A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Jinoyatchi shaxsining tipologiyasi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

7.3. Jinoyatchi shaxsining tipologiyasi 
 
Jinoyatchi shaxsining tipologiyasida uch darajani farqlash lozim: 
1) jinoyatchining umumiy tipi;  


 134 
2) muayyan toifadagi jinoyatchining shaxsi; 
3) muayyan turdagi jinoyatchining shaxsi.  
Bu darajalar bir-birlari bilan umumiylik, maxsuslik va yakkalik kabi 
munosabatda bo‘ladi. 
Shaxsning ijtimoiy o‘zagini uning yo‘nalganligi, hayotiy munosa-
batlari tizimi, motivli-qadriyatli mo‘ljallari tashkil etgani bois, bu 
o‘zakning o‘zi jinoyatchi shaxsining tipini belgilashi lozim. 
Jinoyatchidagi tipik xususiyatning mezoni – avvalo, uning ijtimoiy 
xavflilik darajasi, g‘ayriijtimoiy buzilganlik me’yoridir. 
Ushbu mezonga ko‘ra jinoyatchilarning uch tipini ajratish mumkin: 
• g‘ayriijtimoiy (ashaddiy); 
• noijtimoiy (kamroq ashaddiy); 
• ruhiy boshqaruv nuqsonlari bo‘lgan jinoyatchi shaxsi tipi 
(tasodifiy). 
Ashaddiy jinoyatchilar qadriyatlari va mo‘ljallarining yo‘nalishi 
mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi. 
1. G‘ayriijtimoiy g‘arazli yo‘nalishdagi jinoyatchilar. Jinoyatchilar-
ning bu guruhi jamiyatning asosiy ne’mati – moddiy boyliklarning 
taqsimlanishiga tajovuz qiladilar. Bu yerda jinoyatchilarning to‘rt kichik 
guruhi ajratiladi: 
–  g‘arazli xo‘jalik (tovarlarni soxtalashtirish, sog‘liq to‘lashdan, 
litsenziya olishdan bo‘yin tovlash va h.k.) jinoyatlarini sodir etuvchi 
shaxslar; 
– g‘arazli xizmat (xizmat lavozimini suiiste’mol qilish, mijozlarni 
aldash, pora so‘rash orqali talon-taroj qilishlar) jinoyatlarini sodir etuvchi 
shaxslar; 
– o‘g‘rilar – mulkni yashirincha talon-taroj qilish bilan bog‘liq 
g‘arazli tajovuzlar (o‘g‘riliklar); 
– firibgarlar (hujjatlarni qalbakilashtirish, aldab tovlamachilik qilish 
va h.k.). 
2. G‘ayriijtimoiy g‘araz va zo‘ravonlik yo‘nalishidagi jinoyatchilar – 
shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilish bilan g‘arazli tajovuzlarni amalga 
oshiradigan shaxslar (zo‘rlik bilan tovlamachilik qilish, talonchilik, 
bosqinchilik hujumlari). 
3. Insoniylikka zid, tajovuzkorona yo‘nalishdagi jinoyatchilar – bosh-
qa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va shaxsiy qadr-qimmatiga nihoyatda 
mensimay munosabatda bo‘ladigan shaxslar. Bu guruhda quyidagi kichik 
guruhlar ajratiladi: 
–  bezorilar; 


 135 
–  ashaddiy bezorilar; 
– haqorat va tuhmat orqali shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga ziyon 
yetkazuvchi shaxslar; 
– shaxsga qarshi tajovuzkorona zo‘ravonlik harakatlari – qotillik, 
nomusga tegish, badanga shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etuvchi 
shaxslar. 
Psixoregulyatsion asoslarga ko‘ra, jinoyatchining ruhiy jihatdan 
o‘zini boshqarishdagi nuqsonlari bilan ajralib turadigan tipini – jinoyatni 
birinchi marta va sharoit taqozosi bilan sodir etgan shaxslar tipini 
ajratamiz. Sodir etilgan jinoyat ushbu shaxsning xatti-harakatiga xos 
bo‘lgan holda umumiy tipga zid keladi. Jinoyat uning uchun tasodifiy 
bo‘lib, ruhiy jihatdan o‘zini o‘zi boshqarishidagi ayrim nuqsonlari bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Bular jinoiy vaziyatga qarshi tura olmagan shaxslardir, 
ularning shaxsiga xos xususiyatni o‘zini boshqarish darajasining pastligi
xulqining vaziyat bilan bog‘liqligi tashkil qiladi. 
O‘zini boshqarish nuqsonlari bo‘lgan jinoyatchilar tipini to‘rt 
guruhga ajratamiz: 
• beparvolik, harakatsizlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar; 
• o‘ziga haddan tashqari ishonish natijasida jinoyat sodir etadigan 
shaxslar; 
• kuchli ruhiy hayajon natijasida va boshqa shaxslarning g‘ayriqonu-
niy harakatlariga javoban jinoyat sodir etadigan shaxslar; 
• vaziyatga moslasha olmagani bois jinoyat sodir etadigan shaxslar. 
Qayta ijtimoiylashuv darajasi bilan bir qatorda qadriyatli yo‘nalish-
dagi nuqsonlar bilan individualist jinoyatchining shaxsini jinoiy guruh 
a’zosi bo‘lgan jinoyatchi shaxsidan ajratish lozim. Jinoiy guruh a’zosi 
bo‘lgan jinoyatchining muhim jinoiy belgisi uning guruhiy mavqei, jinoiy 
guruhda bajaradigan vazifasidir. 
Jinoyatchi shaxsining tasnifi jinoiy huquqiy tasnif – jinoyatchi 
shaxsining ijtimoiy xavfliligi darajasi bilan muvofiq kelishi kerak. Jinoyat 
qonunchiligi normalarida ijtimoiy xavf, uning darajasiga aniq ta’rif 
berilmagan. Og‘irlik darajasining uncha og‘ir bo‘lmagan, o‘rtacha 
og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar turlari keltirilgan. 
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qonunda sodir etilgani uchun 
nazarda tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati ikki 
yildan oshmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 
qilmishlar kiritilgan. 
O‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlarga qonunda sodir etilgani uchun 
nazarda tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati besh 


 136 
yildan ortmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 
jinoyatlar kiradi. 
Og‘ir jinoyatlar deganda, qonunda sodir etilgani uchun nazarda 
tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati o‘n yildan 
ortmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar 
tushuniladi. 
O‘ta og‘ir jinoyatlar deganda, qonunda sodir etilgani uchun nazarda 
tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati o‘n yil va undan 
ko‘p bo‘lgan qasddan (avvalgilaridan farqli ravishda faqat qasddan) sodir 
etilgan jinoyatlar tushuniladi. 
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasi sodir etilgan qilmish-
ning ko‘pligi, ularning shakl va turlari bilan bog‘liq emas. Bu jinoyatchi 
shaxsiga tabaqalashgan holda yondashish imkoniyatini kamaytiradi. 
Jinoyatning og‘irligi bu o‘rinda shaxsning chuqur jinoiylashganligi 
bilan tavsiflanmaydi. Baho qilmishni sodir etgan shaxsga emas, balki 
qilmishning o‘ziga beriladi. 
Ayni vaqtda jinoyatchining har bir tipi «shaxs sxemasi»ga – ehtiyoj 
va motivlar yo‘nalishiga ega xususiyatlar hamda shaxsning jinoiylashuv 
darajasini ifodalovchi vosita va xulqlar xossalariga ega. 
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar orasida jinoyatchining «tipini» 
ajratishmaydi, chunki hali ular shaxs sifatida shakllanmagan bo‘ladilar. 
Voyaga yetmaganlarining jinoyatlari aksariyat hollarda muayyan ijtimoiy 
yo‘nalishning barqaror ustunligiga emas, balki ularning motivlari sohasi 
beqarorligiga bog‘liq. 
Jinoyatchilar ularning jinoiy-huquqiy mezoniga ko‘ra ana shunday 
tiplarga bo‘linadi. Biroq, axloqiy tip sifatida, jinoyatchi shaxsi huquqiy 
ongi darajasi, individning jinoyat sodir etishga tayyorligi mezonlari 
bo‘yicha ham tasniflanishi mumkin. Ushbu mezon bo‘yicha quyidagi 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish