Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) –molekulyar biologiya da keng qo’llaniladigan usul bo‘lib, u biologik materialdagi (namuna) kam miqdordagi nuklein kislotalarning muayyan fragmentlarini yuqori darajada ko‘paytirish imkonini beradi.
Uning mexanizmi xuddi DNK sinteziga o’xshaydi.
PZR amalga oshirilishi uchun ma’lum sharoit va komponentlar talab etiladi. Ularning asosiylari:
PZR amalga oshirilishi uchun ma’lum sharoit va komponentlar talab etiladi. Ularning asosiylari:
dNTP – Trifosfatlar. Ularni qurilish materiali deb tasavvur qilish mumkin. Yangi hosil bo’layotgan DNK zanjiri komponentlari hisoblanadi. Bundan tashqari ular energiya manbai bo’lib hisoblanadi. Yani dNTP sarf bolayotganda undagi fosfatlar chiqishi hisobiga energiya hosil bo’ladi;
Praymerlar – kerakli Zanjirni boshlarnish va tugash nuqtalarini chegaralaydi
Dis steril suv – muhit yaratish vazifasini bajaradi.
MgCl2 – raksiyada katalizator vazifasini bajaradi
PZR jarayoni bosqichlari: > Initialization >> Denaturation >> Annealing >> Elongation yoki Extension > Final elongation
S i k L
>> Denaturation
Birinchi bosqichda - namunada mavjud bo‘lgan DNK ning ikki zanjirini ajratish lozim.Buning uchun reaksion aralashma 92-95C ga qizdiriladi, buning natijasida ikki zanjirli DNK molekulasi ajraladi va ikkita bir zanjirli molekulalar hosil bo‘ladi.
>> Annealing
Ikkinchi bosqichda praymerlar bir zanjirli genom DNK bilan birlashadi.
Praymerlar DNK zanjiri bilan komplementar bo‘ladi va joylashadi.
Bunda xuddi DNK sintezi kabi jarayon yuz beradi: A->T G->S
Praymerlar ulanganidan so‘ng Taq-polimeraza praymerning 3-oxiridan DNK ning ikkinchi zanjirini hosil qilishni boshlaydi. Bu 3- bosqichda sodir bo’ladi
Uchinchi bosqichda reaksion aralashma haroratini Taq-polimeraza ishlashi optimumigacha ko‘tariladi, va ikkinchi zanjir sintezi maksimal samaradorlik bilan davom etadi.
Odatda bu bosqichda harorat 72 dan 80 C gacha bo’ladi
Nukleotid uglevod kompleksi fosfat kislota bilan kompleksida har bir bog’ida 40kJ dan energiya saqlaydi. PCR buferida dNTP mavjud. Ular qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi. DNK sintezi jarayonida bitta fosfat bog’ uzilib, 40 kJ energiya ajrab chiqadi va bu energiya nukleotidlar sintezi uchun sarf bo’ladi.
DNK sintezi doim 5’->3’ tomonga sodir bo’ladi. Ikkinchi tomoni esa har xil qismlaridan 5’->3’ ga tomon sintezlanadi. Hosil bo’lgan qismlar Okazaki fragmentlari deyiladi va ular Polimeraza III fermenti yordamida ulanadi
PCR jarayoni sxemasi