“Zebo va mayiz” o’yini.
Maqsad: “Z” tovushini so’zlarda va gaplarda mustaxkamlash.
Jihoz: Rezinali qo’g’irchoq.
O’yinning borishi: Logoped chiroyli kiyintirilgan rezinali qo’g’irchoqni olib kiradi va bolalarga: “Bolalar bu qo’g’irchoqning ismi Zebo”.Uni magazindan sotib olishdi.U rezinali.Zeboning oyoqlari rezinali,qo’llari,yuzlari va burni ham rezinali.Keyin esa logoped bolalardan so’raydi: “Qo’g’irchoqning ismi nima ekan? Uni qaerdan sotib olishibdi?Uning oyoqlari,qo’llari,yuzlari,burni nimadan qilingan ekan?”bolalar javob beradilar.Logoped davom etadi: “Zebo mayizni yaxshi ko’radi.Lola kel Zeboni mayiz bilan mehmon qil”.Lola chiqib,aytadi: “Zebo,mayizdan ol”Bolalar navbatma navbat Zeboni mayiz bilan mehmon qilgan holda yuqoridagi frazalarni aytadilar.
“Kim chaqqon?” o’yini.
Maqsad: “Z”tovushini so’zlarda tug’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga bir qancha savollar beradi.Avval bolalarga logoped shunday deydi: Men sizlarga savollar beraman kim birinchi topsa,shu bolaga qizil yulduzcha beraman.Kim ko’p qizil yulduzcha yig’sa,shu bola g’olib bo’ladi.
Qaysi transportning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi daraxtning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi hayvonlarning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi uy jixozlarining nomida “Z”tovushi bor?
Qaysi sabzavotlarning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi mevalarning nomida “Z”tovushi bor?
Qaysi Gullarning nomida «Z» tovushi bor?
Qaysi parrandalarning nomida «Z»tovushi bor?
Qaysi qizlarning va bolalar nomida “Z”tovushi bor?
“Adashma” o’yini.
Maqsad: S-Z tovushlarining bir-biridan farqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi.Bittasida nasos tasvirlangan,ikkinchisida chivin.Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo’llarigaoladilar.CHivin tasvirlangan ramsmni esa o’ng qo’llariga oladilar.CHivin tasvirlangan rasmni esa o’ng qo’llariga oladilar.Tarbiyachi nomida S yoki Z tovushi hamda bir so’zda S va Z tovushi bor bo’lgan rasmlarni bolalarga ko’rsatadi va nomini aytadi.Masalan: sabzi,sumka,yulduz,gazeta,somsa va hakazolar.
Agar rasmning nomini bildiruvchi so’zlarda S tovushi bo’lsa,so’ngra bolalar nomini bildiruvchi so’zda har ikki tovush bor bo’lgan rasmlarni ko’rsatadilar va S-Z tovushlarida qaysi biri so’zning boshida kelayotganligini aytadilar.
Metodik ko’rsatma: S va Z tovushini rasimla orqali taqqoslash kerak.Mashg’ulot paytida nomida S va Z tovushi bo’lgan rasmlardan ham foydalanish mumkin.Agar tarbiyachi bolalarga bunday rasimlarni ko’rsatsa,bolalar qo’llaridagi rasimlarni ko’rsatmasliklari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |