7.5. Professional jinoyatchilar va retsidivistlarning
psixologik xususiyatlari
Professional jinoyatchilik doimiy ravishda g‘ayriqonuniy daromad
olish bilan bog‘liq. Biroq professional jinoyatchilikni faqat «daromad»
tushunchasi bilan emas, balki yaxshi ishlangan, stereotiplashgan usullar
bilan amalga oshiriladigan barqaror, doimiy mashg‘ulot sifatida tushu-
niladigan «professionalizm» degan psixologik tushuncha bilan ham
bog‘lash lozim.
Masalan, o‘g‘rilik kasbga aylanganida har qanday kasb bilan
bo‘ladigan hodisa ro‘y beradi: mehnat taqsimoti yuzaga keladi, kasb
turmush tarziga aylanadi. Professional jinoyatchi o‘z ishini yaxshi biladi,
butun intilishlarini unga bo‘ysundiradi va jinoiy ixtisoslashuvi bilan
ajralib turadi.
Retsidivistlarning ko‘p qismi g‘arazli hamda g‘arazli-zo‘ravonlik
sodir etadigan jinoyatchilar orasida kuzatiladi. Ularning aksariyati gu-
ruhiy jinoyatlar ishtirokchilari bo‘lib, ushbu jinoyatlarni o‘z daro-
147
madlarining barqaror manbaiga va hayotiy faoliyatining asosiga
aylantiradilar.
Bekorchilik, ichkilikbozlik, muloqot doirasining jinoiy muhit,
ibtidoiy istaklar bilan cheklanganligi, vaziyatga tobelik ularning ruhiy
rivojlanish darajasini nihoyatda cheklab qo‘yadi.
Retsidivistlarning aksariyatida ruhiy buzilishlar va anomaliyalar
kuzatiladi. Xulq-atvorida beboshlik, jizzakilik, beadablik, atrofdagi
odamlarga nisbatan dushmanlik bilan ajralib turadi.
«Erkinlikdagi» hayot sharoitlarining nihoyatda noqulayligi, «zona»ga
ko‘nikib qolish uning jazodan qo‘rqish hissi yo‘qolishiga olib keladi.
Retsidivist yangi jinoyatni odatdagiday sodir etadi. Ozodlikdan mahrum
qilish joylaridagi eng yuqori maqom, imtiyozli holat ta’minlangan hayot
esa nafaqat qo‘rqitmaydi, balki uni o‘ziga tortadi.
Retsidiv jinoyatchilik – individning barqaror g‘ayriijtimoiy xislatlari-
ning namoyon bo‘lishi. O‘zini boshqarishdagi nuqsonlari va g‘ayriijti-
moiy maqsadlari, vaziyat bilan muhitga bog‘liqlik retsidivistning asosiy
psixologik xususiyatlaridir. Retsidivist xulqida o‘zini boshqarishining
ongli va ong osti mexanizmlarining o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlar
ko‘zga tashlanadi.
Retsidivistning xulqi sog‘lom aqlga, o‘z manfaatlariga zid keladi, u
qabul qiladigan qarorlar eng oddiy ehtiyotkorlikdan mahrum, ko‘pincha
qiladigan ishining oqibatlarini inobatga olmaydi.
Masalan, qasddan odam o‘ldirgani va o‘g‘rilik qilgani uchun ikki
marta sudlangan YE. ozodlikka chiqqanidan so‘ng ishga joylashdi,
uylandi, to‘laqonli hayot sharoitiga ega edi. Biroq birga jazo o‘tagan T.ni
tasodifan uchratgach, mast holda o‘z qo‘shnisining uyiga o‘g‘rilikka
tushdi, uning badaniga shikast yetkazdi. Ertasi kuni YE. aybini bo‘yniga
olib mahkamaga keldi va o‘ta xavfli retsidivist deb topildi hamda guruh
bo‘lib bosqinchilik qilgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilindi.
Bu turdagi ko‘plab faktlar retsidivist jinoyatchining ongi xatti-
harakatining yagona determinantasi emasligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi
boshqarishning butun tuzilishi, qadriyatlar, maqsadlarining iyerarxiyasi
buzilgan bo‘ladi. Retsidivistning jinoiy istak-xohishlari go‘yoki aqlining
to‘siqlari orqali otilib chiqadi – g‘ayriijtimoiy nazorat qilinmaydigan xulq
yuzaga keladi.
Retsidivist – jinoiy yo‘nalishga, o‘ta yuqori ongga ega g‘ayriijtimoiy
shaxs toifasi. Retsidivist jinoyatchi shaxsining barqaror g‘ayriijtimoiy
yo‘nalishga egaligi uning qiyinchilik va nizolarni faqat kuch ishlatish
148
orqali hal qilishga tayyorligida namoyon bo‘ladi. Retsidivistlarning
alohida faolligi jinoiy muhitning guruhiy ekssesslarida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |