Psixologik omillar.
Duduqlanish yuzaga kelgunga qadar ota-onalar farzandida o’ziga ishonmaslik, qat’iyatsizlik, qo’rquv, uyatchanlik yoki qarama-qarshi sifatlar, asabiy, negativ, agressivlikka moyillik belgilari mavjudligini ta’kidlaydilar.
Ijtimoiy omillar.
Bola rivojlanishiga ijtimoiy shart-sharoitlari ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Duduqlanish yuzaga kelishiga tarbiya shart-sharoiti, ya’ni noto’g’ri tarbiya jarayoni sabab bo’lishi mumkin.
Erkalangan bola, odatda, atrofdagilar bilan faol munosabatga kirishmaydi. Uning atrofdagilar tomonidan qo’yilayotgan past darajali talablar, bolani o’z imkoniyatini har tomonlama namoyon etishga to’sqinlik qiladi, uni boshqa bolalarga bo’ysunishga olib keladi. Bu sharoitda bola qo’rqoq, o’ziga ishonmaydigan bo’lib tarbiyalanadi.
Agar bola ota-ona muhabbati va uni tushurishdan mahrum bo’lsa yoki haddan ortiq erta tarbiyalangan bo’lsa, majbur qilishga reaktsiya bilan javob beradi, ba’zan qarama-qarshilik, agressiya bilan ta’sir ko’rsatadi.
Ko’pincha oilada, ota-onalarni bolaga nisbatan, talablarni birligi mavjud bo’lmaydi. Ba’zan talabalarning yuqori darajada qat’iyligi, ba’zan past darajada yumshoqligi, otaning qattiqqo’lligi, onaning qatiqqo’lligi, onaning haddan ortiq erkalashlari bolada ikki xil holat, bir vaqtida nerv jarayonlarini ta’sirlanishi yoki tormozlanishga olib keladi. Bunday nervli tarbiyalash duduqlanishga sabab bo’luvchi, qo’rquv (fobiyali) ga olib keladi.
«Namunali bola» ni tarbiyalash yuqori talab, haddan ortiq shuhratparastlik bilan xarakterlanadi.
Bunday bola har qanday muvaffaqiyatsizlikka depressiya va qo’rquv bilan javob beradi. Bola nutqiga qo’yiladigan haddan ortiq talablar: qiyin murakkab so’zlarni takrorlash begonalar oldida she’rlar yodlatish, yoshiga va rivojlanishiga mos kelmagan matnlarni o’qitish ham duduqlanish holati yuzaga kelishga sabab bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Atrofdagilarni nuqsonga munosabati duduqlanishni kechishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar bolaga duduqlanish yuzaga kelgan davrda yordam berishi va uning nutqiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Lekin ularni ko’pchiligi bola nutqini mustaqil to’g’rilamoqchi bo’lib, uni taqlid asosida, so’zni to’g’ri takrorlashga majbur qiladilar. Natijada bola nutq nuqsoniga yanada diqqatini jamlab oladi, duduqlanuvchi o’zini nutqiy muvaffaqiyatsizligiga qancha diqqat-e’tiborda bo’lsa, uni nutqi shunchalik buziladi.
Bola duduqlangach, ota-ona u bilan kasal boladek muloqotga kirishadilar. Ular unga o’z hissiyotlarini bildiradilar, ayaydilar, haddan ortiq erkalaydilar. Bola duduqlanish unga yaxshi sharoit berayotganini his etib, bu nuqsondan qutulishga harakat qilmaydi. Ba’zi ota-onalar bola duduqlanish doimiy koyishlar bilan bartaraf etishga harakat qiladilar. Bola bunda himoya yoki agressiv pozitsiyani egallaydi.
Duduqlanish taqlid asosida yuzaga kelishi mumkin.
Duduqlanishni yuzaga kelishida o’tkir xronik bo’lgan psixik travmalar ham sabab bo’lishi mumkin.
O’tkir travma – kuchli, to’satdan yuzaga keluvchi, bir martali psixik shokdir. Bu travma qo’rquv va qo’rqitish yoki haddan ortiq hursandchilik emotsiyalari asosida yuzaga keladi.
Xronik travma – davomli, konflikt sharoitlar bilan mustahkamlanuvchi qat’iy psixik jarayonlarning salbiy emotsiyalari asosida yuzaga keladi. Ular oiladagi tarang psixologik iqlim bilan bog’liq.
SHuni ham ta’kidlash joizki, qayd etilgan omillar bolalarga uni xarakterli, nutqi va shaxsini shakllanishi davrida ta’sir ko’rsatsa (4-5 yosh), bu yoshdagi eng nozik jarayon, nutq funktsiyasi birinchi navbatma jarohatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |