Agrobiznesda innovatsion faoliyat


O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijalarini baholash ko‘rsatkichlari tizimi



Download 34,72 Mb.
bet42/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijalarini baholash ko‘rsatkichlari tizimi

O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanish tufayli natijaviylikning dinamik o‘sishini

Innovatsion muhitni baholash (tarmoqdagi korxonalarning innovatsion riskini, salohiyatini va faolligini baholash)




Natija/samarani tavsiflovchi ko‘rsatkichlar guruxi

Innovatsion muxit ko‘rsatkichlari guruhi

Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari.
Innovatsiyaviy texnologiyalardan foydalanish tufayli olingan samarani baholash ko‘rsatkichlari (texnologik, biologik, ijtimoiy va ekologik samaralari)

Tarmoq mahsulotiga bozor narxlarining o‘zgarishini, tarmoqning investitsion jozibadorligini baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar

  • O‘simlikchilik tarmog‘ida 1ta ishlovchiga to‘g‘ri keladigan yalpi hosil (xo‘jaliklarning toifalari bo‘yicha)

  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi (xo‘jaliklarning toifalari bo‘yicha; q/x ekinlari bo‘yicha)

  • O‘simlikchilikda 1 ta ishlovchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik nominal xisoblangan ish xaqi darajasi (ishlovchilarning toifasi bo‘yicha)

  • Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tarmoq mahsulotini ishlab chiqarish (xo‘jaliklarning toifalari bo‘yicha)

  • Tarmoqning sotilgan maxsuloti rentabelligining o‘rtacha darajasi (xo‘jaliklarning toifalari bo‘yicha)




  • Innovatsion tahlika ko‘rsatkichlari:

- tarmoq mahsulotiga qo‘yiladigan narxlarning tarixiy o‘zgaruvchanligi
- tarmoq mahsuloti narxlarining mavsumiy tebranishlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar (q/x ekinlari bo‘yicha; mahsulot maqsadi bo‘yicha)

  • Innovatsion salohiyat ko‘rsatkichlari:

- ekin maydonlarining qayta tiklanishi, tarkibiy takomillashtirilishi yoki kengayishi


- yerlarning melioratsiyasi va boshq. (q/x ekinlari bo‘yicha; mahsulotning maqsadi bo‘yicha)





  • Innovatsion faollik ko‘rsatkichlari:

- tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotni turli kanallar (qayta ishlash korxonalari, ulgurji savdo, bozor, o‘zining savdo shoxobchalari va h.k.) bo‘yicha sotishning ulushi

Tuzatishlarni zarurat tug‘ilganda amalga oshirish mumkin, ko‘rsatkichlar guruhining tarkibi esa ilgarigidek qolaveradi. Bunda natija/samarani tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bilan innovatsion muhitni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi zarur xisoblanadi. Bundan maqsad shuki, innovatsion muhitning innovatsion tahlika, innovatsion salohiyat va innovatsion faolligining o‘zaro ta'sirlanishi natijasida erishilgan samaraga qo‘shadigan amaliy hissasini aks ettirishdir. Ushbu kesimli ko‘rsatkichlardan chuqurlashtirilgan tadqiqotlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin.


O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijalarini baholashda innovatsion muhit guruhidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash o‘simlikchilik tarmog‘i mahsulotini ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarning qanchalik ahamiyatliligidan kelib chiqadi va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatining samaradorligiga ta'sir ko‘rsatadigan omillarini tavsiflash imkonini beradi. Innovatsion muhitning sifati samarali innovatsion siyosatni amalga oshirish, innovatsion faoliyatni motivlashtirish natijasi sifatida hududda innovatsion infratuzilma rivojlanishining ijobiy dinamikasi bilan aniqlanadi.
Ma'lum iqtisodiy vaziyatda tarmoqning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi investitsiyalarni jalb qilishga bog‘liq bo‘ladi va tarmoqning investitsion jozibadorligi pastligi muammosini hal qilish iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida katta ahamiyatga ega. Qo‘pgina olimlar o‘z tadqiqotlarida aynan shu masalaga urg‘u bermoqdalar. Xususan, A.I.Altuxov, V.I.Nechaev oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini hal qilishda investitsion faoliyatni faollashtirish birinchi galdagi vazifa ekanligini ta'kidlagan , V.M.Novikov ham “innovatsion faoliyat investitsion faoliyat bilan uzviy bog‘liq, chunki yangi texnologiyalarni va texnikalarni joriy etish moliyaviy resurslarni talab qiladi” deb hisoblaydi. N.P.Kravchenko esa qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi nav va gibridlarini o‘zlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqish bilan bir qatorda ishlab chiqarish-moliyaviy tahlikalarni hisobga olgan holda tarmoq innovatsiyalarini ishlab chiqishga kiritilgan investitsiyalarning samaradorligini baholash zaruratini asoslagan .
Qishloq xo‘jaligining investitsion jozibadorligi pastligi natijasida qishoq xo‘jaligi tarmoqlarida innovatsion jarayonni rivojlantirishda yuzaga keladigan noqulay vaziyat investitsion tahlikalarga alohida e'tibor qaratishni talab qiladi.
Qishloq xo‘jaligi, jumladan o‘simlikchilik tarmog‘ining investitsion jozibadorligi pastligiga asosiy sabab uning tabiiy-iqlim sharoitiga bog‘liqligidir. Shuningdek, investitsion loyihalarni ruyobga chiqarish muddatlarining uzoqligi ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur muddat o‘simlikchilik tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari (o‘simliklarini yetishtirishning o‘ziga xosliklari)dan kelib chiqqan holda 8 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘p hollarda investitsiyalarning norentabelligi va samara olish muddatlarining cho‘zilib ketishi investitsiya kiritish lozim bo‘lgan boshqa sohalarga yo‘naltirilmaganligi (masalan saqlash omborxonalariga, qayta ishlovchi sexlarga va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning ustiga samara olish har doim ham, hatto salohiyatli, yuqori samara keltiradigan investitsion texnologiyalarni joriy qilingan vaziyatda ham oldindan belgilab qo‘yiladigan omil bo‘la olmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar foydalanishning aniq tashkiliy - iqtisodiy mexanizmining mavjudligiga bog‘liq.
Investorlarga investitsion tahlikani aniqlab beruvchi muxim statistik ko‘rsatkichlardan biri narxlarning o‘zgaruvchanligidir. Ma'lumki, tarmoq mahsuloti narxlari yuqori darajada o‘zgaruvchanligi, jumladan mavsumiy o‘zgarishlari, bozorda narxlarning “xulq-atvorini” oldindan aytib bo‘lmasligidan dalolat beradi va tarmoqning investorlar mablag‘ kiritishi uchun jozibadorligini yanada pasaytiradi.
Taklif etilgan ko‘rsatkichlar tizimi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning umumiy natijaviyligiga baho berish doirasida qo‘llanishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlar tizimini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqdir, chunki hozirgi zamonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning muhim omillaridan biri mahsulotlarning sifatidir. Dala ekinlari mahsulotining sifatini belgilashda uning iste'mol qiymatini ta'minlaydigan turli tabiiy belgilari hisobga olinadi. Masalan, dala ekinlari maxsulotlarini sifatiga baho berishda uning tashqi ko‘rinishi (yirik-maydaligi, shakli, rangi, to‘qimalarining ko‘rinishi), texnik ko‘rsatkichlari (tashishga, qayta ishlashga, zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi va boshq.) va iste'mol qiymati (ta'mi, ozuqaviy qiymati, energetik va biologik darajasi xususiyatlari) e'tiborga olinadi.
Shuningdek, o‘simlikchilik tarmog‘i mahsulotlarining yuqori hosilidan samarali foydalanish muammolarida muhim masala hisoblanmish logistik infratuzilmani hamda yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirishni baholovchi ko‘rsatkichlarni ham qo‘shish mumkin.
Innovatsion muhit kabi ko‘pqirrali tushunchani baholashda esa quyidagi ko‘rsatkichlar ham inobatga olinsa, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni baholash yanada aniq va to‘g‘ri bo‘lur edi:
- biznes va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hamkorlik dasturlarining soni va ro‘yxati;
- innovatsion infratuzilmaning mavjud va yangidan yaratilgan ob'ektlari soni (texnoparklar, innovatsion-texnologik markazlar, biznes-inkubatorlar, texnologiya transferi markazlari i h.k.);
- yuqori texnologik kompaniyalarning fond bozorini shakllantirish (yuksak texnologiyalar “birjasi”ni yaratish), yuqori texnologik kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari savdosi uchun fond bozorining ixtisoslashtirilgan segmentini yaratish imkoniyatlarini baholash;
- innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, innovatsion faol kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini o‘rnatishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ro‘yxati;
- hududiy byudjetga o‘tkaziladigan soliq stavkalarining pasaytirish va soliqlardan ozod qilish ko‘rinishidagi imtiyozlarning mavjudligi;
- ITTKIga davlat va xususiy manbalardan jalb qilingan mablag‘lar hajmi va h.k.
Bugungi kunda jahon bozori kon'yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan davrda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta'minlovchi innovatsiyalarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchga aylanganligini ko‘rsatmoqda.



Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish