Ovoz paychalari apparatidagi pay tortishishi quyidagi holatlarda bo’ladi.
1. Birlashgan (tortishib birlashgan ovoz burmalari o’z vaqtida yozilib ketmaydi) – tovush birdaniga uziladi, yohud klonik yoki chiziqli tortishish yuzaga keladi. (o-o-o-olim).
2. Ajralishgan (ovoz tirqishi ochiq qoladi – bu holda butunlay sukut saqlash yoki shivirlagan nutq kuzatiladi).
3. Vokalga oid – bu bolalarga xosdir. Bunda bolalar so’zda unlilarni cho’zib talaffuz qiladilar.
Artikulyatsion apparatdagi pay tortishishlar quyidagi organlarda kuzatiladi:
Labga oid tortishishlar.
Tilga oid.
Yumshoq tanglayga oid.
Ular ko’pincha portlovchi undosh tovushlar (k, q, g’, g, p, b, t, d) ni talaffuz qilishda tez namoyon bo’ladi.
Duduqlanadigan bolalarning hayajonli nutqida fonetik-fonematik va leksik-grammatik buzilishlarga ko’zga tashlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanadigan bolalarda – 43,7 %, uyga maktab yoshidagi bolalarda – 14,9 % va yuqori sinf o’quvchilari orasida esa 13,1 % ni tashkil etadi. Maktabgacha yoshgagi bolalar o’rtasida duduqlanishni o’ganganda quyidagilar qayd etilgan:1.4%(K.P.Bekkr), 2% (Xvatsev), kichik maktab yoshidagilar orasida- 1.6% (M.Covak), kattalar o’rtasida 1% (M.E.Xvatsev)3Logopediya pod red L.S.Volkova(198-260st)
Duduqlanishda talaffuzdagi urg’u, intonatsiya, ritm buziladi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qay-tariqalar bilan uzilib-uzilib chiqadi, jarangdorlik va talaffuz sur’ati, tovush kuchi, balandligi va shiradorligi buzilgan bo’ladi.
Duduqlanishning paydo bo’lishiga, shuningdek, umumiy va nutq motorikasining turlicha buzilishlariga xosdir. Ular zo’raki (nutqiy tortishishlar, pay, bo’yin, yuzdagi uchishlar) va ixtiyoriy tutib qolish tarzida bo’lishi mumkin. Duduqlanuvchilar o’zlarining qiyin nutqini niqoblash va yengillashtirish maqsadida bunday harakatlardan foydalanadilar.
O’zining noto’kisligini his etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xastalangan kishi o’zining ko’p e’tibor bersa, u shunchalik zo’rayib boraveradi. Natijada shunday og’ir ahvol paydo bo’ladiki, bemor undan sira qutila olmaydi, kasallik belgilari uning e’tiborini chulg’ab oladi, buning oqibatida belgilar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini o’ziga yana ham ko’proq jalb etadi.
Duduqlanish muammolari bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat-e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqida tasavvurga ega bo’lish, unga nisbatan turlicha hissiyotli munosabatda bo’lish.
SHular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni 3 guruhga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |