Mavzu: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallarini yuvuvchi jihozlar tayyorlash tartibi. Reja: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallari
Bog'liq Mavzu Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallarini -fayllar.org
Mavzu: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallarini yuvuvchi jihozlar tayyorlash tartibi. Reja: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallari
Termiz agrotexnologivalar va innovatsion rivojlanish instituti Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish ta'lim yo'nalishi 414-guruh talabasi Musayev Abbosning Issiqxona mahsulotlarini qadoqlash va dastlabki ishlov berish fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallarini yuvuvchi jihozlar tayyorlash tartibi. Reja: 1. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash. 2. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash materiallari. 3.Yuvish jarayoni va yuvish jihozlari
Qadoq idishlari tovarlarning harakatlanishida bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Qadoq idishi tashiladigan mahsulotning saqlanuvchanligini ta’minlashi, transport vositalari va yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishda qo’llaniladigan vositalaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini, hamda mahsulotni sotish va sotib olish bilan birgalikda qadoq idishi iste’molchiga sotib olingan mahsulotni tegishli qo’rinishda yetkazib berishda xizmat qiluvchi ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi xisoblanadi. ishda qulayliklar yaratishi lozimdir.
Eramizdan avvalgi 1500 yil oldin amforalarda zamoniy etiketkalardan qolishmaydigan markirovkalar paydo bo’la boshlagan. Masalan sharob solinadigan amforalar yuzasiga sharobning yoshi, uzumning navi va yetishtirilgan xududi, hamda sharobning turi to’g’risida batafsil ma’lumotlar qayd etilgan. Bunday yangilik oldi – sotti jarayonini soddalashtirgan bo’lib, shu vaqtda markirovka sifatni kafolatlagan bo’lib, bu holat hozirgi kunda ham o’z dolzarbligini saqlab turibdi.
Inson tomonidan ixtiro qilingan eng qadimiy qadoqlash materiallaridan biri shisha hisoblanadi. Undan tarixgacha bo’lgan vaqtlardan buyon oziq – ovqat va boshqa mahsulotlar uchun idish tayyorlangan. SHisha idishlarni yasash 5 ming yil avval qadimgi Misr aholisi tomonidan boshlangan deb hisoblanib, dastavval loy idishlar sirlangan haolda tayyorlanib, so’ngra shisha idishlar ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtirilgan deb hisoblanadi. SHisha butilkalar bilan bir paytning o’zida ularning og’zini maxkamlash uchun tiqinlar (probka) ham paydo bo’la boshladi. Ular turli materiallardan tayyorlangan: daraxt po’stlog’i, loy va h.k.. Bizgacha qadimdan yetib kelgan eng yaxshi tikinlar (probkalar) “probkali” eman po’stlog’idan tayyorlangan.