Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda
Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uch yo‘naUsh bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Birinchi yo‘nalish. Qayta qurilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchi yo‘nalish. Respublika suv xo‘jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchiyo‘nalish. Suv xo‘jaligi ob‘ektlarini zamonaviylashtirish.
Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo‘jaligi korxo‘nalari negizida tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklariga suv xizmati ko‘rsatuvchi tuzilmaning bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish, xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko‘payib, suvning hisob-kitobini olib borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida” gi tartib tasdiqlandi.
Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo‘jaliklar hududida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug‘orish tarmog‘i bo‘yicha ulaming “Uyushmasi” tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) zimmasiga xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini bir maromda ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida adolatli suv taqsimotini o‘matish, sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish vazifalari turadi. Shuningdek, ular bir sug'orish tarmog‘ida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilaming ixtiyoriy ravishda birlashgan tashkilotidir.
Suv iste’molchilari uyushmalariga qator imtiyozlar yaratilgan. SnipopsЫ, SlUlari notijorat shaklda faoliyat ko‘rsatgani uchun 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan notijorat tashkilotlariga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. Respubhka Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan suvdan solig‘, foyda va mulk solig'i hisoblanishi vato‘lanishidan 2 yil muddatga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi PF- 3342-Faimoniga asosan suvdan foydalanuvchilar uyushmasining xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad va mulk solig‘ini qo‘shish va to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilingan.
Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suvdan foydalanuvchilarning xohish-irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilotdir.