19-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT TAVAKKALCHILIGINI BOSHQARISH
1.Innovatsion faoliyatda tavakkalchilik tushunchasi va uning turlari.
2.Agrobiznesda innovatsion faoliyat tavakkalchiligini boshqarish zaruriyati.
3. Innovatsion faoliyatni sug‘urtalash hisobiga tavakkalchilikni kamaytirish imkoniyatlari.
4.Innovatsion faoliyat raqobatbardoshligini oshirish orqali tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari.
Tayanch so‘zlar: tavakkalchilik, zaruriyat, sug‘urta, raqobatbardosh, risk, innovatsion faoliyatni sug‘urtalash.
Iqtisodiy tadbirkorlikni xar kanday turida xam ishlarni amalga oshirish risk bilan bog‘liq va uni tadbirkorlik yoki xo‘jalik risklari deyiladi. Tadbirkorlik yoki xo‘jalik risklari deganda maxsulotni, xizmatni, tovarni ishlab chikarish, uni targ‘ib etish, moliyaviy operatsiyalar, kommersiya, iqtisodiy va ilmiy-texnik proektlar bilan bog‘liq proektlar bilan ishlashni tushunishadi .Ko‘rib chikilgan ish faoliyatlarida material, ishchi, moliya, axbrot (intellektual) resurslari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatilgan resurslarning biron bir kismini yoki barchasini yo‘qotish risklari bilan bog‘liq. Shu bilan tadbirkorlik riski resurslarni yo‘qotish risklari bilan yoki daromadni istalgan darajadagiday to‘lik ololmaslik va resurslarni ushbu ish faoliyatida o‘ylab, akl bilan ishlatish bilan bog‘liq. Aks xolda, tadbirkor pul ko‘rinishida, yoki daromad olomaslik muammolariga katta yo‘qotishlarga duch keladi.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib qilinadigan tadbirkorlik faoliyatidir41.
Tadbirkorlik sub'ekti faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;
2. Ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;
3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;
4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;
5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi tavakkalchilik.
Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uni oldini olish yo‘llarini izlab topish va uning oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.
Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Tavakkalchiliklarni boshqarish jarag‘nida asosiy e'tibor tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashga qaratiladi.
Tavakkalchilikni baholash – tavakkalchilik darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |