Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet6/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Altar
Almoravlar – dastlab 1039-1043-yillarda Senegal va Sahroi Kabirda Abdulla ibn Yasin al Gʻuzuliy tomonidan asos solingan musulmon diniy birodarligining nomi boʻlib, keyinroq XI asr oʻrtalarida hozirgi Marokash, Jazoir, Ispaniya va Portugaliya hududida Abdulla ibn Yasin izdoshlari – berberlar tomonidan tashkil etilgan davlat; shuningdek undagi hukmron sulolaning nomi. Sulola nomi ular qurgan qal’a-qoʻrgʻon (arabcha “ribat”) bilan bogʻliq boʻlib, “al-murabitun”, ya’ni “ribotda yashovchilar”dan kelib chiqqan. 1086-yilda Zallak yonidagi jangda A. amiri Yusuf ibn Tashfin xristian qoʻshinlarini yengib, rekonkistani ma’lum muddatga toʻxtatdi. Uning vorislari Andalusiya madaniyatiga singib ketishdi va qattiq asketizmdan hashamat va maishtbozlikka berilib ketadi, bu esa ularga boʻysinuvchilarning noroziligiga sabab boʻldi. Viloyat noiblari, jumladan, sulola vakillari A. amirlari hokimiyatini nomigagina tan ola boshladilar. 1146-yilda A. poytaxti Marokash almoxadlar tomonidan egallandi.
Almoxadlar (arab. “yakkaxudochilar”; isp. almohades) – Shimoliy Afrika va musulmon Ispaniyasidagi sulola va davlat (1121−1269). Dastlab Muhammad ibn Tumart boshchiligida diniy birodarlik sifatida vujudga kelgan. U almoravlarga qarshi urush e’lon qildi (1121), xalifalik unvonini olgan (1130) uning vorisi Abd al-Moʻmin 1146-yilda Marokashni egallab, Almoravylar hokimiyatiga chek qoʻydi. Keying yurishlar (1151-53 va 1159-60) natijasida A. butun Magʻrib va Al-Andalusni oʻziga boʻysundirdi, qirgʻoq shaharlaridan normanlarni quvib chiqardi. A. etnik asosini sanxaj va zenat koʻchmanchi qabilalari raqobatchisi boʻlgan togʻlik berber qabilalariga mansub masmudlar tashkil qilgan. A. davlati Almoraviylarga qarshi kurash natijasida tashkil topdi. Abdulmoʻmin davrida (1161) davlat hududining eng katta kengayishi kuzatilgan. Rekonkista natijasida parchalanib ketgan.
Altar (lot. altaria, altus – yuqori soʻzidan) 1) Xristian ibodatxonalarining oldi (sharqiy) qismida joylashgan baland, ensiz parallelepis yoki stolcha koʻrinishidagi diniy inshoot. Qurbonlik qiladigan joy ramzini anglatgan. Kelib chiqishi majusiy diniy e’tiqodlarga borib taqaladi. Ma’jusiy e’tiqodlarda A.lar baland joylarda boʻlib, u yerda qurbonlik olovlari yoqilgan yoki boshqa koʻrinishdagi qurbonlik keltirilgan. Xristianlikda A.lar qurbonlikni bildiruvchi ramziy koʻrinishga aylandi, u yerda muqaddas diniy ashyolar – shamlar, xochlar, butlar rasmi va boshqalar qoʻyilgan; 2) A. uchun ajratilgan ibodatxonaning butun sharqiy qismi.
Alting (isl. altingi, “umumiy yigʻilish”) – Islandiyadagi veche, xalq yigʻini. Birinchi marotaba 930-yilda orolning janubi-gʻarbida Tingvedlir degan joyda chaqirilgan. Oʻsha paytlardla A. yigʻilishida barcha ozod erkaklar ishtirok etishlari mumkin boʻlgan. Avval boshda A. nafaqat qonunlar yoki qarorlar qabul qilinadigan yigʻilish boʻlgan, balki u bahslar va nizolar ham koʻriladigan sud funksiyasini bajargan. To 1798-yilgacha muntazam ravishda chaqirilib turilgan. Barcha kishilarning qatnashishi uchun odatda yoz vaqtlarida chaqirilgan. Dunyodagi eng qadimiy parlamentlardan biri sifatida qaraladi. Mazkur kengash qabul qilgan ayrim qadimiy qonunlar hozirgi vaqtgacha Islandiyada amalda boʻlib kelmoqda. Misol uchun orol sarhadlaridan tashqariga chiqib ketadigan otlar, xoh u sport oʻyinlari uchun boʻlsin, mamlakatga qaytishi taqiqlangan. Ushbu qonun 982-yilda A.da qabul qilingan va hanuzgacha oʻzgartirilmagan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish