Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Maktabgacha yoshdagi bolalarni ruhiy-jismoniy va nutqiy xolatining o’ziga xosligi



Download 3,43 Mb.
bet38/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ruhiy-jismoniy va nutqiy xolatining o’ziga xosligi

Odam nutqi tushunarli va manoli bo‘lishi uchun nutq azolarining harakatlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Maxsus adabiyotlarda bolalarning og`zaki nutqini o`rganishning sistemalari va tasniflari keltirilgan. Bu adabiyotlarning umumiy manosi shundaki, turli bosqichdagi tafsilotlarni o`rganishi asosida olingan malumotlarga tayanib, bola nutqini fonetik-fonematik, leksik-grammatik rivojlanishi taxlil qilinadi, shuningdek bolalarni ravon nutqdan foydalana olish imkoniyati haqida fikir yuritiladi. Shu maqsadda bola bilan suxbat o`tkaziladi va turli nutq topshiriqlari beriladi (N.M. Spirova, N. S. Jukova, E. M. Mastyukova, 1973-y, L.F. Spirova, A.V. Yastrebova 1960-y)

So`ngi yillarda faqatgina bolalarni nutqiy vositalarini shakillanishini emas balki, nutq vazifalarini yetukligini hisobga oluvchi yo`nalish ayniqsa, logopediyada taqrqqiy qilmoqda (R.E. Levina 1961-y, G. V. Chirkina 1985-y L. F. Spirova 1985-y) .

Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar nutqini o`rganish uslubiyati mana shu yo`nalish asosida nevropsihologiyada nutqni o`rganish bo`yicha zamonaviy ma`lumotlarni hisobga olgan holda tuzilgan (L.S. Svetkova, Agutina, N.M Tillayeva 1981-y, Svetkova 1988-y).

Bu metodika nutq buzilishini sifat va miqdoriy tomondan tahlil qilishga mo`jallangan, bu esa nutq buzilishini harakterini va ifodalanish darajasiga ko`ra tasniflashga imkon beradi.

Bundan tashqari, uni nutqiy rivojlantirishning sempotolig va qay darajada o`ylantirilganligini baholash uchun qo`llash mumkin. Bolalaik davrida nutqi aloqa kishi uchun og`zaki nutq katta ahamiyatga ega bo`ladi.

Shunday qilib metodikada ko`rsatilgan topshiriqlar nutq buzilishini markaziy halqasini ajratishga imkon beradi, chunki ular turli bosqichdagi (tovush , so`z , gap, matin) nuqsonlarini ko`zdan kechiradi, har bir nutqiy nuqson turli darajada namoyon bo`ladi.

Bolalarda nutq funksiyasining rivojlanmaganligi va bola ruhiy rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarning o‘ziga xosligi bilan ta’sirsiz ommaviy bog‘chaning dastur talablarini egallay olmaydilar shartlanadi. Ko‘pgina mualliflar (M.E.Xvatsev, R.E.Levina, Ye.M.Mastyukova, V.K.Vorobeva va boshqalar) tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan bilish faoliyatining ikkilamchi nuqsonlari mazkur kategoriyadigi bolalarda xotira, idrok, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi tafakkur operatsiyalarini shakllantirishni lozimligini ko‘rsatadi. Shu bois nutqi to‘liq rivojlanmagan bolala bilish faoliyatining o‘ziga xosliklarini o‘rganish bilan bog‘liq jihatlar alohida e’tiborga loyiq. Biroq zamoniaviy adabiyotlarda mazkur o‘ziga xosliklar va korreksiyalash yo‘llarini ishlab chiqish borasidagi ma’lumotlar kam uchraydi.

Nutqiy fusnksiyalarning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, R.E.Levina norma va patalogiyada bolalar nutqining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganar ekan sog‘lom rivojlanayotgan bola nutqini egallash davomida bosib o‘tadigan besh bosqichni ajratib ko‘rsatadi.

Birinchi fonematik bosqichga qadar bolada tovushlarni diferensiatsiyalash, nutqnitushunish va shaxsiy nutqiy faollik, faol nutq umuman bo‘lmaydi.

Ikkinchi bosqichda, nisbatan kontrast yoki uzoq fonemalarni ajratish paydo bo‘ladi. Biroq yaqin fonemalar differensatsiya qilinmaydi. Bola talaffuzi buzilgan noto‘g‘ri u o‘zgalarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini ajratmaydi.

Uchinchi bosqichda xal qiluvchi siljishlar yuzaga keladi.

Bola tilidagi tovushlarni ularning fonematik belgilariga mos ravishda eshita boshlaydi u noto‘g‘ri talaffuz o‘rtasidagi farqni sezadi. Nutq xali noto‘g‘riligicha qoladi.

Biroq bola kattalar tomonidan talaffuz etiladigan tovushlar o‘rtasida oraliq tovushlarning paydo bo‘lishida ifodalanuvchi yangi idrokka moslashishi kuzatila boshlaydi.

To‘rtinchi bosqichda tovushlarning idrok etishning yangi obrazlari ustunlik qila boshlaydi. Bolada xali avvalgi norma ifodalangan bo‘lib u notg‘o‘ri talaffuz etilgan so‘zlarni bila boshlaydi. Faol nutq deyarli to‘g‘ri rivojlana boradi.

Beshinchi bosqichda fonematik rivojlanish jarayoni yakunlanib, bola to‘g‘ri eshitadi va gapiradi. Unda so‘zlar va alohida tovushlarning nozik va differensiyalashgan tovush obrazlari shakllanadi. Bola nutqining to‘g‘ri rivojlanashi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz tomonining rivojlanish darajasi balki atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda so‘zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi.

Maktabgacha yoshda rivojlanuvchi nutqning asosiy funksiyalardan kommunikativ funksiyasidir. Ilk bolalik chog‘idanoq bola nutqdan muloqat vositasi sifatida bola foydalanadi.Muloqat kattalar va kattalarning ishtirokidagi aniq vaziyat sifatida yuzaga keladi.

Nutq biron bir faoliyat bilan bog‘liq ravishda yoki yangi predmetlar yoki voqea hodisalar bilan yuzaga keluvchi savollarni , savollarga javoblarni ma’lum talablarni ifodalaydi. Muloqatning roli nafaqat bola hayotida, balki umuman kishi hayotida kattadir. Muloqat odatda kishilarning amaliy o‘zaro ta’siriga qo‘shilgan. Bu ham birgalikdagi mehnat, o‘qish jamoali o‘yin va ko‘pgina faoliyatlarda boshqariladi. Muloqat kishilar faoliyatini rejalashtirishni amalga oshirishni va nazorat etishni taminlaydi. Shu bilan birga muloqat kishining boshqa insonlar bilan muloqat etishga bo‘lgan alohida extiyojlarini qondiradi. Kishilarning ijtimoiy tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan mazkur extiyojning qondirilishi xursandchilik xissining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Muloqot jarayoni faoliyatning boshqa shakllaridan ajralib, nisbiy mustaqillik kasb eta oladi. Hayotining birinchi yilining so‘ngiga kelib bolalarda, bola va kattaning birgalikdagi o‘yin va manipulyatsion faoliyatiga mansub atrofdagilar bilan munosabatining bir shakli – predmetli – harakatli muloqat ko‘rinishidagi atrofdagilar bilan muloqatning bir shakli shakllanadi.

Buning uchun bolalar amaliy harakatlarni ifodali harakatlar funksiyasi bilan birgalikda qo‘llaydilar (yaqinlashish, predmetni kuzatish va b.). Maktabgacha yosh davr davomida predmetli – harakatli muloqat uchun xos bo‘lgan bolaning aniq vaziyatga bo‘lgan bog‘lanishi saqlanib qoladi. So‘z faqatgina dastlabki muloqatning mazkur shakliga xizmat qiladi.

Asta – sekin nutqning so‘z obrazlari funksiyasini egallash bolaga qo‘llanilmagan vaziyatlar va qiziqishlardan chetga chiqish imkonini beradi.

Maktabgacha yosh davrning so‘ngiga kelib bolalarda vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqat paydo bo‘ladi. Uning asosiy shakli o‘spirinlik yoshidanoq rivojlanadi.

Muloqot vositalari va boshqaruv jaryonlari teng ravishda nutqiy muloqatga ta’sir ko‘rsatadi. Nutqiy muloqatning rivojlanishi nutqning rivojlanishi kabi muloqat uchun zarur bo‘lgan, nutqiy xatti harakatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ruhiy jarayonlarning rivojlanishi ham e’tiborga olish kerak..Nutq kamchiliklarida nutqiy vositalarning buzilish ( lug‘at boyligining chegaralanganligi so‘zlar ma’nosining o‘zgarishiin va boshqa kamchiliklarni kelib chiqadi.


Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish