududning havo namligi (aytaylik, hayvonlar olib kelinayotgan joyning) hisobga olinadi. Olingan nuqtalar chiziq bilan birlashtiriladi va figura – gitero yoki klimatogramma hosil bo‘ladi. Xuddi shu koordinatalar tizimida boshqa geografik hududdagi o‘sha iqlim elementlarining o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlari belgilanadi (harorat, yog‘inlar miqdori yoki havo namligi), olingan nuqtalar chiziqlar bilan birlashtiriladi (punktir yoki boshqa rangdagi chiziq bilan) va yangi figura olinadi. Olingan figuralarning mos kelish (ustma-ust tushish) yoki kelmaslik darajasi yilning barcha oylarida yoki ayrim fasllarda solishtirilayotgan geografik hududlar iqlim sharoitlarining o‘xshashligi yoki farq qilishini ko‘rsatadi.
Hozirgi paytga kelib alohida zavodda yetishtirilgan zotlarning iqlimga moslashishi va ularni O‘rta Osiyo hamda Qirg‘iziston sharoitidan olib kirish va boqish sharoitlari bo‘yicha katta material to‘plangan. Misol uchun T. F. Tavildarovaning ma'lumotlariga ko‘ra, gollandiya va shvits chorva mollari zotlarida bu hududlarda ko‘pincha yuqori harorat va qonidagi susaygan oksidlovchi ko‘rsatkichlar (gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soni), jun qoplamasi tuzilishining o‘zgarishi, nafas olishi va pulsining tezlashishi, tug‘ish va sut berish qobiliyatining pasayishi kuzatilgan.
Bunda shu narsa aniqlandiki, ba'zi bir hayvonlar yangi sharoitlarga yomon moslashadi, boshqalarining moslashishi deyarli sezilmagan holda kechadi. F. F. Eysner va boshqalarning ma'lumotlariga ko‘ra Qirg‘izistonga Rossiyaning turli hududlaridan olib kiriladigan shvits va kostroma zotlari o‘zini turlicha tutadi. Yanada chala tuzilishga ega bo‘lgan shvits va kostroma zotlarining Qirg‘iziston iqlimiga o‘rganishi xuddi o‘sha zotning yanada chayir, pishiq bo‘y-bastga ega bo‘lgan vakillariga nisbatan qiyinroq kechadi. Qirg‘izistonda yetishtirilgan shvits zoti esa endigina olib kirilgan zotga nisbatan mahalliy tog‘ sharoitlariga ko‘proq moslashgan. Kostroma zotining Qirg‘iziston sharoitlariga moslashishi birinchi yillari uning yuqori mahsuldorligiga ta'sir qildi. Birinchi 5 yil ichida bolalashlarning o‘rtacha soni bu yerga olib kelingan bitta sigir boshiga S. Vsyakix ma'lumotlariga ko‘ra 3,9 ni, xuddi o‘sha zotning Qirg‘iziston sharoitida tug‘ilganlari bo‘yicha esa-4,2 ni tashkil etgan. Ikkita bolalash o‘rtasidagi o‘rta davr esa olib kirilgan zotlar uchun 389 kunni, Qirg‘iziston sharoitida tug‘ilganlar uchun esa — 361 kunni tashkil etdi. Zotdor shvits zotidagi buzoqlarning nobud bo‘lishi «Alamedin» naslchilik xo‘jaligida 3,97 % ni tashkil etgan, birinchi avloddagi duragaylardan tug‘ilganlari uchun esa-2,54 %ni ikkinchi avloddagi duragaylardan tug‘ilganlari-1 % ni va mahalliy qirg‘iz zotidan tug‘ilganlari-0,01 % ni tashkil etdi.
Atrof-muhitdagi sharoitlarning bir oz o‘zgarishi ham ko‘payish tizimiga ta'sir qilishini bir vaqtlar Ch.Darvinning o‘zi ham ta'kidlab o‘tgan. Qaytadan ko‘nikish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hayvonning individual tarzda iqlimga moslashuvi yoshroq davrda yaxshiroq kechadi. Biroq yoshroq hayvonlar boshqa sharoitlarga osonroq ko‘nikishi bilan birga o‘z zotiga xos bo‘y-basti mahsuldorligini tezroq yo‘qotadi. Shuning uchun bunday sharoitlarda eng yosh hayvonlarni emas, balki ozroq yoki ko‘proq shakllangan, biroq o‘zining o‘sishida to‘xtagan hayvonlarni tanlab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jun qoplamasidan ko‘ra teri bezi va teri osti yog‘larining faoliyati ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi (issiqlik almashuvida). Shubhasiz, atrof-muhitning harorati bilan organizmdagi modda almashuvi o‘zaro bog‘liq. Atrof-muhit haroratining muayyan chegaragacha ko‘tarilib borishi hayvon organizmida moddalar almashuvining sekinlashishi bilan, haroratning pasayishi esa, aksincha, modda almashuvining tezlashishi bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar termoregulyasiya bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Havo harorati past bo‘lgan sharoitda namlik yuqori bo‘lishi yosh hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi. Sovuq va nam xonalarda organizmning o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi, organizm yanada zaifroq bo‘lib qoladi, nomaqbul tashqi ta'sirlarga chidamlilik nisbatan pasayadi.
Butun organizm va uning ayrim tana a'zolari hujayralarning himoya funksiyalari harorat muayyan chegaralar ichida o‘zgarib turganida eng maqbul tarzda namoyon bo‘ladi. Muayyan turdagi hayvon uchun odatiy haroratning u yoki bu tomonga sezilarli darajada o‘zgarishi o‘sib borayotgan va katta yoshli qoramol organizmidagi bir qator buzilishlarga sabab bo‘ladi. Issiq iqlim sharoitida issiq haroratga chidamlilik hayvon organizmidagi termoregulyasiya jarayoni, ya'ni issiqlik ter bilan chiqib ketishi bilan bog‘liq. Masalan, otlar issiqlikni badanining tashqi qatlami orqali (terlash) chiqaradi , qo‘ylar esa – nafas organlari orqali, yirik qoramol issiqlikni ham terlash, ham nafas yo‘llaridagi bug‘lanish orqali chiqarib tashlaydi (tezlashgan yuzaki nafas olish vaqtida). Hayvonlarning issiqqa chidamliligi jun qoplamasining xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi (agar jun qisqa va yo‘g‘on bo‘lsa hamda markazi yiriklashgan bo‘lsa, qoplamada dag‘al tuklar ko‘p bo‘lsa hamda kalta yunglar kam bo‘lsa).
Shuningdek, past haroratlarga o‘rganish jun qoplamasining xususiyatlari va fizikaviy termoregulyasiyaning yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq (nafas olish chastotasi). Issiqlik chiqarish sust ifodalangan hayvonlarda muhit harorati pasayganda, past haroratlarga o‘rganish modda almashuvi yuqori bo‘lgan holda kimyoviy termoregulyasiya orqali amalga oshadi.
Otlarning issiqqa o‘rganishi badan haroratining bir oz oshishi, yuzaki qon tomirlarining kengayishida, aylanib turgan qondagi suv miqdorining ko‘payishi, terlashda, ishtahaning tushib ketishida, moddalar almashuvining kamayishi, siydik haydashning kamayishi, umumiy faollikning tushib ketishida namoyon bo‘ladi. Sovuqqa o‘rganish badan haroratining tushib ketishi, yuzaki qon tomirlarining torayishi, aylanayotgan qondagi suv miqdorining kamayishi, siydiq haydashning ko‘payishi, terining siqilishi (badan yuzasining qisqarishi), qaltirash, ishtahaning ochilib ketishi, modda almashuvi va umumiy faollikning oshib ketishida namoyon bo‘ladi.
Tog‘ iqlimining organizmga o‘ziga xos ta'siri faqatgina past atmosfera bosimi bilan emas, balki bir qator boshqa elementlar ya'ni harorat, namlik, havo harakati, yorug‘lik, havoning elektr kuchlanishi (ionlashuvi) va hokazolarda ham bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ iqlimi elementlarining sezilarli keskin o‘zgarishi tufayli hayvonlarning muayyan o‘zgarishlarga moslashuvchanligi oshadi (tashqi muhit o‘zgarishi ularning chiniqishiga ta'sir qiladi). Tog‘ chorvachiligining klassik vakili bo‘lgan Shveytsariyada baquvvat, chiniqqan hayvonlar yetishtiriladi va u yerda epizootiylar yo‘q bo‘lib, yirik shoxli chorva mollarining shvits va simmental kabi zotlari yaratilgan. Ular boshqa zotlarga ko‘ra bizning Shveytsariya sharoitidan anchagina farq qiladigan mamlakatimizning turli joylaridagi iqlimga moslashib ketgan. Mamlakatmizning yuqori tog‘ hududlari ham nasldor chorvachilikni rivojlantirish uchun jalb qilinishi mumkin hamda lozim.
Sut mahsuldorligi nuqtai nazaridan chorvaning golshtin zoti tengi yo‘q hisoblanadi. 2008 yilda golshtin sigirlarining sut mahsuldorligi Kanadada 9700 kg bo‘lgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng yaxshi podalarida sigirlarning sut mahsuldorligi laktatsiya davrida 10000 - 11000 kg yetdi, bunda yog‘ miqdori 3, 6-3, 7% ni tashkil etdi.
AQSh va Kanadaning golshtin zoti uzoq vaqt davom etgan seleksiya mahsulidir. AQSh seleksionerlari va amaliyotchilari o‘zining xo‘jalik-biologik parametrlari bilan yevropa davlatlaridagi ola-qora zotlaridan keskin farq qiladigan sut yo‘nalishidagi qoramol zotini yaratdilar. Amerika-kanada xilidagi sigirlar quruq badan tuzilishi bilan ajralib turadi, ularning balandligi yag‘rinida 146-150 sm ni, tirik vazni - 670-720 kg ni tashkil etadi, ular yelinning yaxshi shakli bilan ajralib turadi.
Hozirgi paytda AQSh va Kanadada golshtin zotining o‘rtacha mahsuldorligi yevropa mamlakatlari va Avstraliyadagi ola-qora sigirlarnikiga nisbatan 1000-1500 kg ga ko‘pdir. Kanada zoti amerikanikidan farq qilib, yanada baquvvat badan tuzilishiga ega, mahsuldor umri uzoqroq davom etadi, sog‘imini ko‘paytirishga erta kirishish mumkinligi bilan ajralib turadi. Birinchi marta bolalagan sigir sutining yog‘lilik darajasi 3,7% bo‘lgani holda, laktatsiya davrida jami 7500 kg dan oshadi. 85-97% sigirlarning yelini vannasimon va kosasimon shaklda bo‘lib, bir tekisda bezlashgan. Ayrim mahsuldor sigirlarning tirik vazni 815-900 kg gacha yetadi.
AQSh va Kanadada ozuqa balansi keng tabiiy yem-xashak manbalaridan foydalanishga, bedani pichanga yetishtirishga, makkajo‘xori, sorgo, soyani silosga yetishtirishga, to‘la qonli, balanslashtirilgan omixta yem va SO‘B ishlab chiqarishga asoslanadi.
Germaniyada hozirgi paytda fermer xo‘jaliklari bo‘yicha o‘rtacha mahsuldorlik yiliga 8000 kg ni tashkil etadi, yag‘rinidagi balandligi 142-144 sm ni, tirik vazni - 600-650 kg ni tashkil etadi. Chorvaning golshtin zoti sut sog‘imi va yog‘liligi bo‘yicha bir necha bor jahonda rekord qo‘ygan.
Biroq ola-qora chorva zoti avlodi doirasida turli mamlakatda boqilgan podalar o‘rtasida sigirlarning turi va sut mahsuldorligi borasida katta farq bor.
Golshtin zoti mahsuldorligining keskin oshib ketishiga, asosan, ikkita omil: sigirlardan intensiv darajada foydalanish (ularning mahsuldorligi bo‘yicha har yilgi brakka chiqarish 25-30%ga, ba'zida esa 50%ga cha yetgan), shuningdek makro va mikroelementlar bo‘yicha balanslashgan konsentratsiyalangan yem bilan boqish sabab bo‘ldi.
Gollandiya va Germaniya ola-qora zotlarining yevropacha turi baquvvat bo‘y-basti, bo‘rdoqiga boqilganda ko‘p go‘sht berishi, suti yog‘liligi bilan ajralib turadi. Zot yaxshilovchi golshtin buqalardan jadal foydalanish natijasida hozirda Germaniyaning ola-qora zoti sut yo‘nalishiga xos xususiyatlari yorqin namoyon bo‘lgani va golshtin zotiga 80-90% qondoshligi bilan ajralib turadi.
Golshtinlarga Niderlanidiyada munosabat o‘zgacha; ularni juda yaxshi ko‘rishadi. Golland zotining golshtinlar bilan chatishtirish borasidagi tajribalar 1970 yilda boshlangan edi. 1974 yildan boshlab, u yerda mahalliy zotlarni yaxshilash uchun golshtin zotidan muvaffaqiyatli foydalanib kelinadi, hozirgi paytda sigirlarning 83% ini golshtin zotli buqalarining urug‘i bilan qochiriladi. Bunday usul natijasida 10 yil ichida sog‘im 1003 kg ga, sut yog‘liligi darajasi 0,09%ga, oqsil miqdori 0,04% ga oshdi. Golshtin qoni hayvonlar tanasi uzunligi va balandligi ko‘rsatkichlari oshishi hisobiga mahalliy zot ekstereri yaxshilandi. Gollandiyada golshtin sigirlarining 50%i Amerikada seleksiya qilingan buqalarining urug‘i bilan 50% qochirtiriladi. 31
Biroq, golshtin zoti qoniqarli ko‘payish xususiyati bilan ajralib turadi. Xorijdan olib kelingan birinchi marta bolalayotgan sigirlar servis-davri o‘rtacha davomiyligi 117,8 ni, ikkinchi marta bolalayotgan sigirlarda 99,3 ni va uchinchi marta bolalayotganlarda 80, 1 kunni tashkil etdi.
Avstraliyalik golshtin chorvasi yevropalik va kanadalik chorva zotlariga nisbatan kichik o‘lchamlari va mahsuldorligi bir oz kamligi bilan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda shu bilan bog‘liqki, Avstraliyada tabiiy o‘tloqlarning yetarli maydonlari mavjud va ulardan yil davomida foydalanish mumkin, shuningdek, bir oz miqdorda aralash yem qo‘shib, fermerlar arzon sutga ega bo‘ladilar va sigirlarning mahsuldorligini laktatsiya davomida 8000-9000 kg gacha yetkazish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi. Golshtin zotining o‘rtacha mahsuldorligi Avstraliyada 6000-6500 kg ni, yag‘rinidagi balandligi 138-140 sm ni, tirik vazni 580-600 kg ni tashkil etadi, garchi ularning salohiyati laktatsiya davomida 8000-9000 kg ni tashkil etsa ham. Bunga Rossiyaning Amur viloyatidagi ba'zi bir xo‘jaliklaridagi chorva mahsuldorligi dalil bo‘ladi. Bu yerda avstraliyalik golshtinlarning mahsuldorligi 8000 kg ni tashkil etadi.
Ikki yashar g‘unajinlar vazni bolalashdan oldin 500-550 kg bo‘ladi, bunda ularning bir sutkalik o‘rtacha semirishi bo‘g‘ozlik davriga kelib bir sutkada 700 g ni tashkil etadi, ular 16 oylik davrida, tirik vazni 360-380 kg ga yetganda sun'iy qochiriladi.
Kanada va yevropa sigirlarining bir sutkalik o‘rtacha semirishi 750-780 g ni tashkil etadi. Ularni sun'iy qochirish ayni o‘sha yoshda, tirik vazni 390-420 kg ga yetganda amalga oshiriladi.
Avstraliya golshtinlari sog‘lomligi va gavda suyaklarining mustahkamligi bilan ajralib turadi, yaxshi nasl qoldirish qobiliyatiga ega: servis-davr ularda birinchi bo‘g‘ozlikda 96 kunni tashkil etadiki, bu Kanada va yevropa sigirlari bilan taqqoslaganda, o‘rta hisobda 21 kunga kam. Ayni hol qisman birinchi laktatsiya davrida mahsuldorlik darajasining nisbatan pastligi (6000-6500 kg atrofida), qisman — sog‘lig‘ining yanada mustahkamligi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 23 mart qarori aksariyat xo‘jaliklarga o‘z podalarining unumdorligi, nasldorligi va iqtisodiy samaradorligini chet eldan, shu jumladan “Nasl-xizmat” orqali golshtin zotiga mansub o‘ta mahsuldor buzoq va g‘unajinlar sotib olish hisobiga sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Ammo ba'zi bir xo‘jaliklar chet eldan olib kelingan chorva mollarda qisirlik foizining yuqoriligi va ular majburiy yaroqsizga chiqarilishi, sotib olingan chorva mollarining mahsuldorligi lozim darajada emasligi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch keldilar. Bu chet eldan golshtin zotiga mansub chorva mollarni import qilishga nisbatan salbiy munosabat paydo bo‘lishiga olib keldi. Yuzaga kelayotgan muammolar nima bilan bog‘liqligini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi va ularni chetlab o‘tish yo‘llarini aniqlash.
Saralab olish bosqichi. Saralab olish paytida chorva mollarning yoshi va tirik vazni inobatga olinishi lozim: boquv va qarov yaxshi bo‘lganda golshtin zotiga mansub buzoqlar 12 oylik davrida vazni 320 kg ga, 18 oylik davrida esa 430-440 kg ga yetishi kerak. Rivojlanishdagi nuqsonlar—elkasining shakliga (osilishlar bo‘lmasligi kerak), oyoqlarini bosishiga, konstitutsiyasiga e'tibor berish zarur. Golshtin zotiga mansub buzoqlarda kallaning yirikligi va suyakning (buqalarga xos) buzuqligi erkaklik gormonlari me'yordan ortiq ekanidan darak beradi. Bunday chorva mollarida jinsiy a'zolarning norasoligi (infantilligi) mavjud bo‘lishi mumkin. Odatda, bunday g‘unajinlar bo‘g‘oz bo‘lsa ham bo‘g‘ozlik davrining 3-6 oylarida bola tashlash yuz beradi. Saralab olish uchun taqdim etilgan hayvonlar orasida bunday g‘unajinlar soni 5-7% ga yetishi mumkin. Chorva mollari ota-onasining nasldorlik guvohnomalarida qayd etilgan mahsuldorlik darajasiga, shuningdek ularni boqish va saqlash sharoitlariga, yuqumli kasalliklarga yo‘liqqan-yo‘liqmagani va boshqa omillarga ham e'tibor berish zarur. Sotib olinayotgan chorva mollarning sifati saralab oluvchilar tajribasi va malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, mutaxassislar chorva mollarni saralab olishga qancha katta mas'uliyat bilan va puxta yondashsalar, olib kelingan hayvonlarda muammolar yuzaga kelishi hollari shuncha kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |