5-Mavzu: Nutqi umumiy rivojlanmagan bolalar nutqini tekshirish.
Reja:
Nutqi umumiy rivojlanmagan bolalar nutqini tekshirishning o’ziga xosligi.
Tekshirish usullari.
Biz maktabgacha tarbiya yoshdagi 5-6 yoshli nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqini logopedik tekshirishda logoped ota-onalar bilan suxbatni o’tkazdik bolaning tibbiy jixatlari bilan tanishdik. Tekshirishda prof L. R. Mo’minovaning nutqi to’liq rivojlanmagah bolalarni tekshirish metodikasidan foydalandik.
Bolalarni xususiyatlarini yaxshi bilga xolda bolalarga beriladigan topshiriqlar soda tarzda bo’lib bir necha marta takrorlandi.
Topshiriqlar shunday tanlandiki ularning xar biri bo’yicha tekshiruvchi (logoped) dan ikki turdagi javob bir ball gap so’z lug’at boyligi Grammatik va f. f. sujetli voqeabop rasmlar, o’yinchoqlar berilgan (noverbal) so’z ko’rsatmasi asosida ijodiy o’yinlar haqida bayon etish. Ko’rsatma bo’yicha tekshirish jarayonida biz nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni nutq va so’zlashish imkoniyatlarini umumiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlash maqsadida bolalar bilan suxbat o’tkazdik.
Suxbat davomida bolaning qanday javob berishi jumlalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini lug’at boyligi va so’z brikmalarining ishlatilishi gaplarning grammartik va fonematik jixatdan to’g’riligini belgilab bordik. Shu bilan birga nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni aloqaga kirishishi (oson, qiyin, xayiqib) o’yin jarayonida o’z tengdoshlari bilan begona bolalar bilan nutqiy aloqa o’rnata olish uyushqoqligi (tez-tez yoki kamdan kam urushadi) nutqiy aloqaga kirishishida tashabbuskorligi turg’unligi kabi xatolarni ham kuzatdik.
Suxbatni borish tartibi- berilayotgan savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lib suxbat mavzusi bilan yoshiga mos bola tushunarli asosida tuzuladi.
Bizga malumki nutqda nuqsoni bo’lmagan bolalarning ko’pchilik qiusmida fonematik idrokni rivojlanmaganligini kuzatishimiz mumkin.
Buning natijasida bolalarning lug’ati Grammatik tuzulishi so’zlarni tushunish qobiliyati ayniganligini ko’rishimiz mumkin. Biz tekshirganimizda quyidagilardan foydalandik.
Ma’lum tovushlar (l, m, I, ch, t, d) ishtirok etgan so’zlarni aytish (lola, lagan, olma, ilon, igna, it, choy, chigirtka, chelak, tarvuz, ot, televizor, Samarqand, do’lana)
Berilgan rasmlar orasidan (a, o, u,k,m,s) tovushlari bilan boshlanadigan bilan boshlanadigan predmetlarni ajratish va nomlash.
(A - arra, ayiq, asal, ari, albom avtobus)
O - olma, oy, olmaxon olcha, ot
I - ilon, ip, igna, it, in;
K - kosa, kalit, kolbasa;
M - mashina, mix, mushuk;
S - soat, sigir, stol, stul, somsa, sabzi;
3. Artikulyatsion jixatdan bir-biriga oxshash bo’lgan bo’g’inlarni logoped ketidan qaytarish.
Ba-pa, ba-fa, za-sa ga-ka, sha-ja to-po
4. Paronim so’zlarni qaytarish Sim-shim, gul-kul, soch-qoch, kuz-tuz, oz-och, tosh-bosh, sina-zina, bar-par, baxor-naxor
5. Aytilgan malum bir tovushni boshqa tovushlar qatoridan ajratish
-men hozir bir qancha tovushlarni ketma-ket aytilgan sen bu tovushlar ichida “L” tovushini eshitsang chapak chalasan
6. Oppazitsion tovushlar bilan boshlanadigan buyumlarga oid narsalarni ikki guruxga ajratish
-Hozir sen “S” tovushi bilan boshlanadigan rasmlarni o’ng tomonga qo’ygin,
-”Sh” tovushi bilan boshlanadigan rasmlarni esa chap tomonga qo’yib berasan.
Bolalarni fonematik idrokini tekshirish bo’yicha yuqorida keltirib o’tilgan topshiriqlarni quyidagilar asosida baxoladik.
-Topshiriqni to’g’ri bajardi - 4 ball
-Logoped yordamida tayanib o’ylab javob berdi - 3 bal
-Topshiriqni bajarishda xatolarga yo’l qo’ydi -2 ball
-Topshiriqni bajara olmadi - 1 ball
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqi rivojlanmagan bolalarning lug’at boyligini o’rganish faqatgina diagnostik emas balki pragnostik ahamiyatga ega.
Bolalarning lug’at boyligini o’rganishdan maqsad: maktabgacha tarbiya nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning lug’at xolatini bilish, predmetlarni guruxlashtirish prinsiplardan foydalana olishning o’ziga xos tomonlarini o’rganishdan iboratdir.
Suxbat davomida bolalar nutqini diqqat bilan tinglash, bola lug’at boyligi haqida muayyan tasavvur beradi. Shuni inobatga olgan xolda bolalar lug’at boyligini o’rganishda quyidagi usullarni qo’lladik.
1.Rasmda tasvirlangan predmetlarni tanlash va nomini aytish:
Stul, sandiq, soat, sabzi, ko’ylak supurgi, ot, mushuk, olma, bola, yostiq, avtobus.
-Bu nima?
-Bu kim?
-Bunisini nomi nima?
2. Predmetlarni ularni tuzulish xusussiyati sifat belgilarini aytish
-Bu nima?
-Uning rangi qanday?
-Kim ishlatadi?
-Mazasi qanday?
-Uni nima qilamiz?
3. Bir qator narsalarni predmetlarni umumlashtirish.
(olma, o’yinchoq, sabzavot, gullar, xo’l mevalar, idish-tovoqlar, kiyimlar, uy va yovvoyi xayvonlar, transport xashoratlar…..)
Ko’rsatma – rasmda ko’rsatilgan predmetlarni aytib ber.
-Bularning hammasi bir so’z bilan nima deyiladi?
4. Sujetli rasmlardan foydalangan xolda, ko’rsatilgan ish harakatini nomlash.
-Qizcha nima qilyapti? (o’tiribdi, turubdi, ketyapti, samolyotni)
-Qayerga ketyapti? (bog’chaga, uyga, maktabga)
-Bola nima qilmoqchi? (olma termoqchi, uxlamoqchi, yuvinmoqchi)
5. Bolalarning birlik va ko’plik shaklida kelgan ot va fe’llarni tushinishini tekshirish
-Bola nima qilmoqchi
-Bolalar qayerga ketyaptilar?
-Tovuq va jo’jalar nima qilyapti?
-Qizcha nima oldi?
-Bolalar nima qilyapti?
6. Manodosh so’zlar antonimlarini tanlash issiq-sovuq, shirin-achchiq, baland-past yo’g’on-ingichka
7. Og’zaki shaklda berilgan buyruqlarni bajarish uchun quyidagi vazifalar beriladi. Bolalarga rasmlar tarqatilib, bolalar xar xil harakatlarni bajarayotgani tasvirlangan. Bola koptokni ushlab turubdi.
Bola o’tiribdi va xakozo….
-Kel hozir bola nima qilayotgan bo’lsa sen ham shu harakatni bajarasan
-Menga koptokni olib kelib ber?
-Hozir sen nima qilding?
-Qizcha nimani olib qayerga ketyapti?
-O’rdak nima qilyapti?
-Samolyot nima qilyapti?
Kel endi suxbatlashamiz!
-Sen ertalab kim bilan kelding?
-Nima qildilar?
-Kelayotganingda yo’lda imalarni ko’rding?
-O’rtog’ingni ismi nima?
-Uni yaxshi ko’rasanmi? Nima uchun? Boilalar nutqini lug’at boyligi aniqlashga oid topshiriqlarni quyidagiga balli tizimidaifodaladik.
-Topshiriqni to’liq bajardi -4 ball
-Logoped yordamiga tayanib ulab javob beradi -3 ball
-Topshiriqni bajarishda xatolarga yo’l qo’yadi -2 ball
-Topshiriqni bajara olmadi -1 ball
Nutqni to’liq rivojlanmagan bolalar nutqining Grammatik xolatini tekshirish.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqning Grammatik xolatini tekshirish jarayonida bolaga vaziyatli rasmlar ko’rsatilib soda gaplar tuzish va otlarni o’z o’rniga qo’llash so’raldi.
Kelishik qo’shimchalarini to’g’ri talaffuz qilishi. Gaplardagi so’zlarni o’z ornida qo’llash qobiliyatlariga etibor berlib boriladi.
Nutqning Grammatik tuzulishlarini tekshirishda quyidagi Grammatik kategoriyalarga amal qilgan xolda tekshirishni olib boriladi.
-Ot va fe’l
-Birlik va ko’plik qoshimchalari;
-Sodda va qo’shma gaplarni qo’llash;
Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda, quyidagi topshiriqlar asosida nutqda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqning Grammatik tuzulishlarini topshiriqlarni ish jarayonida aniqladik.
-Rasmga qarab yuz bergan xodisa yoki tasavvuri bo’yicha sabablarga javob berishi;
-Rasmga qarab mustaqil ish tutush;
-Gaplardagi eshitgan so’zni qo’yish va uni kelishiklarda to’g’ri qo’llashni tekshirishi kabi metodik usullaridan foydalandik.
1-Topshiriq ko’plik va birlik shakllarida kelgan sh, m so’zlarni tushishi. Bolalarga bitta va bir nechta predmetlar ta’svirlangan kartochkani tarqatib chiqildi.
Birinchi bolada qalam, ikkinchi bolada esa rasmdagi ko’plikdagi kelgan so’zlar bilan nomladilar. Qalam-qalamalar, bo’ri-bo’rilar, daraxt-daraxtlar, olma-olmalar mushuk-mushuklar va xakozo so’zlar. Bolalar ozlarining va o’rtoqlarining rasmlarini ko’rib chiqib logopedik sabablariga javonb beradilar.
Xalima qani aytib bering?
-Sening rasmingda nima tasvirlangan? (olma)
-O’rtog’ingdachi ? (olmalar)
-Sening rasmmingda nima tasvirlangan?
2. Ot turkumidagi so’zlardan kichchiraytirish, erkalatishi so’zlarni xosil quilishi
-Uy-uycha stul-stulcha koptok-koptokcha, ko’ylak-ko’ylakcha,
Ot bilan sifatni bir biriga moslab qo’llash. Logopedik bolalargasadida bolalar bilan suxbat o’tqazdik. Suxbat davomida bolaning qanday javob berishi, jumlalarni to’g’ri yoki noto’g’ri lug’at boyligi va so’z brikmalarining ishlatilishi gapning grmmatik va fonetik jixatdan to’g’riligini belgilab bordik. Shu bilan birga nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning aloqaga kirishi (oson, qiyin, xayiqib)ni o’yin jarayonida o’z tengdoshlari bilan va begona bolalar bilan nutqiy aloqa o’rnata olish urushqoqligi (tez-tez yoki kamdan-kam urushadi) nutqiy aloqaga kirishishda tashabbuskorlikni turg’unligi kabi xolatlarni ham kuzatdik.
Suxbatning borish tartibi- berilayotgan savollar oldindan rejalashtirilayatgan bo’lib suxbat mavzusi bola yoshiga mos, bolaga tushunarli savollar asosida tuzuldi.
Topshiriq soddadan murakkabga qarab xar bir bola savollarga aniq to’liq javob berishini nazorat qilib bordik savollar ketma-ketligi quyidagicha:
-Kel tanishib olamiz
-Mening ismim …..
-Sening isming nima?
-Familiyangni bilasanmi?
-Necha yoshdasan?
-Bu yerga kim bilan kelding?
-Oyingni ismilari nima?
-Senga yaqin bo’lagan kishilar? (aka, ada, buvi)
-Sening ukang bormi? Uning ismi nima?
-Oilangizda eng kattasi kim?
-Oilada nechanchi farzandsan?
-Nonushtada nima yeding?
-Qaysi faslni yoqtirasan?
-Yozda qayerda dam olasan?
-Eng yaqin o’rtog’ing kim:
Agar bola xar bir savolga bir ovoxdan javob bersa, bir necha savollardan so’ng unga qo’shimcha savollar berilasdi.
-“Maktabda, bog’chada, bolalar nima bilan shug’ullanadilar?”
-Nimaga bunday deb o’ylaysan?
-Kim unga yordam berdi?
-Bunday voqea yuz bermasligi uchun nima qilish kerak?
-Bola yaxshi ish qildimi?
-Nima uchun bu rasmni bu yerga qo’yding?
-Nima deb o’ylaysan, bola bu yerdan yurmaganda shu voqea bo’larmidi?
-Shuning uchun to’g’ri yurush kerak. Sen bunday qilmaysanmi?
Bolalarning ketma-ket rasmlarni qo’yishlarini diqqat bian kuzatib yo’naltiruvchi savollar beriladi.
Noto’g’ri savollar to’g’rilab beriladi. Seriyali rasmlarni joylashtirish va hikoya qilib berish topshiriqlarni quyidagi ball tuzulishida ifodaladik.
-Hikoya to’g’ri tuzilgan hikoyaning mazmuni yaxshi yoritib berdi -4 ball
-Hikoya tuza oldi. Hikoyaning mazmunini to’liq ochib bear olmadi -3ball
-Hikoya bayonida chaslkashlikka uchradi mazmunini yoritishda izchillik yo’q-2
-Hikoya tuzib beraolmadi -1 ball
Do'stlaringiz bilan baham: |