140
• eng kichik shaxsiy muvaffaqiyatsizlikdan haddan tashqari ta’sirla-
nish, ularni ijtimoiy jihatdan adekvat qoplashga qobiliyatsizlik;
• autiklik (jamiyatdan begonalashganlik);
• hissiy jihatdan nihoyatda beqarorlik,
yuqori darajadagi jizzakilik,
qasoskorlik, ruhiy notayinlik, kayfiyatning tez o‘zgarishi, disforiya;
• da’vogarlik darajasining nihoyatda yuqoriligi;
• ekstremal vaziyatlarda bo‘lishga moyillik, ularni faol yuzaga
keltirish;
• o‘zini ko‘rsatishga moyillik;
• o‘zlariga xos hissiy nuqsonlarni doimo giperkompensatsiyalashga
intilish.
Ushbu toifadagi jinoyatchilarning salbiy xislatlari
ijtimoiy nazorat
yetarli bo‘lmagan, nihoyatda salbiy mikromuhit sharoitida shakllanadi.
Ushbu xulq shakllanishining muhim omillariga quyidagilar kiradi:
• bolalikdagi emotsional zo‘riqish;
• oila va ijtimoiy foydali guruhlardan ajralish.
Ularning hayoti va faoliyatida tajovuzkor xulq doimo ustunlik qilgan,
boshqalarga zarar yetkazishga barqaror tayyorlik shakllangan.
Zo‘ravonlikka asoslangan jinoyatlarda ko‘pincha shafqatsiz tajovuz-
korlik namoyon bo‘ladi, og‘ir jismoniy va ruhiy shikastlar yetkaziladi.
Tajovuzkor xulqning bu tipi shaxsning chuqur buzilganidan, shaxsda
tajovuzkor xatti-harakatga va odamlarga zarar yetkazishga doimiy
tayyorlikka barqaror
moyillikning shakllanganidan, shaxsning o‘zini
nazorat qilish qobiliyati nihoyatda past darajada ekanidan dalolat beradi.
Mazkur nuqsonlar qator hollarda ularning spirtli ichimliklarga ruju
qo‘yganliklari, bosh suyagi va miyaga yetgan jarohatlar, ruhiy kasalliklar
tufayli kuchayadi.
Ushbu shaxslarga quyidagi xususiyatlar xosdir:
• individ tajovuzkor intilishini tiya
olmasligi;
• nizoning qay yo‘nalishda rivojlanishi va tajovuzkor harakatlarining
oqibatlarini ko‘ra olmaslik;
• nizoli vaziyatdan chiqish yo‘llarini bilmaslik.
Voyaga yetmaganlar sodir etadigan zo‘ravonlik jinoyatlarining
aksariyati impulsiv tajovuzkorlik, jinoiy guruh ta’sirga berilganlik bilan
izohlanadi.
G‘arazli zo‘ravonlik jinoyatlarida tajovuzkorlikdan faqat g‘arazli
maqsadga erishish vositasi sifatida foydalaniladi. Zo‘ravonlik
jinoyat-
larida esa adovatli tajovuzkorlik birinchi o‘ringa chiqadi, tajovuz, birovga
141
ziyon yetkazish asosiy maqsadga aylanadi. Zo‘ravonlikning davomiyligi
va shafqatsizligi bu o‘rinda jinoiy maqsad – jinoyat qurbonini tahqirlash,
unga rashk, qasos, o‘zini ko‘rsatish maqsadida og‘ir azob berish kabilarga
bog‘liq bo‘ladi.
Guruh bo‘lib sodir etiladigan zo‘ravonlik jinoyatlari ko‘pincha guruh,
guruhiy an’analar va ruhiy ta’sir orqasida sodir etiladi.
Jabrlanuvchi bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra zo‘ravonlik jinoyatlarini ikki
turga ajratish mumkin:
1) jinoyat qurboni jinoyatchining tajovuzkorligiga aloqador bo‘l-
maydi;
2) jinoyatchi bilan janjalni jabrlanuvchi keltirib chiqargan.
Jinoyatchining tajovuzkorligi shaxslararo nizoning rivojlanishi,
jabrlanuvchi va aybdorning maqsadlari uchun qattiq kurashishi, interfaol
antagonizm natijasida yuzaga keladi.
Zo‘ravon jinoyatchining barqaror
ashaddiy tipi doimiy tajovuzkorlik
yo‘nalishi, qo‘pol kuch ishlatish stereotipining shakllangani bilan
ajralib
turadi. Uning uchun doimo bahona topiladi.
Zo‘ravon jinoyatchilarning ashaddiy tiplari uchun tajovuzkorlik –
ustunlik qiluvchi usul, qilmishning shafqatsizligi esa yagona maqsad. Bu
tipdagi shaxslar jinoiylashgan mikromuhitda barqaror e’tirofini topadi.
Ashaddiy zo‘ravon jinoyatchilar ijtimoiy mas’uliyatni yo‘qotib, hatto
odam o‘ldirishdan ham o‘zlarini tiymaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: