Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


E.Pishon organik duduqlanishning ikkita formasini ajratadi: Birinchisi –



Download 3,43 Mb.
bet50/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

E.Pishon organik duduqlanishning ikkita formasini ajratadi:

Birinchisi – miya qobig’i afaziyasi ko’rinishida, bunda assotsiativ tolalar sistemasi buziladi va ichki nutq izdan chiqadi.

Ikkinchisi – nutqning dizartriya ko’rinishidagi o’ziga xos noto’kis harakatini aks ettiradi va qobiq osti tuzilishining shikastlanishi bilan bog’lanadi.

Organik duduqlanish muammosi hozirgi davrga qadar hal etilmagan. Ayrim tadqiqotchilarning taxminiga ko’ra, duduqlanish umuman markaziy nerv sistemasining organik kasallanish turiga kiradi va miya oziqlanishidagi buzilish to’g’ridan-to’g’ri miyaning nutq bo’limiga yoki u bilan aloqador sistemaga ta’sir etadi (V.Lev 1947, E.Gard 1957, S.Skmoil va V.Ledezich 1967).

Duduqlanish patogenezini o’rgangan ko’pgina mualliflar duduqlanuvchi kishilarda turli xil vegetativ o’zgarishlar bo’lishini aytishadi. Masalan, M.Zeeman hisobiga ko’ra, 84 % duduqlanuvchi kishilarda vegetativ distoniya bor.

Vegetativ asab sistemasining og’ir buzilish hollarida xususan duduqlanish ikkinchi planga ko’chadi, qo’rquv, hayajonlanish, vahima yuz beradi. Kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik paydo bo’ladi. Bolalarda (duduqlanuvchi) uyquning buzilishi, uyquda cho’chib tushish notinch, yuzaki uyqular, tungi vahimaga tushishlar kuzatiladi. Mashg’ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga kiritilgan diqqat va qat’iyatlik tez-tez yo’qolib turadi. Ular o’z imkoniyatlariga, erishgan natijalariga yetarlicha baho bermaydilar, chunki nutqning yaxshilanishi ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi.

70-yillarda psixiatriyada nevrotik va nevrozga o’xshash buzilishlarni ajratish uchun tibbiy ma’yorlar taklif etilgan edi. Bunda duduqlanishni ham nevrotik, ham nevrozga o’xshash shakllarga ajratishga moyillik aniqlandi (N.M.Asatiani, B.Z.Drapkin, L.I.Belyakova va boshqalar).

Hozirgi davrga qadar tadqiqotchilar duduqlanish mexanizmini nafaqat tibbiy va fiziologik jihatdan, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik nuqtai nazardan ham o’rganishga urinishmoqda.

Nutq faoliyatini tashkil etishda duduqlanishni neyrofiziologik jihatdan tekshirilishi qiziqish uyg’otayotir (I.V.Danilov, I.M.CHerepanov, 1970). Mavjud tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, nutq vaqtida duduqlanuvchilarda dominant (chap) yarimshar o’ng yarimsharlarga nisbatan o’zining yetakchilik vazifasini to’liq ma’noda bajara olmaydi. Duduqlanishning nutq talaffuzidagi qandaydir dominantlik bilan o’zaro munosabati haqidagi qoidani V.M. SHklovskiy ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Duduqlanish muammolarini ruhshunoslik borasida ishlab chiqish duduqlanish genezisini ochish, duduqlanuvchilarning kommunikatsiya jarayonidagi hatti-harakatlarini tushunish, ularning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash uchun uning muammolarini psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqish dolzarb masalalaridandir. Duduqlanuvchilarning diqqat-e’tibori, xotirasi, tafakkuri, ruhiy harakatini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda ruhiy faoliyat tuzilishi, uning o’z-o’zini muvofiqlashtirish jarayoni o’zgargan. Ular yuqori darajada avtomatlashtirilishini (xususan faoliyatga tezda kirishishni) talab qiladigan faoliyatni yomon o’taydilar, lekin ixtiyoriy bajarilish bilanoq duduqlanuvchi va sog’lom kishi orasidagi samaradorlik farqi yo’qoladi. Ruhiy harakat faoliyati bundan mustasnodir: agar sog’lom bolalarda ruhiy harakatlar ma’lum miqdorda avtomatik tarzda sodir o’lsa va ixtiyoriy muvofiqlashuvini talab qilmasa, bu holda muvofiqlashtirish duduqlanuvchilar uchun erkin nazoratni talab qiladigan murakkab vazifadan iborat bo’ladi.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, duduqlanuvchilar nuqsonsiz so’zlovchilarga nisbatan ruhiy jarayonlarning o’ta faoliyatsizligi bilan farq qiladilar.

Duduqlanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini ham tibbiy kuzatishlar yordamida, ham tajriba psixologik metodikalarni qo’llanish bilan tekshirish samaralidir. Ular yordamida havotirli badgumonlik xususiyati, gumonsirash, ishonchsizlik, odamovilik, ruhiy tushkunlikka moyillik, nuqsonga nisbatan befarqlik kabilar aniqlanadi.

Duduqlanish mexanizmlarini psixolingvistik nuqtai nazardan ko’rib chiqish ham e’tiborga molikdir. O’rganishning bu jihati duduqlanuvchi nutq talaffuzining qaysi pallasida muskullar tortishuvi yuzaga kelishini aniqlashni taqozo qiladi.

Nutq kommunikatsiyalarining quyidagi bosqichlari ajratiladi:



  1. Nutqqa (gapirishga) ehtiyojning borligi yoki kommunikativ maqsad;

  2. Bayon qilish fikrining ichki nutqda tug’ilishi;

  3. Bayon qilishning tovush orqali bajarilishi.

I.Yu.Ableeva fikriga ko’ra, duduqlanish so’zlovchida kommunikativ maqsad, tutilmay gapirish imkoniyati bo’lgani holda, uning nutqqa hozirlik ko’rgan paytida yuzaga keladi.

Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtai nazarlarni ko’rib chiqib, duduqlanishning paydo bo’lish mexanizmlari bir xil emas, degan asosiy xulosaga kelish mumkin.




Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish