Galen, TSelьs va Ibn Sinolar – duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki pereferik bo’limlarida buzilish bo’lish mumkinligini e’tirof etadilar.
XVII-XVIII asrlarda duduqlanish tashqi nutq apparatining yetarli darajada rivojlanmaganligi natijasidir deb ko’rsatadilar.
Santorim – duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va go’yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi bu nutqni qiyinlashtiradi.
Vuttser – esa buni pastki jag’ning noto’g’ri tuzilishi ya’ni chuqurligi duduqlanishga sabab bo’ladi deb ko’rsatsa.
Erve-de-SHeguan esa – tilning uzun bo’lishi, tilning til yuganchasiga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog’laydi.
Arnot, SHulьte duduqlanishni nutq a’zolari harakatining buzilishi neatijasidir deb ko’rsatadilar.
Kokkeralь – haddan tashqari tez nafas chiqarish;
Itar, Li, Diffenbax – til muskullarini statik qisqarishi;
Blyume – tafakkur va nutq jarayonining nomuvofiqligida deb ko’rsatadilar.
Tadqiqotchilarning bir qismi esa duduqlanishni ruhiy jarayonlardagi buzilishlar bilan bog’laydilar. Masalan: Blyumenning fikriga ko’ra; duduqlanish shunday paydo bo’ladiki, kishi tez fikrlaydi, natijada nutq a’zolari to’liq harakatga kelishga ulgurmaydi shu bois duduqlanadi yoki aksincha, nutqiy harakatlar «fikrlash jarayonidan o’zib ketadi». Natijada nutq apparati muskullari ana shu nomuvofiqlikni to’g’rilashga harakat qilib, «changak bo’lib qolish singari» holatga keladi.
XIX asr boshlarida frantsuz tadqiqotchilari duduqlanishni nutq apparatining pereferik va markaziy bo’limlardagi buzilishlar bilan bog’laydilar. Jumladan vrach Vuazen (1821) duduqlanish mexanizmini markaziy asab sistemasi faoliyati bilan bog’laydi.
Vrach Delo (1929) duduqlanishni tovush talaffuzining buzilib chiqishi, nutq apparatining organik buzilishi yoki bosh miyadagi organik buzilishlar deb ko’rsatadi.
Rossiyada I.A.Sikorskiy (1889), E.Andres (1894) duduqlanishni funktsional buzilishlarga bog’laydilar.
SHunday qilib, XIX asr boshlarida duduqlanish bu murakkab psixik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e’tirofiga ko’ra, uning asosida fiziologik xarakaterdagi buzilish yotadi, ruhiy buzilishlar esa ikkilamchi xarakterga ega. (A.Guttsman 1879, A.Kusmaulь 1978, I.A.Sikorskiy 1889 va boshqalar).
Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik ko’rinishlarni esa ruhiy buzilishlarning oqibati deb hisoblaydi. (A.Koen – 1878, Komenko 1900).
XX asrning 30 va 50-60 yillarida duduqlanish mexanizmini I.P.Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmi haqidagi ta’limotlariga suyangan holda ko’rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Yu.A.Florenskaya), boshqalar – uning alohida formasi sifatida (V.A.Gilyarovskiy, M.B.Xvattsev, I.P.Tyapugin, S.S.Lyapidevskiy) talqin qildilar.
Ikkala holatda ham duduqlanishi bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari rivojlanishi uchun yagonadir. Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi qo’zg’alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi zo’riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bo’ladi. Duduqlanish bu ayrim belgilar ham, belgilar yig’indisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining buzilishidir.
XX asr boshlaridagi duduqlanishni tushunishdagi turli fikrlarini 3 nazariy yo’nalishga ajratish mumkin.
Duduqlanish nutq markazlarini muvofiqlashtiruvchi apparatning qo’zg’aluvchanligini zaiflashuvi oqibatida sodir bo’ladigan koordinatsion nevrozdir.
Bular G.Guttsman, I.A.Kussmaul keyinchalik I.A.Sikorskiyning ilmiy ishlarida juda ajoyib ifodalangan. Keyinchalik ular duduqlanish bu – pay tortishga o’xshash spazmalardir deb tushuntirishdi.
Duduqlanish – ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishdir. Bu yo’nalish T.Befner va E.Freshelьs tomonidan olg’a surilgan.
Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-muhit bilan bo’ladigan turli ziddiyatlar natijasidir.
A.Adler, SHneyder bu nazariya tarafdorlari edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |