Mavzular
Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish
O’zbekistonda o’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti
O’zbekistonda chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Respublikaning yer-suv fondi va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ulaming iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati, miqdori, turlari, tarkibi va sug‘oriladigan yerlar miqdori va sifatini tahlil qilish, yer-suv munosabatlarining huquqiy asoslarini, yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga oid hukumat chora- tadbirlarining ahamiyatini, yer kadastrining mazmun-mohiyatini, yer- suvdan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda yangi sug‘orish usullarini, texnikalami joriy etishni o‘rgatish. - Respublikaning yer-suv fondi va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ulaming iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati, miqdori, turlari, tarkibi va sug‘oriladigan yerlar miqdori va sifatini tahlil qilish, yer-suv munosabatlarining huquqiy asoslarini, yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga oid hukumat chora- tadbirlarining ahamiyatini, yer kadastrining mazmun-mohiyatini, yer- suvdan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda yangi sug‘orish usullarini, texnikalami joriy etishni o‘rgatish.
- Tayanch iboralar: yer-suv fondi, yer-suv resurslari, sug‘ori[adigan yerlar, yer-suv munosabatlari, yer kadastri, irrigatsiya va melioratsiya, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, almashlab ekish, tuproq unumdorligi, havza usul, suv islohoti.
Respublikaning yer-suv fondi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati - Respublikaning yer-suv fondi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati
- Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asoslaridan biri bu tabiiy resurslardir. Tabiiy resurslaming eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy omili, mehnat yo‘naltirilgan ob‘ekt sifatidagi mehnat predmeti, shuningdek, turli xil mahsulotlaming joylashuv makoni, insonlar uchun turar joy hamda hayvonot va o‘simliklar dunyosining yashashiga mo‘ljallangan mehnat qurolidir. Har bir halq va millat yemi asosiy boyligi sifatida e’tirof etadi, bir nechta shart va omillami birlashtirgan holda qishloq xo‘jaligidagi afzalliklami yer orqaU tavsiflaydi.
- Yer resurslari - bu quruqlik yuzasining jami yig‘indisi bo‘lib, uning tarkibiga boshqa tabiiy ob‘ektlar ham kiritiladi. Bular: o‘rmonlar, o'simlik va boshqa tirik organizmlar, suv ob‘ektlari. Yer resurslarining suv ob'ektlari o‘z ichiga ko‘llar, ko‘lmak va hovuzlar, ariqlami qamrab oladi. Okean, dengizlar va daryolar esa suv resurslari tarkibiga kiradi.
- Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, shuningdek, yer va suv bir-birining mavjudhgini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |