Agrobiznesda innovatsion faoliyat


Biznes va tadbirkorlik o‘rtasidagi farqlar



Download 34,72 Mb.
bet36/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

Biznes va tadbirkorlik o‘rtasidagi farqlar

Biznes

Tadbirkorlik

1. Erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlashga intilish, faoliyatning reproduktiv xarakteri

1. Tashabbuskorlik, uddaburronlik, izlanuvchanlik, ijodkorlik, serg‘ayratlilik

2. Foyda (daromad) keltiradigan ishga ega bo‘lgan shaxs

2. Ishga ega bo‘lgan shaxs

3. Kapitalga egalik

3. Boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmasligi mumkin

4. Menejerlik iqtidoriga ega, doimiylikka intiladi, fikran va hatti-harakatlarda konservator

4. Tavakkalchilikka moyillik, novatorlik, «ilohiy» iqtidorga egalik

5. Kapitaldan daromad olish

5. Tadbirkorlikdan foyda olish

6. Amaliyotda ko‘proq uchraydi

6. Amaliyotda kamroq uchraydi

Ayrim iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikni sinonim tushunchalar deb hisoblashadi. Boshqa iqtisodchilar esa ular o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri anglay oladilar. Garchi ular o‘rtasida «Xitoy devori» bo‘lmasada, biroq ayrim jihatlardagi farqlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.


Biznes va tadbirkorlik sohalari ko‘p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik tadbirkorlik esa yirik biznesga aylanishi mumkin. AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi ko‘plab avtomobil firmalari aynan shu yo‘lni bosib o‘tganlar. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQShda ishbilarmonlar va tadbirkorlar millatning «oltin fondi» hisoblanishi bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida tadbirkorlik ruhining so‘nmasligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Biznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda esa biznesni kichik, o‘rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish hisoblanadi.
Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko‘pchilik to‘g‘ri tushungan va anglagan, chunki ularning asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo‘lga qo‘yish, boshqacha qilib aytganda pul to‘plash yotmaydi, balki o‘ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o‘ylaganday, bizga o‘rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo‘lgan shaxsdir. Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi muvaffaqiyatni ta'minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va me'yorlariga mos kelsa bo‘ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o‘z o‘rnini biznes-rejalarga bo‘shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.
To‘g‘ri ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilishni, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplovchi miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. To‘g‘ri, biznes-reja faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funksional vazifalariga ko‘ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog‘liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi.
Biznes-reja xo‘jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko‘ngildagidek tez kirishib ketgani yo‘q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.
Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmaydi va shuning uchun ko‘p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
G‘arblik iqtisodchi olimlarning o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin. Shu sababli ular o‘z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o‘z biznesi bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslarga yo‘naltiradilar.
Biroq oddiy, aytaylik, non va non mahsulotlari, lak-bo‘yoq materiallari yoki oyoq kiyimi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi hamda yangi qurilish yoki yangi loyihani amalga oshirishni hayoliga ham keltirmaydigan korxonalar bilan nima bo‘ladi? Bu holda biznes-reja kerak bo‘ladimi yoki korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy faoliyat uchun oddiy reja tuzish bilan cheklanib qolaveradimi?
Biznes-rejalarning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga qo‘ymagan holda aytish joizki, bu hujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo‘llanishi sababligina urf-odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek u boshqa korxonalar ham shunday qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak. Biznes-rejani tayyorlash, uning maqsad va vazifalarida aniqlik bo‘lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o‘tilgan V.P. Gruzinovning «Korxona iqtisodiyoti» darsligida ko‘rsatilgan holat kelib chiqishi mumkin: «Korxona biznes-rejasi – yangi korxona yaratishni ko‘zda tutuvchi hujjatdir».
O‘zbekiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80foiz atrofida) xodimlar soni 10 kishidan 50 kishigacha bo‘lgan kichik korxona va mikrofirmalardan iboratligi bilan bog‘liq xususiyatni hisobga olish zarur. Aynan ular biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Shu munosabat bilan tabiiy savol tug‘iladi: bunday korxonalarga zamonaviy darsliklar va G‘arb adabiyotlarida taklif qilinayotgan hamdagi va strukturaviy mazmunli biznes-rejalar kerakmi? Kichik korxonalar yirik korxonalarning biznes-rejalaridan nusxa ko‘chirib olmaydilarmi?
Bizningcha, biznes-reja avvalo yirik korxonalarda va ayrim hollarda o‘rta korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo‘shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta'mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarda o‘zi uchun joy egallash bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan ko‘ra bank muassasalari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o‘z biznes-rejasini nima deb atashining unchalik ahamiyati bo‘lmaydi, bu korxonaning o‘z ixtiyorida bo‘ladi.
Gap shundaki biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo‘la olmaydi, u korxonaning o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘zidan-o‘zi hal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lsada, undan noto‘g‘ri foydalanishda korxona zarar ko‘rishi mumkin. Biroq bu biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan, banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to‘g‘ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ariza olmaslikka harakat qiladilar.
Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o‘zlarining bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat bo‘ladi38.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo‘lish yetarli emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo‘lishi orqasidan e'tibor bilan kuzatishi va ularni o‘z firmasiga
tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud.
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini o‘tkazishni belgilab beradi.
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi:
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo‘yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o‘zgarishiga samarali moslashishni ta'minlash. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi
muhit, bozor, iste'molchi bilan aloqalarida muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak:

  • firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi;

  • tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste'molchiga

  • munosabat, ishga doir aloqalarni olib borish tamoyillari);

  • tashkilotning madaniyati, uning an'analari, ishchi muhit;

  • “sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish.

Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g‘oyatda dolzarb bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta'sir ko‘rsatadi39. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobatdir. Shuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o‘rinlari (bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o‘rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon beradi. Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi.



Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish