137
3. Jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor bo‘lishga
qaraganda afzalroq biladigan, ya’ni jinoiy ta’sir yuqqan shaxslar.
4. Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi
shaxslar. Jinoiy qilmish sodir etish ular uchun o‘z-o‘zidan ehtiyojga
aylanadi. Bular professional jinoyatchilardir. Bunday shaxslar doimo
jinoiy tajovuz predmetini izlaydilar, ularning jinoiy xatti-harakat
usullari
stereotiplashgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo‘ladi. Bular
ijtimoiy jihatdan eng xavfli jinoyatchilardir.
5. Impulsiv huquqbuzarlar. Ayrim hayotiy vaziyatlar ularni birdan
(spontan) noqonuniy xatti-harakatga undaydi. Bunday tipdagilar asab-
ruhiy zo‘riqish kuchaygan sharoitda tezda «o‘zidan ketadi», darhol
tajovuz, tus oladilar. Ular ayniqsa alkogol va narkotik vositalardan mast
bo‘lganda o‘zlarini yaqqol namoyon etadilar. Ko‘p hollarda ushbu tipning
jinoiy xulqini jinoyat qurbonining viktim xatti-harakati keltirib chiqaradi.
Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos umumiy asos – g‘ayriijtimoiy xatti-
harakat stereotiplarining shakllanganligi, ichki ijtimoiy nazorat
darajasining pastligi.
Jinoiy xulqning ushbu tipidagi turlaridan biri – g‘ayriijtimoiy guruh-
larga nisbatan haddan tashqari «kelishuvchanlik» (konformlik), guruhiy
g‘ayriijtimoiy qilmishlarda ishtirok etishga oson ko‘nish, «olomonsifat»
xulqqa moyillik.
Jinoiylashgan shaxslarning barcha tiplari jinoiy maqsadni belgilash
psixologik mexanizmining xususiyatlari, muayyan turdagi jinoiy
qilmishlarga shaxsiy moyilligi bilan ajralib turadi. Muayyan turdagi jinoiy
xulqqa moyillik mezoni bo‘yicha jinoyatchilarning zo‘ravonlik, qasd
hamda kuch ishlatib amalga oshiriladigan qasd tiplari ajratiladi. Biroq
ushbu tiplar ichida ham jinoiy xulqning yetakchi motivlari va odatiy
usullari bilan bog‘liq o‘ziga xos farqlar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, motiv – shaxsiy ma’no (mazmun) va muayyan tashqi
hamda ichki sharoitlarda qiymatga ega bo‘lib, bajarilishi mumkin bo‘lgan
muayyan aniq harakatga ongli, anglangan intilish.
Shaxsning barqaror motiv asosida yo‘nalganligi –
jinoyatchi shaxs-
larning muhim tipologik xususiyati. Shu asosga ko‘ra, quyidagi jinoiy
tiplarni ajratish mumkin:
1) axloqiy qarorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
2) qulay sharoitlarda odatiy, stereotiplashgan jinoiy xatti-harakat
motivlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
3) muayyan hodisalar, muayyan guruh shaxslar, muayyan huquq
bilan muhofaza etiladigan qadriyatlarga barqaror salbiy munosabatga ega
138
bo‘lgan jinoyatchilar. Bu motivlar tegishli obyekt jinoiylashgan tip ongi
doirasiga tushgan zahoti o‘z-o‘zidan shakllanadi;
4) jinoiy qo‘zg‘alishi disforiya, g‘azablanish,
yuqori affektatsiya,
autizm, ijtimoiy begonalik hissi tufayli yuzaga keladigan jinoyatchilar.
Xarakterining aksentuatsiyasi bilan bog‘liq motivlar ham shunga kiradi;
5) o‘ziga xos «majburiy» jinoyatchilar – jinoyatlarni ular go‘yoki
chorasiz vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir
etadilar;
6) gedonistik jinoyatchilar – ularning jinoyatlari utilitar ehtiyojlari
haddan tashqari ortib ketgan sharoitda va ularni qonuniy yo‘l bilan
qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganida yuzaga keladi. Bunday jinoyatchi-
larning barcha ehtiyojlari sohasi ehtiyojlarning yuksalishi vektori, yuksak,
ma’naviy-axloqiy darajadagi ehtiyojlarning cheklangani hamda quyi
darajadagi ehtiyojlar, asosan gedonistik (sodda-lazzatlanish) darajada
haddan tashqari kengayib ketishi bilan ajralib turadi. Hukmronlik,
ustunlik qilish, buzib talqin etilgan o‘zini qaror toptirish
motivlari ham
shunga kiradi;
7) barqaror g‘ayriaxloqiy mayllari, ijtimoiy salbiy ehtiros va
intilishlari bo‘lgan maniakal jinoyatchilar. Ko‘p hollarda ular spirtli
ichimlik va narkotiklarga bog‘liqlikka, psixopatologik xususiyatlar va
jinsiy buzuqlikka chalingan bo‘ladilar.
Jinoyatchi shaxsining barcha motivatsion xususiyatlari ularning
jinoiy xatti-harakatiga xos barqaror usullar, tegishli uquv va ko‘nikmalari
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, jinoiy tip muayyan shaxsning jinoiy ahamiyatga ega
bo‘lgan quyidagi xususiyatlari tizimi bilan hosil bo‘ladi:
1) shaxsning jinoyatga berilganlik darajasi;
2) asosan jinoiy harakatlari qaratilgan obyekti;
3) jinoiy motivlarining ustun turi;
4)
jinoyat
sodir etishning barqaror, yaxshi ishlangan usullari,
jinoyatchi shaxsining ong ostida stereotiplashgan sohasi;
5) ruhiy o‘zini boshqarishning umumiy nuqsonlari (anomaliyalari).
Jinoiylikning ushbu barcha tarkibiy qismlari, garchi turlicha kelib
chiqishga ega bo‘lsa-da, o‘zaro bog‘liqdir. Individning jinoiy xislatlari
uchun asosiy generator vazifasini umumijtimoiy (makromuhit) va mikro-
muhitdagi sharoitlar bajaradi. Mikromuhit sharoitlari
orasida esa shaxs-
ning jamiyatda tarbiya olayotgan dastlabki davrlaridagi jinoyatchilar
muhiti, jinoiy submadaniyat katta ahamiyatga ega. Ammo bu shaxs uchun
relevant ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi.
139
Jinoyatchining jinoiy muhitga, jinoiy submadaniyatga «mosligi» ham
uning muhim tipologik xususiyatlaridan biridir.
Jinoiy submadaniyat nafaqat jinoyatchilarning jinoiy jipsligi omili,
balki jinoiy tajribani yangi avlodlarga berish, salbiy ijtimoiylashuv
vositasi hamdir.
Yengish qiyin bo‘lgan jinoiy submadaniyatning ijtimoiy xavfi
jinoyatchilar muhitining jipsligida, jinoiy romantika muhitining yaratili-
shida bo‘lib, u yoshlarning ijtimoiy beqaror qismini o‘ziga tortadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jamiyatda shakllangan
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar jinoyatchilarning o‘ziga xos barqaror tiplarini
shakllantiradi. Ularning jinoiy yo‘nalganligi
ijtimoiy boshqaruv, ijtimoiy
nazoratdagi kamchiliklar, jinoiy tajovuz obyektlarining ko‘payishi,
huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi jiddiy nuqsonlar, hokimiyat
tepasidagi amaldorlarning korrupsiyaga berilganligi, umumijtimoiy va
huquqiy ijtimoiylashuv kamchiliklari bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: