Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 3,43 Mb.
bet61/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Qaytalanuvchi – duduqlanish yo’qolib, yana paydo bo’ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi.

8-Mavzu: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi sifatida.

Reja:

  1. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan mashgulotlar.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning duduqlanishini o’yin asosida bartaraf etish.

  3. Didaktik o’yinlar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o`ziga xos xususiyati bo`ladi:



  • bosh miya po`stloqi to`qimalarining tugallanmagan differensiasiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo`l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. SHu munosabat bilan ta`sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni tez-tez almashtirib turish zarur;

  • 2–3 yoshdagi bolaning tez o`suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo`ladi. SHuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog`liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak;

  • 2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o`rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg`otishi kerak. qo`llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko`taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag`batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi.

Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo`naltirilish, ya`ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo`shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo`llaydilar. harakat bolalarda ko`pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so`raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug`iladi: fe`llarning ko`p sonli buyruq mayli bilan bog`liqligi, o`z fikrini aytish buyruq yoki so`roq xarakterida, iltimos ko`rinishidan iborat bo`ladi.

Odatda, duduqlanish paydo bo`lishi bilan ko`pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko`nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi):

narsani ushlab olish va uni qo`lda uzoq tutib turish;

“Ladushki”, “qakka” o`yinidagi kabi qo`l barmoqlari va panjaning harakati;

qoshiqdan foydalanish;

yurishni egallash;

qurilish materiali bilan o`yinlarda ketma-ket harakatlar yonida.

Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko`rsatadi. Ko`pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta`sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta`sirlari. Ko`p bolalar yiqloqi. Ko`pchiligi uchun hatto yaxshi ko`rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos.

Logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda o`tkazish kerak.

Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko`rinishlarining o`zaro alqadorligi.

Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo`limlariga ajratilmaydi.

Faqat bu faoliyatlar ko`rinishi paydo bo`lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko`rinishlar sodir bo`ladi. SHuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi.

Duduqlanuvchi bolalarda xarakatlar rivojlanishi 2 xil kurinishda - xarakatlar tezligi va xarakatlar sustligi kuzatiladi. Maktabgachatarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining xarakatchanligini 4 guruxga bulish mumkin:

- ritm, temp, muskullar tonusi va muljalga olishning buzilishi;

- chakkonlik, aniklik, tezlikning yukligi. Temp sust, dikkati tarkok, xis – tuygu kisman yuk, berilgan topshiriklarni kiynalib bajarishi kuzatiladi.Muskullar tonusi nimjon, xarakatlari ustida ish olib borish kiyinchilik tugdiradi.

- mushaklarning kuchli tortishishi (tormozlanish) kuzatiladi. Tortishishlar asosan buyin va yelka kismda kuzatiladi, kul barmoklari musht xolda yoki bushashgan ochik, kullar bukilmaydi, kul va oyok xarakati bir biriga nomutanosib. Bolalar jamoa bilan uynashni xoxlamaydi, yuzda tuygular ifodasi sezilmaydi (jiddiy). Ular bilan olib boriladigan korrektsion ish uzok muddat talab etadi.

- kuzgaluvchan, tez xarakatli, lekin kuchsiz bolalar, osoyishtalik ular uchun yot, ularda muskullar tonusi yukori, uyinlarga kuchli istak xoxish bilan yondashadi, xarakatli uyinlar ular kuzgaluvchanligini oshiradi. Uzgalar uyinlariga xam aralashib ketishadigan, ayrim paytlar agressiv xarakatli, uyinda asosiy bosh rolda bulishni xoxlaydigan bolalar turidir.


Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish