Agrobiznesda innovatsion faoliyat


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 34,72 Mb.
bet26/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Qishloq xo‘jaligida kimyoviy va biologik vositalardan oqilona foydalanish yo‘llari?
2.Kimyoviy-bioligik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil etish va texnika xavfsizligini ta'minlashning innovatsion texnologiyasi?
3.Xo‘jaliklarida kimyoviy va biologik preparatlardan oqilona foydalanishda ishchi aralashmalarini tayyorlashda tejamkor texnoligiyalarni qo‘llash samaradorligi?
4.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kimyoviy-biologik vositalar yordamida samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘nalishlari?


12-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA INNOVATSION FAOLIYAT
1.Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion faoliyat yo‘nalishlari.
2.Seleksiya va naslchilikda innovatsion texnologiyalar.
3. Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlashda innovatsiyalarning ahamiyati
4. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqishda innovatsion jarayonlar.


Tayanch so‘zlar: ozuqa bazasi, poda xarakati, oziqa ratsioni, qoramol, naslchilik, repraduksiya, silos, karantin, mahsuldorlik.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi chorvachilik tarmog‘ining asosiy yo‘nalishi chorva mollarini yetishtirishdir, lekin zamonaviy bozor iqtisodiyoti tizimi mazkur sohani rivojlantirishga alohida talablarni qo‘ymoqda. Chorvachilik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 46,3 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi.


Shuning uchun ham Respublika aholisining go‘sht mahsulotlari bilan muntazam ta'minlab borishda qishloq xo‘jaligi hayvonlari, parrandalari, baliq va asalarilarni ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda chorvachilik tarmog‘ida nasldorlik hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, seleksiya-naslchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va keng ko‘lamli seleksiya tadbirlarini amalga oshirish muhim vazifalardan sanaladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotganligi, aholiga qo‘shimcha yer maydonlari ajratilganligi, Shuningdek davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilayotganligi tufayli chorva bosh soni ko‘payishiga, buning natijasida ichki iste'mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘yintirishda sezilarli natijalarga erishish kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda servis xizmatlari yo‘nalishini tashkil yetishga doir chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi natijasida chorvachilikni rivojlantirishda ijobiy siljishlar qayd etilmoqda.
Xuddi shunga mutonasib ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-308 sonli qaroriga asosan mamlakatimizda shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda, ya'ni qaror fermer xo‘jaliklarini moddiy texnika bazasini yaxshilash, fuqarolarni mikrokreditlar bilan ta'minlash, axoliga qo‘shimcha yer maydonlari ajratish, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatish bilan birga fermer xo‘jaliklarida chorva mollari bosh sonini ko‘payishiga, ichki istemol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.
Shunga qaramasdan ayni paytda shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qoramollarni boqish va ulardan sut-go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq axolisining bandlik darajasini yuqori ko‘tarish va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapdi. Bundan tashqari chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ish bilan band axoli toifasiga kiritilishi va ularni ijtimoiy muxofaza qilish masalalari to‘liq hal etilmagan. Fermer xo‘jaliklarini yuqori mahsuldor, naslli qoramol zotlari bilan, shuningdek ularni omixta yem va shirali ozuqalar bilan ta'minlash ishlari, fermerlarga zooveterinariya hamda servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmalarini shakllanishi hamda ularga mikrokreditlar ajratish tizimining rivojlanishi zamonaviy bozor talablari darajasida emas.
Shu bois Respublikamiz Prezidenti qarorining asosiy maqsadi aholini, ayniqsa qishloq axolisini ish bilan ta'minlash va shu asosida oilalar daromadini oshirishning muxim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramollar boqayotgan shaxsiy yordamchi va fermer xo‘jaliklari sonini ko‘paytirishni rivojlantirish bo‘lib, ularga zarur xuquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Respublikada chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, ayniqsa naslchilik ishlarini tashkil etishni yaxshilash va ozuqa bazasini mustahkamlashni jadallashtirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhimdir:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari chorvachiligida naslchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, ulardagi sigir va qochirish yoshidagi tanalarni sun'iy urug‘lantirish uchun genetik imkoniyati yuqori bo‘lgan, nasl qiymati bo‘yicha baholangan naslli buqalar urug‘i bilan ta'minlashni jadallashtirish, sun'iy qochirish punktlari sonini ko‘paytirish va ularni malakali mutaxassislar bilan ta'minlab borish, joylarda keng miqyosli bonitirovka tadbirlarini o‘tkazishni kuchaytirish, yuqori mahsuldor sigirlardan “nasl negizi”ni shakllantirishni yaxshilash hamda uni nazoratga olish, sigirlar podasini to‘ldiruvchi yosh mollarni maqsadga muvofiq o‘stirishni tashkil qilish;
- naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda umumiy podaning kamida 45- 50 %-ini eng mahsuldor sigirlar tashkil qilishi kerak va 5-8 % miqdorida naslli buqachalar yetishtiruvchi sigirlar guruhini barpo etish zarur. Bu guruhlardan olingan yosh mollarni maqsadga muvofiq o‘stirishni tashkil qilish muhim tadbirlardan sanaladi.
- naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda sut mahsuldorligi 5000 kilogrammdan kam bo‘lmagan sigirlardan iborat yuqori mahsuldor sigirlar podasini shakllantirib borish va buzoq olishni har 100 bosh ona mol hisobiga 85 boshdan kam bo‘lmasligiga erishish lozim.
- shaxsiy yordamchi,dehqon, fermer xo‘jaliklarida asossiz ravishda urg‘ochi mollarni so‘yilib ketishiga va turli xarajatlar uchun chiqim bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
- chorva mollarini mavjud genetik imkoniyatlaridan samarali foydalanish va uni yanada oshirish uchun mollarni turli ozuqalarga bo‘lgan talabini to‘la qoplash zarur.
- sigirlar sut mahsuldorligini oshishining qariyb 60 %i oziqlantirish omiliga bog‘liqligi ilm–fanda isbotlangan.Shundan kelib chiqib, yil davomida ozuqaga bo‘lgan talab aholi qaramog‘idagi har bir shartli bosh uchun 30 – 35 s\ozuqa birligini, naslli mollar uchun 45–50 s\ozuqa birligini, chetdan keltirilgan zotli mollar uchun esa 55 – 60 s\ozuqa birligini tashkil qiladi.
- ilm–fan va ilg‘or tajriba yutuqlari asosida ozuqabop ekinlar hosildor-ligini har gektar asosiy ekin maydonidan 6–7 tonna ozuqa birligiga, oraliq ekinlardan 4–5 tonna ozuqa birligiga va takroriy ekinlardan 3–4 tonna ozuqa birligiga, jami 8–10 tonna ozuqa birligiga yetkazishni ta'minlash zarur.
- ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirishda serhosil nav va duragaylardan keng foydalanish hamda jadal texnologiyalarnijoriy qilish tavsiya etiladi.
- ozuqabop ekinlarning elita, I – reproduksiyaga mansub ertapishar nav va duraygay urug‘liklarini va oraliq ekinlar urug‘liklarini ko‘paytirib borish dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada Nav – originatorlarida (sohadagi ilmiy tadqiqot institutlar) ozuqabop ekinlarning birlamchi urug‘chiligi faoliyatini kuchaytirish, barcha viloyatlardagi hududiy ozuqabop ekinlar urug‘chiligiga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari moddiy – texnika bazasini mustahkamlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
- asosiy va takroriy maydonlarda ekiladigan makkajo‘xoridan don yetishtirish salmog‘ini oshirish muhim sanaladi.
- qo‘ychilik va echkichilikda seleksiya – naslchilik ishlarini yanada rivoj-lantirish, mavjud qo‘y va echki zotlarini nasl hamda mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirib borish, naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda yuqori mahsuldor seleksiya suruvlarini ko‘paytirib borish, suruvdagi sovliqlar salmog‘ini oshirib borish muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Hozirgi paytda chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirishning asosiy omillaridan biri - bu shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilishdan iboratdir.Bu esa aholini oziq – ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy go‘sht ishlab chiqarish yo‘nalishida quyidagi tizim texnologiyalar qo‘llaniladi:
●birinchisi, maxsus ixtisoslashgan go‘shtchilik xo‘jaliklari yoki go‘shtchilik komplekslari buzoqlarni 20 kunligidan boshlab to 13 oyligiga qadar go‘sh­tga jadal parvarishlash va bo‘rdoqilash texnologiyasi qo‘llash natijasida 400-420 kilogrammga va yuqori semizlik darajasiga yetkaziladi;
●ikkinchisi, go‘sht yetishtirishga mo‘ljallangan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda korxonalar o‘rtacha me'yorda boqilgan 8-10 oylikdagi 150-180 kilogrammli yosh mollar boshqa xo‘jaliklardan sotib olinadi. Ular, 280-300 kg vaznga qadar boqiladi va so‘ngra 90-100 kun mobaynida bo‘rdoqilanib, 380-400 kilogramm vaznga va yuqori semizlik darajasiga yetkazilib go‘shtga topshiriladi;
●uchinchisi, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida bo‘rdoqilash. so‘yish kondinsiyasiga (tirik vazni va semizligi bo‘yicha) yetmagan yosh va yetuk yoshdagi mollar paxta shroti, sheluxasi, kepak, omixta yem, makkajo‘xori yormasi, pichan, somon va xo‘jalik chiqindilari bilan jadal bo‘rdoqilanadi hamda yaylov sharoitida keyingi semirtirish uchun texnologiyasi ham qo‘llaniladi.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jalik korxonalaridagi qoramol zotlari va ularning chatishma avlodlari maxsus go‘sht yetishtirish texnologiyalari asosida parvarishlashda yuqori semizlikga va 380-450 kilogramm vaznga yetadi. So‘yim vazni 200-240 kilog­ramm va so‘yim chiqimi 53-55 foizni tashkil qiladi.
Erkak buzoq va buqachalarni go‘shtga boqish texnologiyasini qo‘llash esa go‘sht ishlab chiqarishning to‘liq sikli davomida amalga oshiriladi. Ya'ni erkak buzoqlar 20 kunligidan boshlab sotib olinib, go‘shtga boqish texnologiyasida 14-18 oyligiga 400-420 kg vazni qadar boqiladi. Sifatli go‘sht yetishtiriladi hamda ozuqalardan samarali foydalanishga erishiladi.
Mavjud texnologiya xo‘jaliklarni ixtisoslashtirish (sut hamda go‘sht yo‘nalishida) asosida joriy etiladi. Go‘sht yo‘nalishiga ixtisoslashgan xo‘jaliklar yoki komplekslar sut yo‘nalishidagi xo‘jaliklardan 20 kunlik sog‘lom erkak buzoqlarni (kelishilgan narxlarda) sotib oladi. Ushbu xo‘jalik yoki komplekslarning sig‘im hajmi 1000-10000 bosh bo‘lishi samarali hisoblana­di. Tuman miqyosida tashkil etilgan go‘shtchilik xo‘jaliklari shu tumandagi dehqon va fermer xo‘jaliklaridan, viloyat miqyosida tashkil etilgan go‘shtchilik komplekslari esa viloyat miqyosidagi sut yo‘nalishidagi xo‘jaliklardan buzoq sotib oladi.
Yosh mollarni go‘shtga parvarishlash va bo‘rdoqilash texnologiyasining asosiy parametrlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

12.1-jadval



Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish