Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Nutqiy titroqlarni yuzaga kelish og’irligi



Download 3,43 Mb.
bet55/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Nutqiy titroqlarni yuzaga kelish og’irligi. Duduqlanishning uch darajasi ajratiladi: og’ir, o’rta, yengil daraja. Duduqlanish bola nutqiga ta’sir etmasa, sezilarli bo’lmasa, zaif hisoblanadi, nutqiy muloqot uzun titroqlar hisobiga tushunarsiz bo’lsa va u kuchli duduqlanish sanaladi. Demak, yengil darajada bog’langan nutqda bir-bir titroq yuzaga keladi. O’rta darajada monologik va dialogik nutqda, og’ir darajada nutqning barcha formalari duduqlanish kuzatiladi. Duduqlanish darajasi bir necha sabablarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari kuchli darajada o’ziga mos keluvchi harakatlar va embolafraziya kuzatiladi.

Duduqlanuvchida yuzaga keluvchi harakatlar, odatda defekt progressiya holatiga kirishganda, og’ir formaga o’tganida namoyon bo’ladi. Ular bo’yin, yuz, tananing muskulaturasidagi titroqli harakatlar sifatida kuzatiladi. Bu harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar sifatida tavsiyalanadi.

Ixtiyorsiz harakatlar nutqiy apparatning turli qismlarida yuzaga kelib, yuz va tananing boshqa qismlari irodiratsiya qiladi. SHuningdek, ko’z qismi, burun qismini kengayishi, boshini egish, yonga burish, bo’yin muskullarni taranglashtirish, barmoqlarni jipslashtirish, oyoqlarini to’pillatish va tananing turli harakatlari yuzaga kelishi mumkin.

Ixtiyoriy harakatlar ixtiyorsiz harakatlar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Duduqlanuvchi nutqiy apparatda yuzaga keluvchi titroqlarni yo’qotishga harakat qilib, ongli ravishda turli usullarga yondoshadi: yo’taladi, oyog’ini-oyog’iga uradi, boshini aylantiradi, qulog’ini ushlaydi, tugmasini o’ynaydi.

Duduqlanishni xronik kechishida birga duduqlanuvchilar «a», «e», «mana», «u», «ona» kabi so’zlarni takroran ko’p qo’llaydilar. Bu holat embolafraziya yoki embolama deb ataladi. Embolamalarni duduqlanuvchilar qiyin talaffuz etiluvchi tovushlar oldidan qo’llaydilar.

Duduqlanishni yana bir simptomi og’zaki nutqdan oldingi qo’rquv hisoblanadi. Bu nutq qo’rquvi yoki logofobiyalar deb ataladi. Qo’rquv ostida duduqlanuvchi tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etolmay, duduqlanuvchi anglamaydi.

Duduqlanishni yana bir xususiyati nafas olishni buzilishidir. Duduqlanuvchida nutqiy nafas olish ritmi noaniq qat’iy emas, emotsional holatlariga ko’ra tez buziladi. Ularda nutqiy nafas olish buzilishi yorqin namoyon bo’ladi.

Duduqlanishni paydo bo’lish tovushlarni fonetik tavsifiga ham bog’liqdir. Ko’proq jarangsiz va portlovchi undoshlarni titroq bilan talaffuz etiladi (asosan [p], [t], [k] tovushlari). Bu tovushlar boshqa tovushlar bilan birga kelganda titroq kuchayadi.

Titroqlarni yuzaga kelishida so’zning ritmik tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Ular asosan urg’uli va urg’u tushgan tovushlar oldingi bo’g’inlar talaffuzida yuzaga keladi va urg’usiz bo’g’inlar talaffuz etish amaliyotida namoyon bo’lmaydi. Asosan titroq so’z yoki frazaning birinchi bo’g’inda yuzaga keladi.

Duduqlanishning qayd etilgan belgilari doimiy emas, o’zgaruvchandir. Odatda, duduqlanish maxsus logopedik yordamsiz kuchayib boradi. Bir bolani o’zida duduqlanish darajasi o’zgaruvchan bo’ladi, bunda nutq amalga oshayotgan muhit ham o’ynaydi. Masalan, bola o’yinchog’i, o’rtog’i, o’z-o’zi bilan titroqsiz gaplashadi, lekin boshqa odamlar o’rtasida duduqlanadi. O’zini erkin tutuvchi odamlar o’rtasida bola nutqida qiyinchilik yuzaga kelmaydi. Lekin notanish odamlar orasida bola uyaladi, qo’rqadi va duduqlanish kuchayadi.

Nutq holati umumiy jismoniy va emotsional fonga ham bog’liqdir. Duduqlanish kasallik, charchash holatida, harakatli o’yinlarda hayajonlanishdan ham kuchayishi mumkin. SHuningdek, ob-havo, yil fasllari, hayot sharoiti, ovqatlanish bilan bog’liqlikda ham duduqlanish holatlari namoyon bo’lishi mumkin.


Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish