Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chikadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulyatsion apparatning noto’g’ri tuzilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulyatsion organlar inervatsiyasining buzilishidan kelib chikadi.
Periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funktsional buzilishlar — bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida xech qanday uzgarishlar bulmaydi. Funktsional xarakterdagi nutq buzilishlariga — dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi.
Adabiyotlar.
Osnovы teorii i pravktiki logopedii. / Pod red. Prof. R.E.Levinoy. _ M, 1968.
Logopediya / Pod. red prof. L.S. Volkovoy. _ M, 1989
T.B.Filicheva, N.A.CHeveleva, G.V.CHirkina. Osnovы logopedii. M , 1989.
Yastrebova A.V. korrektsiya narusheniy rechi u uchaщixsya obsheobrazovatelьnoy shkolыke. 1984.
Bola shaxsining xar tomaonlama rivojlanishida nutq benuxsonligining ahamiyati katta. Chunki nutq kishilar aro aloqa quroli barcha sohalarda qudratli muomila vositasidir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida shunday yozilgan: “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik – tibbiy – pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari qisman yoki to‘la davlat ta’minotida bo‘ladi”1.
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish darkor. Dunyoqarashi keng, sog‘lom ongli insonni tarbiyalash uchun sog‘lom tafakkurni shakllantirish zarur. Mamalakatimizning jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun yoshlarimiz chuqur nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikma-malakalarini ham egallagan bo‘lishlari lozim.
Umumiy va maxsus pedagogikaning asosiy muammosi bolalarda to’g’ri nutqni shakillantirishdir.
Bolalar nutqining maktabgacha tarbiya yoshida shakillantirish o’z ona tilisini egallashda, tevarak atrof bilan tanishishda, shaxs sifatida har tomnlama rivojlanishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Nutq kamchiliklari bolaning ruhiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bola fikr almashishga qiynaladi, bilish faoliyatini ng shakillanish jarayoni orqada qoladi. Bu esa shaxsning har tomonlama to’liq rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Hozirgi kunda bolalarda og’ir nutq buzulishlari dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda va faqatgina nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham qiziqish uyg’otmoqda.
Nutqning normal rivojlanishida bolalar 5 yoshda turli xil murakkkab gap konstruktsiyalardan, yoyiq frazali nutqdan erkin foydalana oladilar. Ular yetarli darajada lug’at boyligiga ega bo’ladilar. Bu vaqtga kelib to’g’ri talaffuz to’la shakillangan, tovushning analiz va sintez qila olishga bolalar tayyor bo’ladilar.
Ammo hamma vaqt ham bu jarayonlar muvofaqiyatli kechmaydi: ba’zi bolalar normal eshitish va aqliy faoliyatga ega bo’lsalarda tilning har bir komponentlari, ya’ni fonetik, leksik va grammatik shakillanishida keskin orqada qolish hollari kuzatiladi. Bu nutq buzulishini birinchi bo’lib R.E.Levina tomonidan aniqlangan va nutqning umumiy rivojlanmaganligi deb belgilangan.
SHuni ta’kidlash kerak-ki, har qanday nutq buzulishlarini tushunish uchun bola nutqning normal rivojlanish yo’llarini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvofaqiyatli shakillanishida katta rolь o’ynovchi sharoitni bilish kerak. Bundan tashqari bola nutqi rivojlanishining har bir davrini bilish zarurdir. Bu esa u yoki bu kamchiliklarni o’z vaqtida sezish va aniqlash uchun kerak bo’ladi.
Nutqning to’liq rivojlanmasligining kamchiligi bo’yicha chet el va rus olimlari nazariy va amaliy tomondan pedagogik psixologik, psixolingvistik lingvistik tomondan o’rganilgan.
O’zbekistonda L. R. Mo’minova (1992) G. Shomaxmudova 1981 E. A. Baboyeva I. G. (1987) Veretikinova (1985) Ayupova M. Yu. (1992) va X. M. Pulatova va boshqalar nutqning to’liq rivojlanmasligini fonetik-fonematik leksik grammatrik tomonlarini rivojlantirishga turli faoliyat va korreksion pedagogik logopedik ta’sir orqali nutqni rivojlantirish yo’llarini o’z tadqiqotlarida ko’rsatganlar.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash, Mehnat vazirliklarining 2015 yil 25 sentyabrdagi 22-mh/36/39-qq-son qarori bilan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktyabrda 2722-raqam bilan ro’yxatga olingan “Umumiy o’rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to’g’risida”gi Nizom talablari asosida ochilishi, Respublika miqyosida 2016-2017 o’quv yili boshlang’ich sinflarda ta’lim olayotgan o’quvchilarning 2371690 nafardan 90153 (3,8%) nafarlarida nutq nuqsonlari aniqlandi. SHulardan :
tovush talaffuzidagi kamchiliklar - 9956 ( 11%)
nutqning to’liq rivojlanmaganligi - 1624 (1,8 %)
nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) - 745 (0,82 %) ham bolalardagi nutq kamchiligi2 aniqlandi.
Masalan, 1 yoshu 4 oylik go’dak bola hali gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so’zlar qachon paydo bo’lishini bilsa, u holda pedagog bola nutqining normal rivojlanayotgan yoki rivojlanmayotganini hal qila oladi.
20 asrning 50 – 60 yillarida R.E.Levina va defektalogiya ilmiy tekshirish institutining bir gurux jamoasi (N.A.Nikoshina, G.A.Kali, L.F.Spirova, G.I.Jarenkova va boshqalar) tomonidan olib borilgan ko’p qirrali tekshirishlar natijasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda nutq buzulishlarining turli formalarida nutqning to’liq rivojlanmaganligining namoyon bo’lishini birinchi marta nazariy jihatdan isbotlab berdilar.
Nutqning to’liq rivojlanmaganligini bolalar nutqq kamchiliklarini murakkab formalarida ya’ni alaliya, shuningdek rinolalaya, dizartriyada kuzatish mumkin.
Nutqning to’liq rivojlanmaganligi – bu intelekti va eshitish qobiliyati normal bo’lgan holda nutq sistemasining hamma komponentlarini shakillanishida kamchiliklar kuzatiladigan murakkab nutq buzulishidir.
Olimlar nutqning to’liq rivojlanmaganligini turli aspektlarda o’rganib kelmoqdalar: psixologo – pedagogik aspektda, R.E.Levina, T.B.Filicheva, L.V.Yastrebova; psixologo-linchvistik aspektda V.K.Orfinskaya, B.M.Grinchipezn; tibbiy – pedagogik aspektda S.S.Lyapidevskiy; klinik aspektda Yu.Ya.florenskaya, Ye.M.mastyukova va boshqalar.
Mualliflarning ko’rsatishicha NTR – homiladorlik vaqtida miningit, entsefalit kasalliklari, alьkogolizm, norkotik moddalarni istemol qilish, bosh miyadan travmalar olish natijasida kelib chiqar ekan. SHu bilan birga NURning kelib chiqish sabablariga erta bolalik yoshida miya va og’ir nafas yo’li kasalliklari bilan kasallanish, tug’ruq vaqtidagi travmalarni ham ko’rsatish mumkin.
Defektning turli tabiatiga qaramay nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda nutq faoliyatining sistemali buzulishini ko’rsatuvchi tipik ko’rinish mavjud. Bu kategoriyaga kiruvchi hamma bolalarda doimo tovush talaffuzining buzulishi, fonematik idrokning shakillanmaganligi, lug’at boyligining chegaralanganligi va grammatik o’urulishning shakillanishida yaqqol orqada qolish kuzatiladi. Bunday bolalarda nutqning kech rivojlanishi kuzatiladi: birinsi so’zlar 3-4 yoshida, ba’zi hollarda 5 yoshida paydo bo’ladi.
Nutq grammatik jihatdan noto’g’ri tuzilgan, talaffuz yetarlicha shakillanmagan bo’ladi. Bu bolalarning nutqi tushunarsiz bo’ladi.
Nutq faoliyatidagi kamchiliklar bolalarning sensor, intektual va affektiv iroda sferasining shakillanishiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Diqqatning yetarlicha turg’un emasligi, bola imkoniyatlarining taqsimlanishining chegaralanganligi ko’zga tashlanadi. Mazmunli, logik xotira qisman saqlangan holda bolalarda verbal xotira, eslab qolish sifati susaygan bo’ladi.
Ular vazifalarning ketma-ketligini, murakkab instruktsiya va elementlarni tez esdan chiqarishadi.
Nutq buzulishi ruhiy rivojlanishning boshqa tomonlari bilan bog’liqligi tafakkurning o’ziga xos maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi. Bolalar yoshlariga mos fikrlash operatsiyalarini o’zlarida saqlagan holda logik tafakkurning rivojlanishida orqada qolishadi, maxsus ta’limsiz analiz va sintez qilishni, solishtirish va umumlashtirishni qiyinchilik bilan egallaydilar.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarga xarakat sferasi rivojlanishining orqada qolish xos bo’lib, xarakatlar kordenatsiyasining yomonligi, belgilangan xarakatni ishonchsizlik bilan sekin va uquvsizlik bilan bajarishi xarakterlidir. Ayniqsa og’zaki berilgan instruktsiya bo’yicha vazifalarni bajarishda katta qiyinchiliklarga uchrashadi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar xarakatini rivojlanishi o’z tengdoshlariga nisbatan orqada qolgan bo’ladi. Xarakatlarni ketma-ket bajara olmaydilar. Bunday bolalar koptokni bir qo’llaridan ikkinchi qo’llariga o’tkazishda, polga urib, ilib olishda, ma’lum oraliqdagi o’rtoqlariga koptokni otishda qiynaladilar yoki bu vazifani bajara olmaydilar. Bir oyoqda tura olmaydilar, sakray olmaydilar, muzika ostida ritmik xarakat qilishda qiynaladilar. Qo’l, barmoq xarakatlari xamda mayda qo’l matorikasi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Xarakatlar juda sust, bir xarakatdan ikkinchi xarakatga o’tish qiyin bo’ladi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni xuddi shu nutq kamchiligiga o’xshash ya’ni vaqtincha nutq rivojlanishi orqada qolgan bolalardan ajrata bilish lozim. Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda kundalik – so’zlashuv nutqini tushunish, o’yin faoliyatiga qiziqish, tevarak atrofga bo’lgan munosabat o’z vaqtida rivrjlangan bo’ladi.
Diagnostik belgilardan biri nutq va ruhiy rivojlanish o’rtasidagi disotsiatsiyaga xizmat qilishi mumkin. Bunday bolalarning ruxiy rivojlanishi nutq rivojlanishiga nisbatan muvofaqiyatli kechadi. Ular nutq kamchiliklariga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qaraydilar. Birlamchi nutq buzulishlari aqliy qobiliyatni shakillanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqning to’liq rivojlanmaganligini nutq rivojlanishini ortda qolishidan farq qilish uchun boladagi nutq malakalarini chuqur analiz qilish va bola anamnezini o’rganish kerak.
Nutqiy rivojlanish ortda qolgan bolalar nutqidagi nutqiy kamchiliklar nutqning to’liq rivojlanmaganligidan o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bunday bolalar ko’plik qo’shimchalarini, kelishik qo’shimchalarini o’z nutqlarida to’g’ri qo’llay olmaydi. Bunday bolalarda nutq malakalari normaga nisbatan orqada qolgan bo’ladi.
Levina R.E (1969) va uning hamkasabalari NTRni uch darajaga bo’ladilar va uni ilmiy jihatdan isbotlab beradilar.
NTR alaliya, dizartriya, rinolaliya va duduqlanish kabi nutq buzulishlarida ikkilamchi nutq buzulishi sifatida namoyon bo’ladi.
NUR hamma darajalari maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.
Bolalarda eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri nutqning to‘liq rivojlanmasligidir.
Bunday nutq kamchiligiga uchragan bolalar nutqi o‘ziga xosligi bilan boshqa nutq kamchiliklar farq qiladi. Ushbu nutq buzilishlari bilan shug‘ullangan chet el va rus olimlari nutq buzilishlarini turli yo‘nalishlarda ko‘rib chiqqanlar. Masalan Psixologik- pedagogik tomondan R.E. Levina; psixologik – lingivistik (V.K. Orfinskaya, Ye.F. Sobotovich, V.A. Kovshikov) (16); Tibbiy pedagogik S.S. Lyapidevskiy; Ye.M. Mastyukova (16)va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish usullari yuzasidan L.R. Mo‘minova 1991 y. o‘z tadqiqotlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmasligini bartaraf etishning korreksion-pedagogik asoslarini ishlab chiqdilar. M.Yu. Ayupova (1992y.) “Maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘zbek bolalarida fonetik-fonematik kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llari” X.M. Po‘latova (1994 y.) “Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutq faoliyatini faollashtirish”; Ye.A. Babaeva (1991 y.) Nutqining to‘liq rivojlanmasligini blingivizm ya’ni ikki tillilik asosida kelib chiqishini o‘z tadqiqotlarida asoslab berganlar.R. E. Levina (1961) va G. I. Jarekkova (1967) olib borgan tekshirishlar natijasida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar nutq buzulishlarining turli formalaridagi nutqi to’liq rivojlanmaganligining nomoyon bo’lishini isbotlab berdilar.
Nutqning to’liq shakllanmasligi bola rivojlanishiga, oily psixik jarayonga ta’sir korsatuvchi omil ekanligiga etiborlarini qaratdilar. Bolalarga sistemali yondashish nuqsonlarning xar xil shakllariga va nutq sistemasini tuzulishiga bog’liqligiga amin bo’ldilar.
R. E. Levina (1961) nutqi to’liq rivojlanmagan nutq buzulishlariga ega bolalarning o’ziga xos rivojlanishi haqidagi fikr bildiradi. Nutqning to’liq rivojlanmaganligiga quyidagicha tarif keltiradi “Nutqning to’liq rivojlanmaganligi-deganda eshitish va nutqning normada bo’lgan bolalarda nutqning barcha kompanentlarining nutqning fonetik fonematik leksik va Grammatik tomoni buzilganligi bilan ifodalanadigan murakkab nutq buzulishlaridir.
R. E. Levina (1969) ontogenezsning turli bosqichlarida fakultatif ta’lim sifatida nutqni shakllanishini qayta taxlil qilib oily funksiyalar va ularning rivojlanishidagi qarama qarshiliklarni o’rganish imkoniyatlarini ochib berdi.
Bir qator tekshirishlarda bolalarda nutqning umumiy ririvojlanmaganligi masalasining turli tomonlaridan biri ko’proq yoritildi.
Masalan nutqi rivojlanmaganligi bolalarning nutqini tovushlar talaffuzi bo’g’in sturuktura sistemasini o’zlashtirishlari R. E. 1969 G. A. Kashe A. K. Markova O. N. Usanova va boshqalarning ishlarida yoritilgan (1968 1970 1983)
R. E. Levina va shogirdlari (1961) yil L. S. Vigotskiyning (1951, 61) yilgi “Nutq va tafakkur” haqidagi talimotiga asoslanib nutqni 3 tarkibiy qismiga bo’lib fonetik fonematik, leksik-grammatik nutqqa ajratib o’rganishini tavsiya etadi. Ana shu uchala qism kishining yaxlit nutq sistemasining xar xil darajada rivojlanishi isbotladi. Xorijiy mualliflar orasida bolalarning talaffuzdagi bo’ladigan kamchiliklarni baratraf etish tovush o’zlashtirishlarini rivojlantirish bo’yicha Ch. Rayner (1964) va boshqalar muhim o’rin tutdi. M. A. Aleksandrvskaya (1965) bolalarda fonematik eshituvni shakllantirib yo’llarini ochib berdi. Bunda bolalarga tovushlar tahlilini o’rgatish va korreksion ishlar xal qiluvchi rolo’ynahsni bayon qiladi. Muallifning fikricha tovushlar talaffuzdagi kamchiliklarnig ko’p foizi maktabgacha yoshdagi bolalarda ham kuzatiladi.
So’ngi davrlarda nutqning to’liq rivojlanmaganligi o’rganishidagi muaffaqiyatlarini tadqiqotchilarning o’z faoliyatlarida nuqson tahliliga xar tomonlama sindromal yondashuv metadologiyasiga ko’proq tayanganliklari sababli erishilgan. Bunday o’rganilishning psixolingvistik asnenti birinchilardan xisoblanadi va bu E. F. Sobotovich (1984) V. A. Kovshikov, B. M. Grinshpuk va boshqa tadqiqotchilar ishida ifodalangan. Biroq V. K. Orfinckaya so’zlari bo’yicha o’tgan davrlardan farqli o’laroq nitqning to’liq rivojlanmaganligini o’rgangan tadqiqotchilar orasida umum qabul qilingan qoidalarga qaraganda mulozarali masalalar va ziddiyatlar ko’proq bo’lgan . Nutqning to’liq rivojlanmaganligi asosida yotuvchi psixofizioogik mexanizmlarni kuzatuvchanlik va tormozlanish jarayonlarining inertligini bosh miya po’stlog’i to’qimalarning yuqori funksional zaiflanuvchanligida ko’rsatiladi. I. K. Samolyov (1952) tadqiqotchilar miya po’stlog’ida qo’zg’atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentrasiyasining yetishmasligining aniqladilar.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda miyaning elektr faoliyatining o’rganish jarayoni ko’pincha chakka tepa ensa sohalarida peshona- chakka va dominant yarim sharning chekka shoxlarida biorentsionallarning aniq loqal o’zgarishlarini aniqlab berdi. L. A. Belagrud (1971) A. I. Lidenbauk (1971) va boshqa tadqiqotchilar nutqining to’liq rivojlanmaganlik tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga barcha nutqning yo’qlik xolatining uning kech shakllangan qurilmalarini kiritadilar. Ular nutqning to’liq rivojlanmaganligining nutqning nevrologik yo’qligi muntazam demensiya shezafreniyada nutqning yo’qligi eshitishning pasayishi va algofreniyada farqlab ko’rsatadilar. K. P. Bekkor M. Savok (1981) nutq rivojlanmaganlik suratida biologik ijtimoiy sabalar endi ularning qobiliyatsizligining ustunligi bilan bog’liq komponentlarini ajratidalar. Tadqiqotchilar fikricha ilgari nomlanivchi eshitish– edavlik mator krestipshik buzulishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan o’ziga xos harakatlarga ega nutq rivojlanishining kechikishi nomoyon bo’ladi. R. E. Levina (1951) buzulishini psixologik turini tavsiya etadi. Bunda bolalarni guruxlarga ajratadi. To’liqsiz eshituv idroki bilan (fonematik) ko’rish idroki buzulmasligi bilan. Predmetli va psixik faolligini buzulganligi bilan. I. T. Lisina V. V. Yurtaykiyring (1981) takidlashicha bunday bolalarning nutqiy faoliyatining tashkil qiluvchi sturukturali tarkibiy qismlar orasida dissatsatsiya aniqlangan: bir xillarda operatsion imkoniyatlarning saqlanganlik xolatida maqsadli ko’rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud: boshqalarga yetarlicha to’g’ri motivatsiyaning mavjudligida faoliyatining bir qaror yetishmovchiligi mavjuddir bu muammoga samaraviy psixologik vistik yondashish til konsepsiyasidaaks ettirilgan. E. F. Sobotivich V. A. Kovshikov B. M. Trushpin V. K. Varobeva. Psixologik-pedagogik jixatdan yondashgan ishlarda (R. E. Levina V. K. Orfinskaya A. K. Markova E. T. Florenskaya V. A. Menashina E. F. Sobotivich S. A. Usanov) nutqni to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning fonetik buzulishlari leksik va grammatik rivojlanishi xususiyatlari bilan o’zaro bog’liq deb bayon etildi –Nutqning fonetik rivojlanishi nutq boyligining rivojlanishi darajasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |