156
O‘z vaqtida fosh etilmagan va jazolanmagan jinoyatchi juda
xavflidir, chunki u surbetlashib boradi va mayda jinoyatlardan ko‘pincha
katta jinoyatlarga o‘tadi, buning ustiga jazosiz qolish boshqa beqaror
shaxslarda ham jinoiy maqsadlar shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va
jinoiy guruhlar tashkil etilishiga ko‘maklashadi. Jinoiy guruhning tashkil
etilishi ijtimoiy xavfning nafaqat miqdor,
balki sifat jihatdan
kuchayishidir. Bir qator hollarda shaxs yolg‘iz o‘zi sof texnik jihatdan
jinoiy harakatlarning butun rejasini amalga oshira olmasligini ham
ta’kidlash joiz.
Jinoiy guruhni tahlil qilishda ishtirokchilari orasidan quyidagilari
ajratiladi:
– umuman guruh yoki uning ayrim qismlarining (ishtirokchilarining)
tashkilotchisi;
– «mas’ul» joydagi ijrochi;
– ikkinchi darajali ijrochi;
– muxolif, guruhning «bo‘sh bo‘g‘ini» (irodali inson bo‘lishi ham
mumkin)
– o‘zi ishtirok etayotgan jinoyatning sodir etilishiga qalban rozi
bo‘lmagan subyekt. Ko‘pincha bu bo‘g‘in guruh ichida nizoli vaziyatni
yuzaga keltiradi.
Jinoiy guruhlar uyushganlik darajasiga ko‘ra uyushgan
jinoiy
guruhlar, jinoiy tashkilotlar va jinoiy uyushmalarga bo‘linadi.
Jinoiy guruhning psixologik tuzilishi – qaror topgan,
integratsiya-
lashgan (birlashgan) munosabatlar – jinoiy guruh a’zolarining atrof muhit
bilan munosabatlari. Integratsiyalashgan munosabatlarning psixologik
tavsifi guruh ichida shakllangan (shaxslararo, gorizontal va vertikal)
munosabatni bildiradi.
Uyushgan jinoiy guruhning integratsiyalashgan
munosabatlari
(masalan, huquqni muhofaza qilish organlari va hokimiyat organlari bilan
munosabatlar) avvalo u jinoiy qilmishlarni sodir etadigan muhitga, uning
shakllanishi va rivojlanishiga imkon bergan ijtimoiy-iqtisodiy,
ijtimoiy-
psixologik va boshqa shart-sharoitlarga (korrupsiya, xufiya iqtisodiyot va
sh.k.) bog‘liq.
Integratsiyalashgan munosabatlar guruh a’zolarining funksional
vazifalari tabaqalashuviga, ya’ni vazifalar taqsimotiga, jinoiy guruh
ishtirokchilari o‘rtasidagi jinoiy faoliyatning xususiyati bilan bog‘liq
vazifalarga, iyerarxik pog‘onada egallab turgan mavqei, maqomi va shu
kabilarga asoslanadi.
157
Jinoiy guruhning qanday faoliyat ko‘rsatishiga qarab integratsiya-
lashgan munosabatlarning xususiyati haqida so‘z yuritish mumkin.
Jinoiy guruh faoliyatiga uning faoliyat sohasining zamon va makonda
asta-sekin kengayib borishi, sodir etilgan jinoyatlarning ko‘payishi,
og‘irroq jinoyatlarga o‘tishi xosdir.
Jinoiy faoliyatning kengayishi jarayonida jinoiy guruh ichida psixo-
logik va funksional tuzilmalarning shakllanishi yuz beradi. Guruhning
rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ichki psixologik
tuzilishi ham shunchalik aniq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Guruh jipslashib
boradi, uning tarkibi
barqarorlashadi, faoliyati maqsadga yo‘nalgan tus
oladi, guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlanadi.
Jinoiy guruh rivojlanishining qonuniyatini ushbu guruh ishtirokchi-
lari o‘rtasidagi emotsional (hissiy) munosabatlarning asta-sekin birgalik-
dagi faoliyatga asoslangan sof ishga, funksional munosabatlarga aylanishi
tashkil qiladi.
Uyushgan jinoiy guruhda ishga oid munosabatlar hal qiluvchi
xususiyatga ega bo‘lib, hissiy, shaxsiy munosabatlar asta-sekin yo‘qolib
boradi, bir qator hollarda esa bunday munosabatlar umuman bo‘lmasligi
ham mumkin. Ishtirokchilari qarindoshlik rishtalari bilan bog‘liq bo‘lgan
guruhlarda ham xuddi shunday jarayonlar ko‘zga tashlanadi.
Jinoiy guruh shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining oxirgi qonuniyati
– unda doimo ikki qarama-qarshi kuch amal qilishidir. Biri jinoiy guruh
a’zolarini yanada jipslashtirish va yaqinlashtirishga qaratilgan bo‘lsa,
boshqasi – ularni ajratishga qaratilgan.
Biroq jinoiy guruh muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan
davrda
ruhiy jihatdan jipslashgan tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. U
jinoyatlarni muvaffaqiyatli sodir etishda davom etayotgan, fosh bo‘lmay
qolayotgan ekan, uning a’zolari o‘rtasida birlashish va jipslashish
tamoyili ustunlik qiladi. Agar jinoiy guruh qandaydir muvaffaqiyat-
sizlikka uchrasa hamda fosh bo‘lish va guruh a’zolarining javobgarlikka
tortilish
xavfi yuzaga kelsa, uning ajralish tamoyili kuchayadi, yashirin
nizolar, ziddiyatlar ko‘rinadi, ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarda
keskinlik ortadi.
Jinoyatning guruh tarkibida sodir etilishi jinoyat tarkibining aybni
og‘irlashtiruvchi belgisi hisoblanadi. Odatda oddiy, uyushgan jinoiy
guruhlar va jinoiy tashkilotlar ajratiladi.
Har bir jinoiy guruh unga xos bo‘lgan guruhiy tashkilot, guruhiy
dinamika, a’zolarining guruhdagi vazifalarining va sotsiometrik maqom-
158
larining funksional taqsimotiga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh hisoblanadi
hamda jinoiy faoliyatning jamoa subyektini tashkil etadi.
Bir necha shaxsdan tashkil topadigan
oddiy jinoiy guruh qat’iy
iyerarxik tashkilotga ega bo‘lmaydi, bunday guruhda yetakchilik qisqa
muddatli xususiyatga ega bo‘lishi mumkin (kvartira o‘g‘rilari, ko‘cha
talonchiligi,
firibgarlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlar guruhlari).
Do'stlaringiz bilan baham: