2-MAVZU. INNOVATSION FAOLIYATNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Darsning maqsadi: Talabalar qishloq xo‘jalik korxonalaridan fermer, dehqon va shirkat xo‘jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari bilan tanishadilar va qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohatlar va ularni amalga oshirish yo‘llari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni rivojlantirish zarriyati.
2.“Innovatsion faoliyat” to‘g‘risidagi qonunning mazmun va mohiyati.
3.Innovatsiya haqidagi asosiy tushunchalar.
4.Innovatsion faoliyat sub'ektlarining xuquq va majburiyatlari.
5.Qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlarning ilmiy-amaliy asoslari, rivojlanish bosqichlari.
Darsning shakli:Guruhlar taqdimoti(prezentatsiyasi):
Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Izoh: Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi,bo‘rdan foydalanish mumkin.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va uy ishi.
Nazorat uchun test savollari
Innovatsion faoliyat nima
yakunlanmangan ishlanmalarni nihoyasiga yetkazish jarayoni
yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari
yakunlanmagan ilmiy tadqiqotlar natijalarini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o’zlashtirishga yo’naltirilgan jarayon
ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi yoki amaliyotda qo’llanib kelayotgan jarayon
|
Fan-texnika siyosatining muhim yo’nalishi bu ...
milliy xavfsizlikni himoya qilish
yangi texnologiya yaratish
loyihalarni ishlab chiqish
intellektual mulk huquqini himoya qilish
|
Innovatsion loyiha ...
jarayonni takomillashtirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar to’plami
aniq muddatda amalga oshiriladigan to’plam rejasi
kelajakda mahalliy sharoitlarga moslashgan ishlab chiqarish barcha bosqichlarida qo’l keladigan fundamental tadqiqot
yangi g’oyalarni ishlab chiqarishda qo’llash uchun yaratilgan to’plam
|
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati
yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, raqobatbardoshligini oshirish
ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘proq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqish.
fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, moddiy-texnik ta'minot hamda investitsiyalarni tadbirkorlik faoliyati bilan uyg‘unlashtirishda
xorij hamda respublikamizdagi ilg‘or fermer xo‘jaliklarining erishgan yutuqlarini chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish
|
Tejamkor texnologiyasidan foydalanish-
fermer xo‘jaliklarining alohida sohaga ixtisoslashuvini mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligiga mutanosiblashtirish
chorvachilik va naslchilik ishlari, veterinariya va veterinariya-sanitariya yo‘nalishida zamonaviy texnika-texnologiyalarni qo‘llash muammolari yuzasidan keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish
mavjud tabiiy, iqtisodiy, moddiy resurslaridan to‘g‘ri foydalanish orqali mahsulot birligiga kam sarf-xarajat qilgan holda maksimal foyda olishga imkon beradigan mahsulotlar turlarini ma'lum bir mutanosiblikda yetishtirish tushuniladi.
fermer xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yuksak ilmiy saviyada o‘tkazish
|
Ilmiy faoliyatning ilmiy ishlar turlari bo‘yicha turkumlanishi
Fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ilmiy ishlanmalar.
Samaradorlikni oshirish,yangi texnika-texnologiyani yaratish,ilmiy loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish
Fan yo‘nalishlari,ilmiy muammo,ilmiy mavzu,ilmiy masalalar
Nazariy,tajribaviy,(eksperiment)birlamchi va ikkilamchi ma'lumotlarni to‘plashda “dala” hamda kabinet tadqiqotlaridan foydalanish, kuzatish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |