Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning pedagogik-psixologik xarakteristikasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganliginini tekshirish va uni bartarf qilish masalasini olimlar nazariy hamda va amaliy jihatdan o‘rganishini qiziqish bilan qaradilar. Nutqning to‘liq rivojlanmasligi deb eshitish va intelekti normada bo‘lgan bolalarda nutq anamaliyasining shunday formasi tushuniladiki, bunda barcha nutq komponentlarining shakllanishi nutqning fonetik fonematik tomoni buzilgan bo‘ladi. Nutqning to‘liq rivojlanmasligi bilan muammosi bilan turli xil aspektlarda, masalan: psixologik - pedagogik R.E.Levina, psixologok- lingvistik, V.K.Orfinskaya, Ye.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, tibbiy- pedagogik S.S.Lyapedevskiy, Ye.M.Mastyukova va boshqalar o‘rgandilar.
Nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy ko‘nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga o‘zidan kichik bo‘lgan bolalarga xos xatoliklarga yo‘l qo‘yish odatdir. Yosh normativlardan ma’lum darajadagi cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning kommunikativ vazifalarni ta’minlaydi, ba’zi hollarda esa aytarli to‘la xulqning boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda o‘z-o‘zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab chiqilgan nutqiy ko‘nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar to‘ldirib turish imkonini beradi.
Nutqni to’liq rivojlanmasligi deb eshitish va intelekti normada bo’lgan bolalarda nutq anomaliyasining shunday fo’rmasi tushuntiriladiki, bunda nutqning barcha komponentlarining shakllanishi (nutqning fonetik-fonematik leksik va Grammatik tomonlari) buzilgan bo’aldi.
Nutq kopmponentlarining rivojlanmay qolishi kelajakda bolalarning savod o’rganishini orqada qolishga bog’cha maktab dasturlarini to’liq o’zlashtira olmasligiga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning to’liq rivojlanmaganligi kamchiliklarini xilma xil yo’nalishlarda tadqiqot ishlari olib borilgan. R. E. Levina (NTR) ni 3 darajasini ajratib ko’rsatgan.
Nutqi to’liq rivojlanmaganligi-bu nutqning yo’qligi bilan xarakterlanadi bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-5 yoshdagi bolalarni lug’at boyligi kam noaniq tushunarsiz nutqni tarbiyaga taqdid qilishi tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo’ladi. Narsa va xodisalarni diferensiyalangan xolda ifodali so’zlarni ko’p manoga ega bo’lish xarakterli xususiyat xisoblanadi.
Bu bolalarning passiv lug’ati aktiv lug’atiga nisbatan ko’proq va boyroq bo’ladi, lekin ularda nutqni tushinish pasaygan ko’p so’zlarni ko’p so’zlarni manosini tushunmaydilar tovushlar talaffuzida turg’unliklar bo’lmaydi. Tovushlar bir biri bilan almashtiriladi fonematik o’quv buzilgan bo’ladi. Nutqning umumiy rivojlanganligining bu darajasiga ega bo’lgan bolalar uchun tovushlar tahlili bo’yicha berilgan topshiriqlar tovushsiz bo’ladi.
Nutqi to’liq rivojlanmaganligining dastlabki keng qo’llaniladigan odamdagi nutqni buzulishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy iboralardan foydalana biladilar malum lug’at boyligiga ega bo’ladilar ular narsalar xodisalar aloxida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqni qo’pol darajada rivojlanmagnligi yaqqol ifodalangan bo’ladi.
Ular ikki uch so’zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug’at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo’ladi harakat belgisini bildiruvchi so’zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi predmet nomini rangini shaklini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Kelishik shakllarini chalkashtiradilar fel sonini fel sonini ot soniga moslashtira olmaydilar.
Nutqning fonematik tomoni shu mos keluvchi normadan orqada qoladi bo’g’inlar o’rnini almashtiradilar undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar.
Nutqning to’la rivojlanmaganligining yoyilgan iborali nutqda leksik-grammatik va fonetik-fonematik jixatidan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi.
Bolalar nutqga ega bo’lgan xolda kishilar bilan aloqa bog’lay oladilar, lekin buni ota - ona (tarbiyachi) ishtirokida ularning tushuntirishlari yordamida bajara oladilar, lekin bunday bolalar uchun erkin xolda aloqada bo’lishi juda qiyin tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir biridan ajrata olmaslik tovushlar guruxini artikulyatsiya jixatdan osonroq bo’lgan tovushlarga ajratish bazi xollarda tovushlarni buzib tallaffuz qilish bu bolalar uchun mosdir lug’at ham normadan orqada qolgan bo’ladi.
Lug’at boyligi tahlilida leksik xatolarning o’ziga xosligi ko’rinadi. Tekshirishda gaplarda so’zlarbi oxirigacha gapirmaslik turgun Grammatik xatolar kuzatiladi. Ko’pchilik xollarda qo’shimcha qo’shish bilan so’z manosini o’zgarishini tushunib yetmaslik kuzatiladi.
Bolalar nutq bog’chalariga qabul qilinayotgan 4-6 yoshli anamnezida quyidagi omillar sabab bo’ladi: psixik kasalliklar onadagi al’kagolizm psixik kasalliklar venerik va og’ir somatik kasallilar onaning xomiladorlik paytida kun tartibiga rioya qilmaslik tug’ishning og’ir kechishi kamqonlik ruxiy ichki organlar kasalliklarning asoratlari umumiy somatik zaiflik tug’riqdan keyingi bolalarda bo’lgan genetik kasalliklar.
Psixomator funksiyalarni shakllanishi yoki ularning rivojlanishida orqada qolishi bolalarda o’z-o’ziga xizmat qilishda bir qator keltirib chiqaradi.
Nozik ixtiyoriy harakatlarni bunyod etish tug’ma qadam, oyoq qo’yish inlarini bog’lash, lenta taqish, kiyim tikish harakatlar. Bu qiyinchiliklar fazoviy mo’ljallashning buzulishi natijasida yanada chuqurlashadi. Bu masalan oyoq kiyimining o’ng chap tomonlarini kiyim qismlarini ajrata olmaslikda va boshqalarda ifodalanadi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini R.E.Levina uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarning umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bo‘lgan mukammal nutq buzilishigacha.
Nutq to‘liq rivojlanmaganlikning 1-darajasi nutqning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq bo‘ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo‘ladi. Narsa va hodisalarning farq qilmagan holda ifodalash, so‘zlarning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: “tu tu” mashina paravoz, samolyot, qayiq; “taq”- yiqildi, tushirib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalarning passiv lug‘ati aktiv lug‘atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bo‘ladi, ular ko‘p so‘zlarning ma’nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar bir biri bilan almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo‘ladi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo‘lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo‘ladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganlikning 2-darajasi dastlabki keng qo‘llaniladigan odatdagi bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega bo‘ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Ular ikki-uch so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo‘ladi. Umumlashtiruvchi so‘zlarni bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi so‘zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa belgilarni bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe’l sonini ot soniga moslashtira olmaydilar. Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo‘lgan bolalar bo‘g‘inlar o‘rnini almashtiradilar, undoshlar ketma- ket keladigan tovushni qisqartiradilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3-darajasi nutqda leksik grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo‘lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda qiyin.
Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatdan osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |