Yerisiarx (yunon.hairesis – ta’limot, arche – hokimiyat) – asoschi, daxriylar harakati boshligʻi.
Yetti erkin san’at – oʻrta asr maktablari va universitetlarida oʻqitilgan asosiy fan. Ye.E.S. grammatika, dialektika (mantiq), notiqlik – quyi pagʻona boʻlib, “trivium”ni tashkil etgan hamda arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa – yuqori pagʻona boʻlib, “kvadrium”ni tashkil etgan, iborat boʻlgan. Aslida antik maktablarda oʻqitilgan “Erkin san’at” fanining asosida shakllangan. Sababi mazkur fan erkin kishilar tomonidan oʻrganilgan. V asrda Marsian Kapella oʻzining “Filologiya va Merkuriy nikohi toʻgʻrisida” nomli toʻplamida “Ye.E.S.” fanlarini tuzib chiqadi va unda Rim olimi va yozuvchisi Mark Terensiy Varron (mil.avv 116-27) tomonidan kiritilgan tibbiyot va me’morchilik haqidagi bilimlarni uning tarkibiga ham qoʻshadi. Boesiy va Kassiodor davrida “Ye.E.S.” ikki guruhga boʻlinib, ular trivium (grammatika, notiqlik va dialektika) va kvadrium (arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa) ga ajratilgan. Grammatika fani XIV asrgacha Eliya Donata tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida lotin tilida oʻqitilgan. Grammatikani oʻqitishda bir nechta antik davr mualliflari asarlaridan foydalanilgan. Notiqlikdan alohida tanlangan oʻqituvchilar ta’lim berishgan. Dialektika esa tez fikrlashga va muammoli vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilishga oʻrgatgan. Arifmetika fanida cherkov daromadlarini hisoblash, bayramlar kunini toʻgʻri tanlash va shunga oʻxshash boshqa hisob-kitoblar oʻrgatilgan. Geometriya fani oddiy geometrik shakllar bilan birga kosmografiya va geografiyaga oid ma’lumotlarni ham oʻrgatgan. Unda fantastik va afsonaviy yerlarning mavjudligi, ularning tasnifi borasida ham darslar oʻtilgan. Astronomiya “Osmon yoritgichlarining harakatlari haqidagi fan” deb nomlanib, uning asosiy qoidasi geosentrizmga asoslangan boʻlib, yulduzlarga qarab inson taqdirini bashorat qilishni oʻrgatgan. Musiqada cherkov ashulalarini aytish va shunga oʻxshash boshqa musiqalarni oʻrgatgan.
Yetti qabila ittifoqi– VII asrda Bolqon yarim orolida slavyanlarning qabilalararo ittifoqi. Bulgʻorlar va boshqa slavyan qabilalari bilan birga boʻlajak davlat – Birinchi Bolgar podsholigi va Bolgar xalqining shakllanishiga asos boʻldi. Dastlab taxminan shuncha qabilalarni birlashtirgan, lekin qabilalarning haqiqiy soni sifatida qabul qilinmaydi.
Yevropa – Yevroosiyo materigining kichik bir qismi. Y. soʻzining etimologiyasi haqida turli qarshlar mavjud. Ulardan nisbatan keng tarqalgan gipotezaga koʻra Y. atamasi antik davrda paydo boʻlgan semit tilidagi “Ereb” – “Gʻarb”, yani “quyosh botishi” degan tushunchani anglatadi. Qadimgi Yunonistonda Y.ni Egey va Qora dengiz Osiyodan, Oʻrtayer dengizi Afrikadan ajratib turuvchi alohida materik deb hisoblaganlar. Amerika qit’asi kashf qilingandan keyin (1492-y.) ushbu hududlar “Yangi dunyo” nomini olishi bilan Y. Osiyo va Afrikaning osha paytlarda insoniyatga ma’lum qismi bilan “koʻhna dunyo”ga (Afroyevroosiyo) aylandi.