Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Yomen – Angliyada shaxsiy ozod dehqonlardan boʻlgan oʻziga toʻq qatlami. Yustinian kodekslari



Download 1,74 Mb.
bet190/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Yomen – Angliyada shaxsiy ozod dehqonlardan boʻlgan oʻziga toʻq qatlami.
Yustinian kodekslari – II-VI asrlardagi Rim imperatorlarining chiqargan farmonlari, qonunlari (konstitutsiyalari) toʻplami. Ushbu toʻplamni yaratishdan koʻzlangan asosiy maqsad oldingi qonunchilikni qarab chiqish, zamon talabiga mos ravishda uni qayta ishlash, eskirgan qonunchilik hujjatlarini toʻgʻirlash, keyingi nashrlar bilan toʻldirish va bu ma’lumotlarni tizimlashtirishdan iborat boʻlgan (bunda qonunchilikka imperator hokimiyatining cheklanmaganligini aks ettirish e’tiborga olingan). Ushbu tadbirning tashabbuskori Vizantiya imperatori Yustinian I boʻlgan. Yu. k. 12 kitobdan iborat (529-yildan 534-yilgacha chiqarilgan qonunchilik hujjatlarini toʻplagan). U huquqiy hujjatlar toʻplami boʻlgan “Fuqaro huquqlari majmui”ning tarkibiy qismini tashkil etgan.
Yuz yillik urush (1337-1453-yy) – Angliya va Fransiya oʻrtasidagi siyosiy qarama-qarshilik natijasida boshlangan va tarixda eng uzoq vaqt davom etgan urush. Kurash Anju, Normandiya, Giyena va Flandriya uchun boʻlib oʻtgan. Tomonlarning ziddiyati XI-XII asrlarga borib taqaladi. Asosiy kurash obyekti Akvitaniya va uning gʻarbiy qismi boʻlgan Giyena uchun boʻlib, Fransiya Angliyadan uni tortib olishga harakat qilgan. Undan tashqari, XIV asr boshlarida Gaskon hududlari ham huquqiy jihatdan Angliya qiroliga tegishli boʻlgan. Flandriya feodallari kapetinglarga sodiq boʻlishgan, ammo Flandriya shaharlari savdo va iqtisodiy jihatdan Angliyaga kuchli bogʻlanib qolgan. Flandriya ingliz junining asosiy xaridori boʻlsa, Angliya Flandriyadan tayyor movutni sotib olgan. Voqealar rivoji 1328-yilda oxirgi kapetinglar vakili Karl IV vafotidan keyin boshlangan. Shu sabab fransuz taxtiga Filipp IV (Fransiya qiroli) ning qiz tomondan nabirasi 16 yoshli ingliz shahzodasi Eduard III ning nomzodi Angliya tomonidan koʻrsatiladi. Bu esa Eduard III ga Angliya va Fransiyani bir hukmdor tomonidan boshqarilishi uchun imkon berardi. Fransiya huquqshunoslari “Sali haqiqati” asosida qiz farzand tomonidan merosga da’vo qilib boʻlmasligi ta’kidlagach, Eduard III oʻz maqsadiga qurol yordamida erishishni rejalashtirdi. 1337-yilda ikki tomon ham urushga holatiga kelib qoldi va Eduard III Fransiyaga qarshi urush e’lon qiladi. Yuz yillik urushni 4 davrga boʻlish mumkin. 1) Eduard III urush e’lon qilgandan 1360-yilga qadar, ya’ni Bretini shartnomasigacha boʻlgan davr. Birinchi davrda 1340-yil Sleysi, 1346-yil Kresi va 1356-yil Puatye yaqinida yirik janglar boʻlib oʻtgan. Undan tashqari 1356–1358-yillarda Parij va Jakeriya qoʻzgʻalonlari boʻlib oʻtgan. Imzolangan Bretini shartnomasiga koʻra Fransiya oʻz hududining 1/3 qismidan ajraldi; 2) 1369–1396-yillar ikkinchi bosqich boʻlib, bu davrda Fransiyada ogʻir soliqlar sabab mayotenlar, tyushenlar, kaboshyenlar kabi qoʻzgʻalonlar yuz bergan. Armanyaklar va burgundiyaliklar kabi feodal partiyalarining bir-biriga dushmanligi Fransiyani yanada zaiflashtirgan; 3) 1415-1420-yillarda urushning uchinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Angliya qiroli Genrix V fransuzlarni Azenkur yaqinida magʻlub qiladi. Fransiya pulsiz va armiyasiz qolib, 1420-yilda imzolangan Trua shartnomasiga koʻra Genrix V Fransiya qiroli Karl VI ning vafotidan keyin Fransiya qiroli boʻlishi qonuniylashdi; 4) 1420–1453-yillar urushning toʻrtinchi davri boʻlib, uning asosiy janglari Fransiya janubiga oʻtish yoʻlidagi Orlean shahri uchun boʻlib oʻtgan. Janna d`Arkning jasorati sabab Fransiyadan inglizlar quvib chiqarilgan. 1429-yilda Orlean, 1436-yilda Parij va 1452-yil amalda butun Fransiya ozod qilib boʻlindi. 1453-yil 19-oktabrda Bordo inglizlar tomonidan fransuzlarga topshirildi va shu sana urushning tugagan sanasi sifatida koʻrsatiladi. Angliya qoʻlida faqatgina Kale porti qoladi.
Yarl (qad.skan.) – oʻrta asrlar Skandinaviya ierarxiyadagi oliy unvonlardan biri, shuningdek, zodagonlar toifasi. Dastlab qabila boshligʻini anglatgan boʻlsa, keyinchalik mamlakatning oliy hukmdori unvonini bildira boshlagan. Milliy davlatlar paydo boʻlgandan soʻng Y.lar hukmdorning ishonchli kishilariga aylanib, joylarda uning hokimiyatini amalga oshirgan. XIV asr boshlariga kelib, bu atama (Islandiyadan tashqari) muomaladan chiqib ketdi. Shvetsiyada ham shu ma’noda qoʻllanilib, dastlab saylab qoʻyiladigan hukmdor va qoʻshin boshligʻini anglatgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish