A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Uyushgan guruhda katta miqdordagi pulni mavjudligi mansabdagi 
shaxsni sotib olishga imkoniyat yaratib, bu bilan faoliyat masshtabini 
kengaytirishga xizmat qiladi. 
Uyushgan jinoyatchilik chuqur konspirativ xarakterga ega. Jinoyat 
sodir etishga ko‘proq odamlarni jalb qilish uni ochishni ancha 
mushkullashtiradi. Organ xodimlari jinoyatchilarning bir qismini qo‘lga 
olsa, ikkinchi qismi jinoyat sodir etadi. Organ xodimlari ular orasiga 
qancha ko‘p kirib borsa, ish shuncha mushkullashadi. Bu uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi kurashmaslik kerak degani emas, balki kurashning 
yangi usulini topish demakdir. 
Jinoyat sodir etgan guruhni uyushgan deb baholash uchun yuqorida 
keltirilgan asosiy belgilar mavjud bo‘lishi kerak. Chunki bu belgilar 
barcha uyushgan guruhlarga xos va shu belgilarning o‘zi guruhning 
uyushganligidan dalolat beradi.  
Qo‘shimcha belgilar uyushgan guruhni kengroq ta’riflab, uning 
ijtimoiy xavfliligidan dalolat beradi, uning uyushganlik darajasini 
belgilaydi va shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish idoralarining 
amaliy ishlarida guruhni uyushgan deb baholashda ko‘maklashadi. Bu 
turdagi belgilarning fakultativ deb atalishiga sabab ularning barcha 
uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligidir.  
Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan  kelib chiqib, uyushgan guruhga 
quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. «Uyushgan guruh – 
umumiy maqsadga ega bo‘lgan, o‘zining mustahkamligi, tarkibining 
barqarorligi, guruh rahbariga bo‘ysunish asosida (doimiy yadroga ega 
bo‘lgan) tashkil etilganligi bilan belgilanadigan ikki yoki undan ortiq 
shaxslarning bir yoki bir necha jinoyatni sodir qilish uchun bir guruhga 
birlashishi»
1
 dir. 
Biz yuqorida sanab o‘tgan belgilari mavjud bo‘lgan guruhni 
uyushgan deb atash mumkin. Chunki bu belgilar guruh faqat jinoiy 
                                         
1
  Пулатов  Ю .C.  «Уюшган  жиноятчилик»  тушунчаси  ҳақида  айрим 
мулоҳазалар // Ўзбекистон  Республикасининг  янги  кодекслари:  назария  ва 
амалиёт. – Т., 1994. – 97–100-б.
 


 162 
faoliyat bilan shug‘ullangandagina mavjud bo‘ladi. Jinoyat kodeksida 
berilgan ta’rifda ham guruhning faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan 
vaqtda uyushgan bo‘lishi e’tirof etilgan.  
Amaliyotdagi jinoiy ishlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘p 
hollarda bevosita jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini kvalifi-
katsiya qilishda huquqni muhofaza qilish xodimlari guruhni uyushgan deb 
baholaganlar, ammo qaysi belgilariga qarab bunday xulosaga kelganlik-
larini bayon qilmaganlar.  
Demak, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida barqaror 
yo‘sinda birlashgan va norasmiy qoidalarga rioya qilib, tashkiliy tarzda 
jinoyat sodir etuvchi hamda yagona yo‘lboshchiga bo‘ysunuvchi guruh 
uyushgan deb hisoblanadi.  
Jinoiy tashkilot – funksional-iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘lgan, guruh 
ichida tabaqalashgan – rahbar, ijrochilarning turli guruhlari (qo‘riqchilar, 
aloqachilar, kassa saqlovchilar, nazoratchilar va boshqalar), yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan razvedka va kontrrazvedka, hokimiyat tuzilmalaridagi o‘z 
odamlariga, juda katta moddiy bazaga ega bo‘lgan, nihoyatda uyushgan 
jinoiy guruh. 
Jinoiy tashkilot quyidagi yo‘llar bilan faoliyat ko‘rsatadi:  
– jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlari va barbod bo‘lishining 
imkoniyatdagi yo‘llariga oid zarur ma’lumotlarni doimiy to‘plash. 
To‘planadigan ma’lumotlar bashorat (prognoz) yo‘nalishiga ega bo‘ladi. 
Jinoiy faoliyatni rejalashtirishda  bashorat (prognoz) qilish o‘zini o‘zi 
tashkil qilish xususiyatiga ega, ya’ni jinoyatchilar uni albatta amalga 
oshirish yo‘nalishida harakat qiladilar. Ushbu faoliyatning barbod bo‘lish 
imkoniyatlarini bashoratlash (prognozlash)da uni «o‘zini o‘zi buzuvchi» 
deb ifodalash mumkin: u uyushma yoki uning tegishli bo‘linmasi 
faoliyatini ehtimol tutilgan prognoz amalga oshmasligiga yo‘naltiradi;  
– huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlarini 
zararsizlantirish va doimiy ravishda korrupsiyalashtirish yo‘li bilan. 
Korrupsiyalashgan mansabdor shaxslar jinoiy tashkilotni zarur ma’lu-
motlar hamda kadrlarga oid masalalarni hal qilishda, jinoiy faoliyatning 
foydali yo‘nalishlarini aniqlashda va o‘zini himoya qilishni tashkil etishda 
haqiqiy yordam bilan ta’minlaydilar;  
–  o‘z harakatlariga tashqaridan qaraganda qonuniy tus berish 
maqsadida mamlakatda amal qilayotgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy 
institutlar va shart-sharoitlardan mohirlik bilan foydalanish;  
–  qo‘rquv hamda o‘zining qudrati haqida mish-mishlar tarqatish. Bu 
jinoiy guruhga ko‘p foyda keltiradi, mish-mishlar va qo‘rquv guvohlar va 


 163 
jabrlanuvchilarni tushkunlikka tushiradi. Ular jinoyatchilarning jazolashi-
dan qo‘rqadilar va huquqni muhofaza qilish organlarining himoya qila 
olishiga ishonmaydilar;  
–  jinoiy faoliyatni boshqarishning rahbarlarni muayyan qilmishlarni 
bevosita tashkil qilish va ularning sodir etilishida ishtirok etish zarurati-
dan xalos etadigan tuzilmasini tashkil qilish. Bu tariqa ular jinoiy 
javobgarlikdan qutulib qoladilar. Jinoiy uyushma boshqa shaxslar yoki 
guruhchalarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali o‘zini saqlab qoladi, 
o‘ziga sodiq odamlarga zarur yordamni ta’minlaydi;  
– g‘arazli maqsadlarga erishish hamda muayyan bir soha yoki 
qaysidir bir hududda nazoratni, hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat 
yetakchi va ustun motivlarga ega bo‘lgan holda turli jinoyatlarni sodir 
etish. 
Uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy institutlar faoliyatining mexanizmi 
hisobiga yashovchi jinoiy tuzilma hisoblanadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish