Familiarlar – Vengriyada mayda feodallar qatlami.
Fanatizm (lot. asabiy, jazavali) – oʻz e’tiqodiga oʻta ketgan darajada mutaassib boʻlish, boshqalarning qarashlariga murosasiz boʻlish.
Farishtalar (Yevropa tillarida angellar) (yunon.angelos, lot.angelus – xabarchi, elchi) – iudaizm, xristianlik, islom va b. ba’zi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayri-tabiiy mavjudot. F. son-sanoqsiz boʻlib, har biri ma’lum vazifani bajaradi. Mas. islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi F.lar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), Alloh taxtini osmonda koʻtarib turuvchi va b. xizmatlarni bajaruvchi F.lar mavjud deb qaraladi. Bu F.lardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh F. hisoblanadi. Dastlab iudaizm dinida F. tilga olingan boʻlib, keyinchalik xristian diniga ham shu dindan kirib kelgan. Xristianlikda ham huddu islomdagi singari 4 F. asosiy deb hisoblangan: Mixail. Rafail, Gavriil, Uriil (ular ismida "il" qoʻshimchasi "Xudo" ma’nosini anglatgan). Bosh F. Mixail boʻlib, uning ismi "Xudo singari" degan ma’noni anglatgan, Gavriil Xudoning xabarchisi, Rafail–davolovchi. Uriil–tavba F.si hisoblangan.
Fars (lot. farsio–boshlayman) – oʻrta asr dramaturgiyasining eng ommabop janrlaridan biri boʻlgan. XIII asrda vujudga kelgan janr Uygʻonish davri arafasida gullab-yashnagan. Mazkur janr shaharliklarga xos boʻlib, yozuvchilar tomonidan ham maxsus shaharliklar uchun yozilgan. Asosiy qahramonlari dehqonlar va dvoryanlar boʻlib, ularning shaharliklar bilan munosabatlari syujet sifatida olingan. Oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan F.lar sifati-da “Loxan”, “Advokat Petelen” va boshqalarni koʻrsatib oʻtish mumkin.
Favorit (frans., lot. xayrixoh, moyil) – yuqori martabali shaxsning (qirol, vazir va shu kabilarning) yoqimtoyi. Shu holat evaziga u koʻplab imtiyoz va daromadlar olgan.
Fayda (lot. faida – koʻra olmaslik) – germanlarning turli qabilalari haqiqatlarida urugʻlar va urugʻlar oʻrtasida yuzaga kelgan dushmanlikni anglatgan. Boshqa ma’nosi esa biror–bir jabr koʻrgan tomonning boshqa tomonga urush boshlashini anglatgan. Mazkur holat mamlakatlarning birlashishiga va markazlashgan davlatlarning tashkil topishiga toʻsqinlik qilgan.
Fayn – yerni ijaraga yangitdan olganlik uchun kopigolderlar yer egasiga (lordga) toʻlaydigan toʻlov. Chunki kopigolderlar toifasining huquqlari yomon himoyalangan. Ularning koʻpchiligining yer maydonlaridan faqat 21 yil foydalanishi mumkin boʻlgan. Otasi “foydalangan” yerni uning oʻgʻliga yangi muddatga berish masalasi lordning xohishiga bogʻliq edi. Yerni yangi muddatga ijaraga rasmiylashtirish uchun “yangi” (sobiq yoki boʻlgʻusi) ijarachi-dehqon F. toʻlagan. Agar lord oldingi ijarachiga keyingi muddatga qoldirishni istamasa F. miqdorini u toʻlay olmaydigan darajada katta belgilagan. Shu tariqa kopigolderlar lizgolderlar toifasiga oʻtib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |