6-Mavzu: Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishni tashkil etish va rejalashtirish.
Reja:
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashda olib boriladigan korrektsion pedagogik ishlar
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalalr talaffuzini o’yinlar asosida rivojlantirish yo`llari
Tayanch tushunchalar.
Adaptatsiya - (lotincha adaptatio) - moslashmoq.
Korrektsiya - (lotincha corregere) - to’g’rilash. Kamchiliklarni to’g’rilash.
Kompensatsiya - (lotincha compenso) muvofiqlashtirmok.
Reabilitatsiya - (lotincha rehabilitatio) - kasal organizmni tiklanishi.
Adabiyotlar
Ermakova I.I. Korrektsiya rechi pri rinolalii u detey i podrostkov - M., 1984.
Ippometova A.G. Otkrыtaya rinolaliya - M., 1983.
Logopediya (pod.red. L.S.Volkovoy) M., 1989. 103-121 betlar.
Muminova L.R., M.Ayupova Logopediya .T. «O’qituvchi» - 1993 y. 81-85 betlar.
CHirkina G.V. Deti s narusheniyami artikulyatsionnogo apparata - M., 1969.
Jumanova Dilbar Kazakbayevna. Defektologiya ta’lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi “Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash” nomli bitiruv malakaviy ishi. 2018yil(40-54 betlar)
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari yo‘nalishlaridan biri bolalar nutqining rivojlanganligi va so‘z boyligini oshirishga qaratilgan maxsus ta’lim muassasaslarida bolalarning nutqini rivojlantirish, ular nutqi to`liq rivojlanmaganini bolalarda bartaraf etishdagi korreksion ish va metodlardagi nutq kamchiliklarini bartaraf qilish, logoped tomonidan amalga oshiriladi. Korreksion ishlarni samaradorligin oshirish uchun har bir logoped va tarbiyachi o‘z ustida tinimsiz izlanishi, yangi metodik adabiyotlardan, ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanishlari lozim. Maxsus muassasaslarida mashg‘ulotlar nutqni tuzatishga doir ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Bu mashg‘ulotlarda barcha nuqsonlar muttasil bartaraf qilib boriladi. Bolalarning nutqini o‘stirish va ma’naviy dunyosini boyitish uchun turli vositalardan foydalanishga harakat qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni nuqson turlari va uning darajalariga mos ravishda belgilangan davlat ta’lim talablari asosida ta’lim berish, nuqsonlarni o‘z vaqtida korreksiyalash, ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, imkonini beradi. Bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, etib tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarga ta’lim tarbiya berish orqali Ona Vatanga bo‘lgan muxabbat tuyg‘ularini shakllantirib, ma’naviy dunyosi kengayib boradi.
Nutqi to’liq rivojlanmaganlikni bartaraf etish bo’yicha olib boriladigan korrektsion pedagogik ish ruhiy – pedagogik ilmiy – izlanishlarning bir qator mualliflari R.E.Levina, B.M.Gringipun, L.F.Spirova, N.A.Nikashina, R.V.CHirkina, N.S.Jukova, T.B.Filicheva, A.V.Yastrebova va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Nutqni shakillantirish quyidagi xolatlarga asoslanadi:
nurning belgilarini erta aniqlash va uni ruxiy rivojlanishga tasirini aniqlash;
nutq kamchiliklari tuzulishini analiz qilish asosida nutq kamchiliklarini imkoni boricha o’z vaqtida oldini olish;
bolalar nutqini normada rivojlanish qonuniyatlarini xisobga olish;
tilning fonetik – fonematik va leksik – grammatik komponentini o’zaro bog’langan holda shakillantirish;
nutqi umumiy rivojlanmaganboladlar bilan oli b boriladigan logopedik ishda differentsial yondoshish;
nutq jarayonini shakillantirish bilan birgalikda bola tafakkurini va bilish aktivligini ham rivojlantirish;
nutq jarvyonini shakillantirish bilan birgalikda sensor, intelektni ham rivojlantirish.
Nutq buzulishining og’ir va yengil kechishiga ko’ra uning 3 darajasi ko’rsatildi. SHunga ko’ra korrektsion – pedagogik ish ham 3 davrga bo’linadi.
1 darajali Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash.
Bu davrning asosiy vazifalari: nutqni tushunishni rivojlantirish; taqlid qilish asosida mustaqil nutqni rivojlantirish; sodda, keng tarqalgan gap ustida ishlashni shakillantirish; diqqat va hotirani rivojlantirish.
Eng birinchi mashg’ulotda turli mashqlar variantidan foydalaniladi. Bunda asosiy diqqat bola diqqatini rivojlantirishga, o’ziga qaratilgan nutqni eshitishga qaratilgan.
Nutqni tushunish ustida olib boriladigan ish asosan bola uchun tanish, tasavvur qila oladigan predmetlar va tevarak atrofdagi xodisa-voqealarga asoslanadi.
Logopedik ishning boshlang’ich davrida ko’rgazmali qurollar asosida so’z birikmalarini tushuntirish ishlarini olib borish ko’zda tutiladi. Logoped 2-4 so’zlardan iborat bo’lgan qisqa jumlalarni gapiradi. Jumlalardagi so’zlar turli grammatik formalarda bo’ladi.
Bola predmetlar nomini impressiv nutqiga o’zlashtirib boradi, sekin-asta iredmetlar belgisini ajratishga o’rganib boradi.
Bunday mashg’ulotlarni o’tkazishda o’yinchoqlar, kiyim – kechaklar, idish – tovoqlar, oziq – ovqatlar va boshqalar ko’rgazmali materiallar asosida foydalaniladi. SHu bilan bir vaqtda bolalarga ba’zi bir grammatik tushunchalarni tushunishni o’rgatib boriladi. Asosiy e’tibor ot va fe’llarda birlik va ko’plik grammatik formalarni ajratishga qaratiladi; (qalam-qalamalar, koptok-koptoklar, ketyapti-ketyaptilar...)
Bolalarda nutq instruktsiyalari haqida anq tushuncha hosil bo’lganligini ularni savollarga javob berishlarida nazorat qilish lozim. Buning uchun esa predmetli – vaziyatlarni to’g’ri tashkil etish hamda kerakli didaktik va o’yin materiallarini to’g’ri tanlash lozim. Bulardan tashqari musiqa mashg’ulotlari, tasviriy sanat faoliyatlari, ekskursiya va sayrlardan foydalanish zarurdir. Mashqlar bola bilan yaxshi imotsional kantaktga kirishilganda va bola diqqati bir maqsadga qaratilganda olib borish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Bolalarda aktiv lug’at boyligini shakillanishi uchun mustaqil nutqni rivojlantirish zaruriy shart xisoblanadi. Logoped mashg’ulotlarda bolaning ekspressiv nutqiga kiritishi lozim bo’lgan so’z, so’z birikmalari va jumlalarni aytadi. Bola oldida so’zlarni fonetik jixatdan to’g’ri talaffuz qilish asosiy maqsad bo’lib turmaydi. Bu davrda bolalar o’zlariga yaqin bo’lgan kishilarni nomlashni (ada, opa, oyi, dada...); oddiy ismlarni ( Lola, Vali, Umid) aytishni; iltimoslarini aytishni va boshqalarni o’rganadilar. Bolada katta nutqiga (so’ziga) taqlid qilish imkoniyati paydo bo’lgan, bir, ikki-uch bo’g’inli so’zlar ustida ish olib boriladi. Logoped tomonidan tanlab olingan so’zlar bolalar uchun tushunarli va talaffuz qilish qulay bo’lishi kerak. Avval tuzulishi jixatdan sodda, ochiq 2 bo’g’inli, so’ngra bir bo’g’inli so’zlar tanlab olinadi. Asta sekin so’zlar tuzulishi murakkablashib boradi.
Bolada lug’at boyligi kam bo’lsa ham, logoped jumla tuzish ustida ish boshlashi mumkin. Jumlalar avval 2 so’zdan iborat bo’lishi, so’ng jumlalarda so’zlar sonini ko’paytirish lozim.
Ushbu davrda gaplar ustida ish olib borilganda logoped so’zlarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzulishiga emas, balki grammatik formalarni tushunishni to’g’ri shakillantirishga katta e’tibor berish lozim.
Bu davrda nutqning tovush tomonini shakillantirish ustida olib boriladigan ishlardan avval bolada fonematik idrokni rivojlantirish asosiy maqsad qilib olinadi.
Buning uchun turli mahsus mashqlarni bajarish tavsiya etiladi:
berilgan ma’lum so’zni bir qator so’zlar ichidan topish. Logoped mashina, osmon, sichqon, mushuk, kuchuk so’zlarini aytib boradi, bola esa kuchuk so’zini eshitganda bayroqchani ko’tarishi lozim:
aytilishi bo’yicha bir – biriga o’hshash, ammo ma’no jixatdan farq qilinadigan so’zlarni ajratish ( kuz-tuz, tuz-muz...).
Tovush talaffuzini shakllantirish bu davrning asosiy maqsadi xisoblanmaydi. Lekin bu davrda ayrim artikulyatsion mashqlarni o’tkazish, tovushlarni to’g’ri talaffuzini aniqlash keyinchalik olib boriladigan individual (tovushlar talaffuzini nutqga qo’yish bo’yicha) mashg’ulotlarga qulay vaziyat yaratgan bo’ladi.
2 darajali Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash.
O’qitishning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
nutqni tushunish jarayonini intensiv ravishda rivojlantirish;
so’z boyligini aniqlash va kengaytirish asosida og’zaki nutqning oddiy (elementar) formasini rivojlantirish, oddiy grammatik kategoriyalarni amaliy o’zlashtirish;
to’g’ri talaffuz va tovushlarni ajratishni o’zlashtirish, so’zning bo’g’in tuzulishini shakillantirish.
Logopedik ish bolalarning lug’at boyligini aniqlash, uni kengaytirish va aktivlashtirishdan boshlanadi. Bolalar so’zlarini o’zgarishi va yangi so’zlarning hosil bo’lishi bilan tanishadilar. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lishga o’rganadilar.
Passiv va aktiv lug’at boyligini kengaytirish maktabgacha tarbiya dasturida ko’zda tutilgan. SHuning uchun bu vazifani nutq o’stirish mashg’ulotlarida, sayr va ekskursiya vaqtida tarbiyachi ham olib borishi mumkin.
Bolalar lug’atini boyitish bilan birga bu davrning asosiy vazifasi frazali nutqni shakillantirish ustida ish olib borishdir. Bu gapning tuzulishi, ya’ni gapni grammatik va intonatsiya jihatdan tuzulishini o’z ichiga oladi. Buning uchun nutq mashqlari sistemali olib borilishi, sodda yig’iq gapdan sekin-asta yoyiq gaplarga o’tish ko’zda tutiladi.
Gap ustida ishlash bilan birga intonatsiya ustida ham ish olib boriladi. Logoped bolalarda darak va so’roq intonatsiyasini shakillantirib boradi.
Bu ishlar jarayoni to’g’ri amalga oshirilsa bolalarning nutq aktivligi oshib boradi. Bu esa ularni bolalar va kattalar bilan aloqa qilishga chaqiradi, hamda nutqiy aloqani osonlashtiradi.
Bu davrda bolalarda diologik nutq formasini rivojlantirish ustida ish olib boriladi. Bu jarayon o’yin faoliyatida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
3 darajali Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tilning leksik va grammatik vositalariniamaliy o’zlashtirish;
nutqning tovush talaffuz tomonini shakillantirish (artikulyatsion malakalarni, tovushlarni to’g’ri talaffuzini, bo’g’in tuzulishini va fonematik idrokni tarbiyalash);
savod o’rgatishga tayyorlash, savodning birinchi elementini o’zlashtirish;
mustaqil nutqni rivojlantirish.
Nutqni amaliy shakillvanishi til qonuniyatlarini o’zlashtirish asosida ro’y beravdi. Buning uchun bolada fonematik idrok rivojlangan bo’lishi, tovushlarning to’g’ri talaffuzi va so’z tuzulishini to’g’ri idrok etishi shakillangan bo’lishi, ularni amaliyotda to’g’ri ajrata bilishi, so’zlarni ma’lum qismini ajrata olishi va umumlashtiri olishlari lozim.
Bu davrda bolalarni savodga o’rgatishga tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu vazifalarni bajarish bolalaning bilish faoliyatinirivojlantirish bilan chambarchas bog’liqdir. Bolalarda tevarak – atrofni kuzatish solishtirish va umumlashtirish qobiliyatlirini ham shakillantirish ko’zda tutiladi.
Bolalardagi nutq rivojlanmaganligini muvaffaqiyatli bartaraf etish ko’p qirrali ta’sir etish natijalariga, ya’ni nutqli va nutqsiz jarayonlarga, bilish faoliyatini faollashtirishga bog’liqdir.
Nutq rivojlanmaganligini to’g’irlash bo’yicha olib boriladigan asosiy ishlar logoped mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Logopedik mashg’ulotlar ikki turga bo’linadi:
tilning leksik grammatik tomonlarini shakillantirish bo’yicha mashg’ulot;
mustaqil nutqni rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan mashg’ulotlar.
Bular o’z ichiga quyidagilarni oladi:
A) lug’at boyligini shakillantirish;
B) nutqning grammatik tomonini to’g’ri shakillantirish;
V) mustaqil nutqni rivojlantirish;
Bu davrda ham nutqning tushunishni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ish davom ettiriladi.
Bu davrda asosiy vazifa – mustaqil nutqni shakillantirish, ya’ni to’liq, ketma-ket, sistemali ravishda fikrni bayon qilishga (o’qigan, ko’rgan voqealarni og’zaki gapirib berishga) o’rgatishdir.
Manologik nutq ustida ishlanganda quyidagilarni hisobga olish zarur: bolalarni to’liq, so’ng tanlab, keyin erkin ijodiy yondoshib gapirib berishga o’rgatish kerak.
To’liq gapirib berishga o’rgatish fikrni ketma – ket, to’la bayon etishni tarbiyalaydi.
Tanlab gapirib berish tekstdan qisqa bir temani ajratib gapirib berishni rivojlantiradi.
Ijodiy yondoshgan holda gapirib berish bola tasavvurini tarbiyalaydi, shaxsiy xayot tajribalari ta’surotlaridan foydalanishga va temaga nisbatan o’z munosabatini bildirishga o’rgatadi.
Ishni syujetli, seriyali rasmlardan foydalangan holda olib borish juda yaxshi natijalar beradi.
Seriyali syujetli rasmlar asosida xikoya tuzishga o’rgatishda quyidagi ketma – ketliklarga amal qilish tavsiya etiladi:
Logoped seriyali syujetli rasmlarni stol ustiga qo’yib bolalarga shu rasmlarga diqqat bilan qarashni taklif etadi. SHundan so’ng logoped bolalarni rasm mazmuni bilan tanishtiradi. Hikoya qilib bo’lingach har – bir bolaga rasmning bir epizodidan berib chiqiladi. Logoped xikoyani qaytaradi, chaqirilgan bola esa hikoya mazmuniga mos rasmni topishi va logoped, o’rtoqlariga ko’rsatishi kerak.
Logoped bolalarga predmetli rasmlar tarqatadi va o’zi seriyali rasmlardan biri epizodni hikoya qilib berish bilan birga ko’rsatadi. Bolalar esa ana shu epizodga mos predmetli rasmlirni ajratadilar hamda ularni nomlaydilar.
logoped hikofni o’qiydi va rasmlarni hikoya mazmuniga moslab qo’yib chiqadi, so’ng ularni yig’ishtirib qo’yadi. Keyin bolalarga mustiqil ravishda rasmlarni qo’yib chiqishni va xikoyani qaytarishni so’raydi. Agarda bola xikoya qilishda qiynalib qolsa kerakli savollar berib boriladi.
Syujetli rasmlar mazmuni bo’yicha ketma – ketlikda qo’yiladi, logoped esa uning mazmuni bo’yicha bolalarga savollar berib boradi
Bolalarga turli ketma – ketlikdagi syujetli rasmlar tarqatiladi. Logoped hikoya rejasini beradi, bolalar esa kerakli ketma – ketlikda rasmlarni qo’yib chiqishlari lozim. SHundan so’ng shu rasmlar asosida ular hikoya tuzishlari kerak.
Bolalarga bir qancha rasmlar beriladi, ular rasmlarning ketma – ketligini aniqlashlari lozim. SHundan so’ng logoped hikoya qilishni boshlaydi bolalar esa ulardagi rasmlar asosoda hikoyani davom ettiridilar.
Bolalar bittadan rasm oladilar va xar – bir bola o’z vo’lidagi rasmdarasmda nima ifodalanganligini aytadilar.bitta bola ohirida hamma rasmlar bo’yicha xikoya tuzadi; bolalar personajlar nomini mustaqil o’ylab topadilar.
Xar bir bola rasmalar seriyasini oladi. Bolaning vazifasi - rasmlar, epizodiga qarab, ularni ketma – ketlikda qo’yib chiqishlari va xar bir rasm mazmunini xikoya qilib berishlari kerak.
Hamma rasmlar aralashtirib yuboriladi, har bir bolaga 2 – 3 tadan rasm tarqatiladi. Ular qo’llaridagi rasmlarni diqqat bilan qarab chiqadilar va rasm mazmun jixatidan ketma – ketlikda kelishi uchun qo’llaridagi rasmni o’zaro almashadilar. SHundan so’ng hikoya tuzadilar.
Bolalar seriyali rasmlarni diqqat bilan qarab chiqadilar, mazmun jixatdan ularni ketma – ket qo’yib chiqadilar va rasmlarni teskarisiga aylantirib, ular mamunini gapirib beradilar.
Olgan veriyali rasmlari asosida hikoya tuzadilar. So’ng rasm mazmuni bo’yicha bir – birlariga savollar beradilar.
Bolalar seriyali rasmlar asosida hikoya tuzadilar va tuzgan xikoyalarini o’zlari nomlaydilar.
Rasmlar asosida ishlash bolalarda nutq malakalarini, diqqat va tafakkurini rivojlantiradi, logoped tomonidan bola nutqiga qo’yilgan tovushlarni esa mustahkamalanadi.
Bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda tekshirishlardan ham foydalaniladi. Tekstni tanlashda bolaning nutqi yoshi va intelektual imkoniyatlari xisobga olinadi. Tekstlar tuzulishi va mazmuni jixatdan oddiy bo’lishi lozim. Tekstning syujetlari aniq bo’lishi kerak.
Lug’at ustida ishlash tekstni o’qib bergunga qadar olib boriladi. Qiyin so’zlar rasmlar, o’yinchoqlar yoki shu so’zning sinonimlari yordamida tushuntiriladi. Bulardan tashqari bu so’zlar tovushlarni nutqda mustaxkamalash uchun o’tkaziladigan maxsus mashqlarga ham qo’shib yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |