Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 3,43 Mb.
bet43/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Birinchi davrda – ota – onalar bilan suxbat o’tkazadi. Suhbat davomida logoped ota-onalar orqali bolaning rivojlanish tarixini aniqlaydi va nutq kartasini ma’lum punktini to’ldiradi. Bola xujjatlarini o’rganib chiqadi.

Ikkinchi davrda – logoped bola nutqining hamma komponentlarini , tekshirib olingan ma’lumotlar asosida logopedik xulosa chiqaradi.

Uchinchi davrda – bolani o’qitish jarayonida logoped bolada dinamik kuzatuv o’tkazadi va defekt ko’rinishlarini anqlaydi.

Bolalarni tekshirishga kirishilganda uning fiziologik eshituv qobiliyatini, intelektual xolati xaqidagi malumotga ega bo’lish va erta nutqiy rivojlanish bilan tanishib chiqish lozim. Ota onalar bilan bo’lgan suxbatda logoped bolaning qanday oilada tarbiyalanganligini, bolalar bog’chasiga borish bormasligini, uni qanday muxit o’rab turganligini, ota-onalar bolaga qanday tarbiya berishlarini, boladagi nutq nuqsoni ularni qanday tashvishga solganligini aniqlaydi. Bola oldin logopedik mashg’ulotlarga borgan yoki bormaganligini aniqlash va qanday natijalarga erishganligini bilish katta ahamiyatga egadir.

Suhbat jarayonida bolaning kontaktga qanday kirishishi unda frazali nutqning qanday rivojlanganligi aniqlanadi. Logoped suxbatni shunday o’tkazishi kerak-ki, bunda bola grommatik formalardan qanday foydalanishi, lug’at xajmi, tovush talaffuz xolatini aniqlash imkonini berishi lozim. Bunda bolaga tanish bo’lgan mavzulardan (mevalar, sabzavotlar, mebellar...) suhbat o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi va tavsiya etiladi.

Bola nutqining leksik tomonini tekshirishda faqatgina ot, fe’l, sifatlarning miqdoriy jixatdan emas, balki ularning mustaqil nutqda foydalana olishni ham tekshirish kerak.

Bolalarni kuzatish jarayonida, suxbat davomida ular nutqining tovush talaffuz tomoni qay darajada ekanligi aniqlanadi. Bolaning fonematik idrokini rivojlanish darajasi tekshiriladi. Bunda bolaga quyidagi vazifalar beriladi:

A) pa-ba-pa, da-ta-da tipidagi bo’g’inlarni eslab qolish va logoped ketidan to’g’ri qaytarish;

B) bir qat or so’zlar ichidan kerakli so’zni topish;

V) malum tovush ishtirokida rasmlar topish;

G) ma’lum tovushga mustaqil ravishda so’z topish.

Bog’langan nutqni tekshirishda oddiy syujetli rasmlardan hamda seriyali rasmlardan foydalaniladi. Ularni tanlashda bolaning yoshi, individual ruhiy xususiyatlari xisobga olinadi. Bog’langan nutqni tekshirishda “Biz o’ynayapmiz”, “Uy va yovvoyi xayvonlar” shuningdek maktabgacha yoshdagibolalarning tovushlar talaffuzini tekshirishda esa didaktik materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolaning nutq na’munasi nutq kartasiga yoziladi.



Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish