Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston respublikasi markaziy banki boshqaruvining



Download 47,77 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi47,77 Kb.
#221744
  1   2
Bog'liq
2546 27.12.2013




PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

Qarori

Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2546]

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 188-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:

1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi” (ro‘yxat raqami 907, 2000-yil 7-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son);

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 26-dekabrdagi 28/16-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 907-1, 2002-yil 31-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son);

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 6-dekabrdagi 465-2-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 907-2, 2003-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son);

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/15-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 907-3, 2004-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 479-modda);

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 24-iyuldagi 25/1-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 907-4, 2010-yil 6-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 32-son, 273-modda);

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 13-avgustdagi 24/1-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 907-5, 2011-yil 22-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 38-son, 396-modda).

3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV

Toshkent sh.,

2013-yil 23-noyabr,

22/9-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-sonli qaroriga


ILOVA

Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 188-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq, kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibini belgilaydi.



I bob. Umumiy qoidalar

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar (bundan buyon matnda qarz oluvchilar deb yuritiladi) kreditlash obyektlari hisoblanadi.

2. Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

3. Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.

4. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;

aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 18 oy muddatgacha;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 24 oy muddatgacha.

5. Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.

6. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2546-2, 14.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/2546-2/2478-son)

8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

9. Kreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki tijorat bankining “Kredit siyosati”da belgilangan boshqa qarzlarni qaytarish uchun berilishi mumkin emas.

10. Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to‘lashga haqli.

II bob. Kreditlarni rasmiylashtirish

11. Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza;

qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;

qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;



(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)

mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan kredit ta’minoti turlaridan biri.

12. Qarz oluvchilar kredit olish bo‘yicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin.

13. Tijorat banklari qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.

14. Qarz oluvchi bo‘yicha Kredit axborotining davlat reyestri va kredit byurolariga taqdim etilayotgan kredit axboroti ma’lumotlari tijorat bankining kredit yig‘majildidagi kredit axborotiga mos bo‘lishi lozim.

15. Qarz oluvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng, uning arizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi “Arizalarni ro‘yxatga olish kitobi”ga qayd qilinishi hamda bir vaqtning o‘zida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Ma’lumotnoma” berilishi lozim. Bunda “Ma’lumotnoma”ning birinchi qismi tijorat bankida qoldiriladi, ikkinchi qismi esa, qarz oluvchiga taqdim etiladi. Qarz oluvchi “Ma’lumotnoma”ning birinchi qismini uni olganligi to‘g‘risidagi sanani ko‘rsatgan holda imzolaydi, ariza elektron tizim orqali qabul qilingan hollar bundan mustasno.

16. “Ma’lumotnoma”lar tushunarli, to‘g‘ri va aniq ko‘rinadigan holda to‘ldirilishi lozim. “Ma’lumotnoma”dagi yozuvlarni qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

17. Qarz oluvchilarning kredit olish bo‘yicha elektron tizim orqali qabul qilingan arizalari ham “Arizalarni ro‘yxatga olish kitobi”ga qayd qilinadi va arizaga “Elektron qabul qilindi” degan belgi qo‘yiladi. Bir vaqtning o‘zida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan elektron tizim orqali qabul qilinganligi to‘g‘risida elektron shaklda “Ma’lumotnoma” yuboriladi hamda tijorat bankida qolgan “Ma’lumotnoma”ga uning elektron shaklda yuborilganligi to‘g‘risida yozuv kiritiladi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanadi.

18. “Arizalarni ro‘yxatga olish kitobi” va “Ma’lumotnoma” raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va Bosh bank Raisining kreditlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yoki ushbu masala bo‘yicha mas’ul shaxsning imzosi hamda Bosh bankning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

19. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;

tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati;

uchinchi shaxs kafilligi;

qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

20. Tijorat banklari o‘zlari bilan doimiy ravishda aloqaga ega, bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan ta’minot turlaridan birini talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.

21. “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 96-modda) 5-moddasiga muvofiq, har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi bo‘lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talablar, xususan hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar, alimentlar to‘g‘risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.

22. Kredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu kredit bo‘yicha o‘z qiymatining 80 foizi miqdorida garov narsasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Banklar qarz oluvchilar tomonidan kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida taqdim qilingan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.



(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)

23. Kredit bo‘yicha taqdim etilayotgan kafolat kafilning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.

24. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova) 292-moddasiga muvofiq, kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak.

25. Kredit yig‘majildini tahlil qilish paytida tijorat banki tomonidan kredit shartnomasining turli jihatlari, qarz oluvchining kredit tarixi, uning rahbari obro‘si (avvalgi ishlagan joylari, ilgari olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilganligi va boshqalar) baholanadi.

26. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat bankining kredit qo‘mitasi tomonidan ushbu ariza bo‘yicha asoslantirilgan holda qaror qabul qilish muddati uch ish kunidan oshmasligi lozim.

27. Kredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi.

28. Kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, keyingi kundan kechiktirmay tijorat banki rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda kredit hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga farmoyish beriladi va ushbu farmoyishga asosan kredit hisobvarag‘i ochiladi.

III bob. Kreditlash va kreditni so‘ndirish

29. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag‘i ochish va uning to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.



(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)

30. Qarz oluvchiga ajratilgan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 369-modda) tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.

31. Alohida kredit hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular to‘liq so‘ndirilgunga qadar 91901 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari” hamda 91905 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari” balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.

Kredit bo‘yicha garov ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar”, mulklar va mulkiy talablar 94502 — “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)”, kafolat va kafilliklar esa, 94503 — “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar” balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.

32. Kredit bo‘yicha so‘ndirish muddatlari jadval ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Bunda mazkur jadval so‘ndirish pul oqimlari istiqbolidan kelib chiqib tuzilishi lozim.

33. Qarz oluvchining kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘ini undirish uchun mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, qarzdorlik Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) belgilangan tartibda undiriladi. Bunda dastlab kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar, so‘ngra kredit bo‘yicha asosiy qarz so‘ndiriladi.

34. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring o‘tkazadi. Monitoring qarz oluvchining arizasi va kredit shartnomasi shartlarini bajarish uchun yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilishi kerak.

35. Monitoring o‘tkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) bo‘yicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlari, foydasi, aylanma mablag‘lari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi.

36. Monitoring davomida qarz oluvchining faoliyati bilan bog‘liq barcha ijobiy va salbiy holatlar, shuningdek taqdim etilgan garov ta’minotining holati qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.

37. Qurilishni moliyalash uchun berilgan kreditlar bo‘yicha amalga oshiriladigan monitoring jarayonida tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan muddatlar va shartlarda kredit ajratilgan obyektda bajarilgan ishlar hajmining nazoratini amalga oshiradi.

38. Kreditdan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki qarzdorga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.

39. Qarzdor kredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini tijorat banki tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, tijorat banki tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi.

Qarz oluvchining garov ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, tijorat banki mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 23-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.

IV bob. Yakuniy qoida

40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

_______________________

_______________________

(tijorat bankining nomi)

(filialning nomi)


Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish