160
Guruhda jinoiy faoliyatni kasb qilib olgan shaxslarning mavjudligi.
Ayrim uyushgan guruhlar tarkibida jinoiy faoliyat hayot tarziga aylangan
shaxslar bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday shaxslar guruhga yo‘lboshchilik
qiladi yoki guruhning «obro‘mandi» sanaladi.
Bunday shaxslar ijtimoiy
foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Ularni guruh jinoiy faoliyatda
uddaburon «malakali kadr» sifatida va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga
o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida saqlaydi.
Guruhning o‘qotar qurollar bilan ta’minlanganligi. Uyushgan
guruhlar doimiy ravishda katta foyda olish va guruhning barqarorligini
ta’minlash, jinoyatlarni «muvaffaqiyatli» sodir etishga intiladi. Ko‘pchilik
uyushgan guruhlar shu maqsadda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritadilar va
jinoyatlarni sodir etishda bevosita undan foydalanadilar.
Ijtimoiy nazoratni bartaraf etib, jinoiy faoliyatga sharoit yaratib
beruvchi tizimning mavjudligi. Uyushgan guruhning mavjudligi va jinoiy
faoliyat bilan shug‘ullanishida ushbu tizimning ahamiyati katta. Uni
tashkil etuvchi shaxslar bevosita jinoyat sodir
etishda qatnashmasalar ham
jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib beradilar. Masalan, ayrim davlat
nazoratini olib boruvchi mansabdor shaxslar jinoiy guruh faoliyatiga,
ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘sqinlik qilmaydilar va buning natijasida
davlat hamda fuqarolarga jiddiy moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi.
Uyushgan jinoyatchilikning asosiy belgilari:
1) turg‘unligi va reja bilan ish qilishi;
2) yuqori tashkilotchiligi va lider yadrosining borligi;
3) qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanishning mavjudligi;
4) katta
pulga egaligi;
5) chuqur konspirativ xarakterga ega ekanligi;
6) ta’sir doirasining kengligi;
7) faoliyatini yangilab borishi (tajriba asosida);
8) jamiyatga qarshi g‘oyasining aniqligi.
Aniq vazifalarning taqsimlanishi, guruhlardagi iyerarxiyalashgan
tizimning ichki jipsligi asosida manfaatlar yotadi. Qattiq tartib,
topshiriqlarni so‘zsiz
bajarish, faoliyatni o‘z qonun-qoidalari asosida olib
borish, sukut saqlash guruh uchun muhim rol o‘ynaydi. Mana shu
tartibdan qaysidir bandi buzilsa, guruh a’zosi qattiq jazolanadi, og‘ir
jismoniy jazo belgilanadi.
Guruh a’zolari qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanadilar. Bunda
organ xodimlarini shantaj qilish, sotib olish va ularning
rejalarini
oldindan (razvedka qilib) bilish va kerakli choralarni ko‘rish muhim
ahamiyat kasb etadi.
161
Davlat apparatidagi mansabdor shaxslarning organ xodimlari bilan
bog‘liqligi, organ xodimlarining jinoyat olami bilan bog‘liqligi ularning
ishini yengillashtiradi, ular orqali jinoyat olamiga kirib borishadi. Agar
korrupsiya
bilan ish bitmasa, mansabdor shaxslarni diskriminatsiya
(kamsitadi, bolalarini o‘g‘irlaydi) qilish, ularni boshqa shaxslar bilan
almashtirishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: