Nazorat uchun savollar:
1.Agrobiznesda inovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari?
2.Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish darajasi?
3.Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari?
4. Innovatsion fondlarni qo‘llab quvvatlash fondlari?
5. Moliyaviy lizing shartnomasining muddati?
6.Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga innovatsion faoliyatni moliyalashtirish?
AGROBIZNESDA INOVATSION FAOLIYATNI RAG‘BATLANTIRISH OMILLARI
Innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi.
Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi.
Agrobiznesda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanish.
Innovatsion faoliyatda soliq imtiyozlari.
Agrobiznesda innovatsion faoliyatni qo‘llab quvvatlash jarayoni asosan qo‘yidagi 3 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1.Agrobiznesning innovatsion faoliyati uchun yetarli ishbilarmonlik shart-sharoitlari va muhitini yaratish
2.Tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion faoliyatini bevosita rag‘batlantirish.
3.Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini o‘z vaqtida to‘g‘ri moliyalashtirish
Xukumat tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmi 2 ta tarkibiy qismdan iboratdir:
a) bilvosita rag‘batlantirish
b) bevosita rag‘batlantirish.
Davlatning ilmiy va innovatsion faoliyatni bilvosita qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmi qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish najasida olingan foydadan imtiyozli soliq olish;
Ilmiy tadqiqotlar ixtiyorida bo‘lgan yordamchi va boshqa mulkdan soliq olishni bekor qilish;
Ilmiy ish olib borish uchun xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan buyumlar uchun to‘lovlardan ozod qilish.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni bevosita rag‘batlantirishda davlat tomonidan beriladigan qo‘yidagi imtiyozlar nazarda tutiladi:
Individual ixtirochilar va kichik joriy etish korxonalari uchun foizsiz kreditlar berish;
Imtiyozli soliqlar imkoniyati bo‘lgan venchur innovatsiya foydani yaratish;
Individual ixtirochilar uchun davlat patent to‘lovini kamaytirish;
Resurslarni iqtisod qiluvchi ixtirochilar uchun to‘lov muddatini kechiktirish;
Uskunalarni amartizatsiyasini tezlashtirish huquqini berish;
Texnopark va texnopolis tarmoqlarini yaratish.
Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi:
Ijtimoiy yo‘nalish
Iqtisodiy yo‘nalish
Moliyaviy yo‘nalish
Ilmiy-texnologik yo‘nalish
Huquqiy-siyosiy yo‘nalish
Ijtimoiy yo‘nalishda:
Yangi ish joylarini yaratish;
Kadrlar tayyorlash, qayta o‘qitish va malakalarini oshirish;
Ijtimoiy imtiyozlar yaratish;
Innovatsiya infratuzilmalarini tashkil etish.
Moliyaviy yo‘nalishi:
Byudjet tizimi;
Soliq tizimi;
Kredit tizimi;
Sug‘urta tizimi;
O‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta'minlash;
Xamkorlik va homiylik ko‘rsatish
Iqtisodiy yo‘nalish:
Kichik biznesni tashkil etish;
Biznes rejalar;
Soliq va statistika hisobini yuritishni soddalashtirish;
Tekshirishlarni tartibga solish;
Yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuv;
Eksportni qo‘llab quvvatlash;
Investitsiyalar kiritish.
Ilmiy-texnologik yo‘nalish:
Ilmiy tadiqotlar;
Ilmiy texnologiyalar;
Innovatsiyalarni tijoratlash;
Axbarot resurslardan foydallanish;
Fan –ta'lim- ishlab chiqarish integratsiyasi
Huquqiy –siyosiy yo‘nalish:
Agrobiznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi:
Byudjet tizimi:
Respblika byudjetidan moliyalashtirish
Maxalliy byudjetdan moliyalashtirish
Respublika va xududiy dasturlar orqali moliyalashtirish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Soliq tizimi:
Maxsus soliq tartibi
Soliq imtiyozlari
Soliqdan ozod etish
Soliq hisobotlarini soddalashtirish
Alohida soliq va boj yig‘imlari bo‘yicha dekloratsiyalar
Xorijning ilg‘or va iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadigan bo‘lsak, ular taraqqiyotining asosi innovatsion faoliyatga, tadqiqot va ishlanmalar (Research and Development) bilan shug‘ullanish va ularni tijoratlashtirishni rag‘batlantirishga alohida e'tibor berilganida ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bevosita moliyaviy ko‘mak berish va soliq imtiyozlari shaklida ekanini ko‘rishimiz mumkin. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda soliq preferensiyalari va imtiyozlari orqali rag‘batlantirishning ahamiyati bevosita moliyalashtirishdan ko‘ra muhimroq. Negaki, mazkur rag‘batlantirish uzoq muddatli xarakterga ega bo‘ladi, hamda ular nafaqat innovatsion sektorni, balki boshqa ishlab chiqarishlarni intensiv rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi va butun milliy iqtisodiyotni o‘sishini ta'minlaydi.
Innovatsion faoliyatni soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirishni Xitoy Xalq Respublikasi tajribasida ko‘radigan bo‘lsak, amaldagi qonunchilik innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun soliq solinadigan daromadga nisbatan turli chegirmalar taqdim etadi. Bunda mamlakat innovatsion faoliyat olib borayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yuqori va yangi texnologiyali korxonalar (High and New Technology Enterprises (HNTE)) dasturini amalga oshirmoqda. Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha qonunda belgilangan preferensiyalarga ega bo‘lish uchun, korxona yuqori va yangi texnologiyali maqomiga ega bo‘lishi kerak. XXR “Korxonalardan olinadigan foyda solig‘i to‘g‘risida”gi qonuni (Corporate Income Tax Law of China) 28-moddasiga asosan, yuqori va yangi texnologiyali korxonalarga foyda solig‘i qonunchilikda belgilangan stavkadan 15% kam miqdorda belgilanadi.
Innovatsion faoliyatni soliqlar orqali rag‘batlantirishda Yaponiya davlati katta tajribaga ega bo‘lib, mazkur faoliyatga 1952 yildan e'tibor berib kelingan. Yaponiyada asosan, ilmiy jihozlarga tezlashtirilgan amortizatsiyalash tizimi, chet el texnologiyalarini xarid qilish uchun maxsus imtiyozlar, ilmiy-tadqiqot xarajatlari uchun maxsus chegirmalar ko‘rinishida taqdim etilgan. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarga bo‘lgan maxsus e'tibor tufayli, Yaponiya bugunga kelib dunyoning sanoati rivojlangan davlatlaridan biriga aylangan. Yaponiyaning Global innovatsiya indeksida 14-o‘rinni egallashi ham bejizga emas.
MDH davlatlaridan Belarus Respublikasida innovatsion faoliyatga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Bu mamlakatda innovatsion faoliyat sub'ektlari uchun turli soliq imtiyozlari belgilangan. Masalan, innovatsion tovarlar va yuqori texnologiyali tovarlar realizatsiyasidan olingan foyda yuridik shaxslar uchun olinadigan foyda solig‘idan ozod etilgan. Shuningdek, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, integral mikrosxemalari topologiyasi, ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) bo‘lgan mulkiy huquqlar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilingan.
Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni soliq preferensiyalari va imtiyozlari orqali rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish lozim. Soliq imtiyozlari orqali innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mamlakatdagi innovatsion muhit uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. Innovatsiyalarni soliq imtiyozlari va boshqa rag‘batlantirish vositalari orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatni texnologik va ishlab chiqarishi rivojlangan davlatga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |